Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash
Download 27 Kb.
|
1 2
Bog'liqeritmadagi temir 17
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys savollari: 1. Mor tuzi tarkibidan Temir(II) ni aniqlang. 2. Ishni bajarish tartibini yozing. Keys javoblari
Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash Temir eritmalarda ikki va uch valentli ionlar ko‘rinishida bo‘ladi. Temir (III) ning birikmalari temir (II) birikmalariga qaraganda barqarorroq bo‘ladi. Temirning ikki va uch valentli ionlari xromofor xossasiga ega. Shuning uchun fotokolorimetrik aniqlashlarda xromofor gruppasiga ega bo‘lmagan reagentlardan foydalanish ham mumkin. Kuchli bo‘lmagan kislotali muhitda rodanid ioni temir (III)ioni bilan qizil rangli kompleks birikma hosil qiladi. Temir (II) ionini oksidlab, Fe (III) ga o‘tkazgandan so‘ng bu reaksiya eritmadagi temirning umumiy miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Bosqichli reaksiya natijasida [Fe(SCN)]2+ va [Fe(SCN2)+ dan [Fe(SCN)6]3- gacha bo`lgan komplekslar hosil bo‘ladi. Komplekslarning qaysi biri hosil bo‘lishi eritmaning konsentratsiyasi va pH qiymatiga bog‘liq. Temir (III) ioni gidrolizlanmasligi uchun eritmaning kislotaliligi yetarli darajada bo’lishi shart. Keys savollari: 1. Mor tuzi tarkibidan Temir(II) ni aniqlang. 2. Ishni bajarish tartibini yozing. Keys javoblari: 1. Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini permanganatometriya metodi bilan aniqlash Eritmalardagi Fe2+ miqdorini aniqlashni permanganatometriyadan foydalanishning muhim bir ko’rinishlaridan hisoblanadi. Mor tuzi (NH4)2SO4∙FeSO4∙6H2O yoki (NH4)2Fe(SO4)2 ∙ 6H2O eritmasini KMnO4 ning ishchi eritmasi bilan titrlanganda quyidagi reaksiya boradi: Fe2+ - e = Fe3+ MnO4- + 8H+ + 5e = Mn2+ + 4H2O Ayni shu holatda Mor tuzi ekvivalent massasi uning molyar massasiga teng va temirning ekvivalenti uning mol massasiga, ya’ni 55,85 g/molga teng. 2. 250 ml hajmli o’lchov kolbasiga ma’lum hajmdagi Mor tuzi eritmasidan solib, kolbadagi eritma hajmi distillangan suv qo’shib belgisigacha yetkaziladi va batafsil aralashtiriladi. Pipetka bilan tayyorlangan eritmadan 25 ml olib titrlash kolbasiga solinadi, ustiga sul’fat kislotaning 2N eritmasidan 10-15 ml qo’shiladi va byuretkadagi kaliy permanganatning ishchi eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash xona temperaturasida olib boriladi. Kaliy permanganat eritmasini qo’shish titrlanayotgan eritma 1-2 minutda yo’qolmaydigan och pushti rangga kirganda to’xtatiladi. Titrlash jarayoni kamida 3 marta takrorlanadi, bir-biriga yaqin hajmlarni o’rtachasi olinadi va tekshirilayotgan eritmadagi temirning grammlar miqdori hisoblab topiladi. Yozish tartibi Mor tuzining eritmasini KMnO4 ning ishchi eritmasi bilan titrlash. 1-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V1=23,85 ml 2-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V2=23,80 ml 3-titrlash uchun ketgan 0,04850 N KMnO4 eritmasi V3=23,75 ml KMnO4 eritmasi titrini aniqlanuvchi modda – temir (II) bo’yicha hisoblash. Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdorini hisoblash. Agar 25 ml tekshirilayotgan Mor tuzi eritmasini titrlash uchun kaliy permanganatning ishchi eritmasidan o’rtacha 23,80 ml sarflangan bo’lsa, 250 ml Mor tuzi eritmasi tarkibidagi temir (II) miqdori quyidagicha hisoblanadi Usulni o‘tkazish shart-sharoitlari: Yodimetrik titrlashni olib borish uchun quyidagi sharoitlarga rioya qilish kerak. Yodimetrik titrlashni sovuq sharoitda olib boriladi. Bundan tashqari harorat ko‘tarilganda kraxmalni sezgirligi kamayadi. J2/2J- redoks juftlikning standart potensiali kichik bo‘lgani uchun yodimetrik reaksiyalar qaytar va oxirigacha bormasligi mumkin. Reaksiya to‘liq borishi uchun titrlashni barqaror kompleks hosil qiluvchi modda bilan bog‘lash zarur. Masalan: 2Fe2+ + J2 = 2Fe3+ + 2J- Bu reaksiyada Fe3+ ionlarini komplekson (EDTA) bilan bog‘lansa, muvozanat chapdan o‘ngga siljiydi. Ya’ni Fe2+ ionlari Fe3+ ioniga oksidlanadi.Yodimetrik titrlashni kuchsiz kislotali, neytral yoki juda kuchsiz ishqoriy sharoitlarda (pH ishqoriy sharoitda (pH>9) gipoyodid ioni hosil bo‘lib, titrlashni xatoligini oshiradi. Kuchli kislotali sharoitda esa HJ hosil bo‘lib, yorug‘lik va O2 ta’sirida parchalanadi Download 27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling