Eritmаlаr. Gоmоgеn vа gеtеrоgеn dispеrs sistеmаlаr eritmaning tarkibi va tavsifi. Eritmaning agregat holatlari va zarrachalar o’lchamiga ko’ra turlari. Erish jarayoning bosqichlari. Suyuq eritmalar
Download 68.46 Kb.
|
ERITMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eritmalar haqida tushuncha.
- Eritma ↔erituvchi + erigan modda
- Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari.
- Erigan moddaning hajmiy ulushi
ERITMАLАR. GОMОGЕN VА GЕTЕRОGЕN DISPЕRS SISTЕMАLАR Eritmaning tarkibi va tavsifi. Eritmaning agregat holatlari va zarrachalar o’lchamiga ko’ra turlari. Erish jarayoning bosqichlari. Suyuq eritmalar. Chin eritmalarva ularning erituvchi tabiati va eruvchi modddalar agregat holatiga ko’ra turlari. Eritmalar konsentrasiyasi va uni ifodalash usullari. Eritmalarning xalq, qishloq va suv xo’jaligidagi ahamiyati. Eritmalar haqida tushuncha. Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan tarkib topgan gomogen sistemalarga eritmalar deyiladi. Eritmalardagi har bir komponent butun hajmda molekula, atom yoki ionlar ko’rinishida teng (bir xil) taqsimlangan bo’ladi. Eritmalar ham aralashmalar singari o’zgaruvchan tarkibli bo’ladi. Eritmalar erituvchi va erigan moddalarning agregat holatlariga ko’ra uch turga bo’linadi: Tabiatda keng tarqalgani suyuq eritmalardir. Ular erituvchi (suyuq) va erigan modda (gazsimon, suyuq, qattiq) dan iborat: Eritma ↔erituvchi + erigan modda Erigan modda sifatida kislotalar, asoslar, tuzlar va shunga o’xshash moddalar ishlatiladi. Suyuq eritmalar ham o’z navbatida 3 ga bo’linadi: Suyuq eritmalar suvli va suvsiz bo’lishi mumkin. Suvli eritmalarda erituvchi sifatida suv, suvsiz eritmalarda esa erituvchi sifatida suvdan boshqa erituvchilar (benzol, spirt, efir, atseton, kerosin va boshqalar) ishlatiladi. Erish murakkab fizik-kimyoviy jarayondir. Erigan modda kristall panjarasining buzilishi natijasida hosil bo’lgan zarrachalar (molekula, ion va atom)ning erituvchi molekulalarida taqsimlanishi fizikaviy jarayondir. Erituvchi molekulalari bilan erigan modda zarrachalari o’zaro ta’sirlashuvi natijasida kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Bu ta’sirlashuv natijasida solvatlar (erituvchi sifatida suv ishlatilgan bo’lsa gidratlar) hosil bo’ladi. Shunday qilib eritma deganda erituvchi va erigan moddalarning o’zaro ta’sirlashuv mahsulotlarini tushunish kerak. Masalan, Na2SO4 ning suvli eritmasi deganda tarkibida Na+∙6H2O; SO ·H2O; Na2SO4 va H2O dan iborat gomogen sistemani tushunamiz. Bularning barchasi chin eritmalar uchun xos xususiyatdir. Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismdan iborat bo’lgan o’zgaruvchan tarkibli gomogen sistema chin eritma deyiladi. Chin eritmalarda erigan modda zarrachalarining o’lchami 1 nm dan kichik bo’ladi. Chin eritmalar dissotsilanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: Noelektrolitlar-suvda eriydi, ammo ionlarga ajralmaydi. Shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o’tkazmaydi (shakarning suvdagi eritmasi va boshqalar). Elektrolitlar-suvda eriydi va ionlarga ajraladi. Shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o’tkazadi. Ko’pgina kimyoviy jarayonlar reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar erigan holatda bo’lganda ya’ni eritmalarda sodir bo’ladi. Ko’pgina biologik suyuqliklar – qon, limfa, siydik, so’lak, ter va boshqa tuzlarning, oqsillarning, uglevodlarning, lipidlarning suvdagi eritmalaridir. Oziq-ovqat mahsulotlari eritmalar holida organizmlarda o’zlashtiriladi. Tirik organizmlardagi biokimyoviy reaksiyalar eritmalarda sodir bo’ladi. Biosuyuqliklar oziqlantiruvchi moddalar (yog’lar, aminokislotalar, kislorod)ni, dorivor preparatlarni organlar va to’qimalarga yetkazib berishda shuningdek metobolitlar (mochevina, bilirubin, karbonat angidridlar)ni organizmdan chiqarishda tashuvchi sifatida ishtirok etadi. Suyuq muhitda organizmda kislotalik, tuzlar konsentratsiyasi va organik moddalar doimiy ushlanadi. Eng ko’p tarqalgan erituvchi suv hisoblanadi. Massasi 70 kg bo’lgan odam organizmining 40 kilogrammini, yer qobig’ining ¾ qismini suv tashkil etadi. VI.3. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari. Eritmalar tarkibini miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun konsentratsiya tushunchasi kiritilgan. Konsentratsiya deganda massa yoki hajm birligidagi erigan moddaning miqdorini tushunamiz. Eritmalarning tarkibini miqdoriy jihatdan ifodalashning bir necha usullari bo’lib, ularning har birini alohida-alohida ko’rib chiqamiz. •Erigan moddaning hajmiy ulushi - erigan modda hajmining eritma umumiy hajmiga nisbati bilan ifodalanadi: V1-erigan moddaning hajmi, V2-erituvchining hajmi, V1+V2-eritmaning hajmi. • Erigan moddaning mol (molyar ) ulushi - erigan modda miqdori (mol) ning eritmadagi barcha komponentlari mol miqdorlari yig’indisiga nisbatiga teng: Download 68.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling