Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Marketing nazoratining asosiy vazifalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/163
Sana23.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1717572
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
Marketing

6.3-rasm. Marketing nazoratining asosiy vazifalari 
Yopiq nazorat tizimida marketing-menejment guruhi vaqilini to‘g‘ri 
aralashuvsiz reja va haqiqiy ko‘rsatkichlarini solishtirish va ularni korrektirovka 
qilish amalga oshiriladi. 
Ochiq nazorat tizimida esa aniq ko‘rsatkichlarni kiritilayotgan korrektirovkasini 
baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda marketing-menejment guruhini 
vaqilini faol qatnashishi ko‘zda tutiladi. 
6.5. Marketing dasturi haqida tushuncha 
Marketing dasturi (biznes reja) tor ma’noda korxonaning bozorda aniq faoliyat 
ko‘rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi keng ma’noda esa korxona 
imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish 
va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir 
yilgacha), o‘rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan 
Marketing bo’limi 
faoliyat natijalarini 
nazorat qilish 
Marketing chora-
tadbirlari natijalarini 
nazorat qilish 
Marketing nuqtai 
nazaridan aralash 
bulinmalar faoliyat 
natijalarini nazorat 
qilish 
Marketing xizmati 
xodimlari faoliyatini 
nazorat qilish 
Taksimlash tizimida 
faoliyat natijalarini 
nazorat qilish 
Marketing-miks 
samaradorligini 
nazorat qilish 
Tashqi muhit 
omillari nazorati 
Firmada marketing 
potentsiali tavsiflari 
nazorati 
Marketing 
nazorati 


104 
ko‘proq) bo‘ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 
Marketing dasturi bu korxonani umumxo‘jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish 
uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‘g‘ini uchun qaror qabul 
qilishni asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonani o‘tgan 
davrdagi faoliyat natijalari bo‘lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili 
va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik 
yo‘li, tovar, narx, sotish va rag‘batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini
marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari 
samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo‘yicha 
nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi. 
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‘z 
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo‘lsada, 
kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko‘riladi. Firmalar 
faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv 
bo‘g‘ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) 
darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. 
Marketing dasturini strategik yo‘nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o‘z 
holatini bog‘ligiga qarab o‘z ichiga turli variantlarni oladi. 
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentasiyalash, hujum 
va himoya strategiyalari bo‘lishi mumkin. 
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko‘p variantlilik tamoyillari ishlatiladi. 
Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki 
yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo‘ladi. Dasturni minimal 
varianti, dasturni og‘ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa 
yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari 
marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda 
haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psihologik samarani olishni 
maqsad qilib erishadi. SHuningdek dasturni o‘rtacha yoki optimal variantlari keng 
tarqalgan. 


105 
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‘nalishiga qarab marketing 
dasturi yuqori va pastki bo‘g‘in uchun bo‘lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo‘g‘in 
uchun bo‘lsa, u qisqa va lo‘nda tuzilgan bo‘lishi lozim. Chunki unda muhim 
tomonlari ajratib ko‘rsatiladi pastki bo‘g‘in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir 
savollar yoritilib beriladi. Quyidagi 6.4 – rasmda marketing majmui dasturi jarayoni 
keltirilmoqda.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling