Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. GE yoki “Djeneral - Elektrik” matritsasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163
Bog'liq
Marketing

6.9-rasm. GE yoki “Djeneral - Elektrik” matritsasi 
Firmaning biznes portfelida har bir mahsulotning joyi aniqlangandan so‘ng 
to‘rtta strategiyasidan biri tanlanadi. 
1. Ishlab chiqarishni kengaytirish (maqsadi – bozor ulushini o‘stirish). 
2. Saqlab qolish (maqsadi – bozor ulushini saqlab qolish). 
3. “Hosilni yig‘ib olish”(maqsadi – qisqa muddatli pul mablag‘larini kelib 
tushishini o‘stirish). 
4. Tugatish (maqsadi – sotish yoki mavjud resurslardan samarliroq foydalanish 
uchun biznesni tugatish). 
SWOT tahlil – marketing tahlilining oddiy va keng tarqalgan turlaridan biri 
hisoblanadi. SWOT tahlil quyidagicha tavsiflanadi: 
- S (STRENGTHS) – firmaning kuchli tomoni; 
- W (WEAKNESSES) – firmaning kuchsiz tomoni; 
- O (OPPORTUNITIES) – imkoniyatlari; 
- T (THREATS) – tazyiqlar. 
Birinchi ikkita omil kompaniyaga nisbatan ichki, qolgan ikkita – tashqi 
hisoblanadi. Odatda, SWOT tahlilning natijalari to‘rtta kvadratlik jadvalda 
ifodalanadi. 


114 
Kuchli tomonlari 
Kuchsiz tomonlari 
Ichki omillar 
Imkoniyatlari 
Tazyiqlar 
Tashqi omillar 
6.10-rasm. SWOT tahlil matritsasi 
SWOT tahlil natijasida kompaniyaning kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari 
xulosasini chiqarish mumkin. 
Marketing rejasi asosiy hujjat bo‘lib, kim, nima va qaerda hamda qaysi yo‘l 
bilan aniq vazifani bajarish shart degan savollarga javoblarni ifodalaydi.
Taktik rejalashtirish yaqin muddatga assortiment, savdo, narx, reklama, moliya, 
kadrlar va boshqalar bo‘yicha korxona siyosatini belgilaydi. 
mahsulot assortimentini rejalashtirish - bo‘lajak iste’molchilar guruhini va 
ular talabini aniqlash, mahsulotni texnik ko‘rsatkichlarini va iste’mol qiymatlarini 
muvofiqlashtirish, uning raqobatbardoshligini baholash, upakovka (o‘ram)ni 
rivojlantirish, tovar turlarini yangilash va boshqalarni o‘z ichiga oladi; 
tovar harakati yo‘nalishlarini va sotishni rejalashtirish - tovarlar oqimi 
yo‘llarini, qancha zahiraga ehtiyoj borligini, transport orqali tashish, qayta 
upakovka(o‘ram) qilish, tovar aylanma va sotishdan keyingi xizmat qilish kabilarni 
aniqlashdan iborat; 
reklama va sotishni rag‘batlantirishni rejalashtirish - reklama vositalarini 
tanlash, sotuvchilarni va xaridorlarni rag‘batlantirish usullarini aniqlash, raqiblarga 
ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini baholash demakdir; 
moliyaviy ko‘rsatkichlarni rejalashtirish - shu jumladan, marketing 
xarajatlarini aniqlash, bahoni belgilash (talab, xarajatlar, raqobatchilar, marketing 
tadbirlaridan olinadigan daromadga asoslanib)ni tashkil etadi; 
kadrlar bilan ta’minlashning rejasi - rahbariyat va mutaxassislarni joy-joyiga 
qo‘yish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, maslahatchilarni yollash, boshqa 
korxonalar tajribasini o‘rganishni o‘z ichiga oladi; 


115 
Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va rentabellikni 
tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat - ma’lum davr mobaynida korxona 
marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning bozordagi haqiqiy holatiga 
mos kelish-kelmasligini aniqlashdir. 
Yillik rejani nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste’molchilarning 
tovarlarga bo‘lgan munosabati va boshqalar tahlil qilinadi. Korxonaning foyda va 
zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yo‘li bilan uning 
rentabelligini nazorat qilinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling