Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S
-rasm. Raqobatning turlanishi: tizimli yondashuv
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing
13.3-rasm. Raqobatning turlanishi: tizimli yondashuv
21 Rasmdan ko‘rinib turibdiki, makroiqtisodiy yo‘nalishda – iqtisodiyot miqyosidagi, mezoiqtisodiy yo‘nalishda – tarmoq miqyosida, mikroiqtisodiy 21 Эргашходжаева Ш.Д. Халқаро рақобат. Ўқув қўлланма. Т.: ТДИУ, 2013 й. 252 бет. Yuzaga chiqish darajalari Makro-iqtisodiy Raqobat – ko’pqirrali hodisa Mezo-iqtisodiy Mikro-iqtisodiy Nano-iqtisodiy Iqtisodiyot miqyosida Tarmoq miqyosida Mahsulot bozori miqyosida Firma miqyosida R A Q O B A T Bozor ho’jaligining amal qilish tamoyili Bozor agentlarining o’zaro aloqa mexanizmi Iqtisodiy maqsadga erishish usuli Raqobat ho’jalik faoliyatini muvofiqlashtirish usullari miqyosida Kapital raqobati Biznes- birliklar raqobati Omilkorlik raqobati Raqobat ustunliginini qo’lga kiritish usuli 225 yo‘nalishda – mahsulot miqyosida va nano iqtisodiy yo‘nalishda firma miqyosidagi raqobatni yuzaga chiqish darajasi ifodalangan. Erkin raqobat davrida raqiblar kurashining ikki asosiy shakli amal qiladi: • tarmoq ichidagi; • tarmoqlararo raqobat. Tarmoq ichidagi raqobat deganda bir tarmoqqa kiradigan firmalar o‘rtasida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishshng qulay sharoitlari va yaxshi foyda olish uchun kurashish tushuniladi. Har bir tarmoqda korxonalarniyag texnika darajasi va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo‘lganligi sababli, ular chiqarayotgan tovarlarning individual qiymati ham har xil bo‘ladi. Biroq, bizga ma’lumki, tovar xo‘jaligida qiymat qonunining amal qilishi sababli turli individual qiymat ijtimoiy bozor qiymatiga keltiriladi. Bunga sabab tarmoq ichidagi raqobat kurashidir. Tarmoqlararo raqobat deganda turli tarmoq firmalari o‘rtasida eng yuqori foyda olish uchun olib boriladigan kurashni tushunamiz. Kapitalning xususiyati shuki, u doimo harakatda bo‘lib, o‘z sohibiga foyda keltirib turishi kerak. Kapital sohiblari esa ularni foydaliroq sohalarga joylashtirishga harakat qiladilar. Ular uchun nimani bozor ko‘tarsa, shuni ishlab chiqarib ko‘proq foyda olish muhimdir. Tarmoqlararo raqobat kurashi kapitalni yaxshi foyda keltiradigan oohalarga joylashtirish uchun boradi. Qaerda foyda ko‘p bo‘lsa, shu erga resurslar oqib o‘tadi, chunki shu erdagi tovarga talab ko‘p bo‘lib, u qondirilsa, yaxshi foyda ko‘rish mumkin. Raqobatning ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish bo‘lgan. Bu usulni qo‘llash uchun korxona boshqalarnikidan ko‘ra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak. Faqat shu holdagina, uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, bu narxni tushirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham o‘zgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi raqobat usullari o‘rnini narx bilan bog‘liq bo‘lmagan usullar egallay boshlaydi. Raqobat kurashida mahsulot 226 sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash va reklama qilishning ahamiyati ortib boradi. Yirik korporatsiyalar narxni tushirish yordamida raqobatchisini bozordan o‘zi ziyon ko‘rmagan holda siqib chiqarishi amrimahol bo‘lganidan, u bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. SHu sababli, hatto inqiroz davrlarida ham, narxlar barqarorligicha qolaveradi. Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o‘rin egallaydi, chunki: 1) narxni pasaytirish tovar sotishni ko‘paytirish imkonini bermaydi, chunki raqib ham narxni pasaytirishya mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yo‘liga o‘tiladi, bu bilan tovar sotishni ko‘paytirish mumkin; 2) yirik firmalar kuchli bo‘lganligi sababli mahsulotyai yangilash, uni modernizatsiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarining qo‘llanishi o‘zaro kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko‘proq yashirin tus olmoqda, ya’ni tovarlar e’lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‘llanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan raqobat qilish po‘lat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorlariga xosdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling