Erigan moddaning massa ulushi yoki foiz konsentratsiya.
• Erigan moddaning massa ulushi(foiz konsentratsiya) - erigan modda massasining eritma umumiy massasiga nisbatiga teng kattalik:
yoki
m1-erigan moddaning massasi; m2 - erituvchining massasi; m1 + m2 -eritmaning massasi.
Foiz konsentratsiya 100 g eritmadagi erigan moddaning massasini ko’rsatadi.
Suyultirilgan eritmalarda to’yingan bug’
bosimining pasayishi.
Suyuqlik bilan muvozanat holatida bo’lgan bug’ning o’zgarmas temperaturadagi bosimi o’sha suyuqlikning to’yingan bug’ bosimi deyiladi.
Suyuqlikning bug’ bosimi temperatura ko’tarilishi bilan tez ortadi va qaynash temperaturasida atmosfera bosimiga tenglashadi.
Eritma hosil bo’lishida erituvchining konsentratsiyasi kamayadi, uning molyar ulushi birdan kichik bo’ladi, bu esa suyuqlik–bug’ muvozanatining buzilishiga olib keladi.
Kam uchuvchan moddalarning suyultirilgan eritmalari to’yingan bug’ bosimi toza erituvchining to’yingan bug’ bosimidan kam bo’ladi. Chunki erituvchida biror modda eritilganda ikkala modda molekulalari bir-biriga ta’sir etishi tufayli, erituvchining bug’lanishi kamayadi.
Eritmaning konsentratsiyasi qanchalik katta bo’lsa, eritmada erituvchining bug’ bosimi shunchalik pasayadi.
Elektrolitmas (noelektrolit) moddalarning suyultirilgan eritmalarida erituvchi bug’ bosimining absolyut pasayishi (o’zgarmas temperaturada) ma’lum miqdordagi erituvchida erigan moddaning mollari soniga to’g’ri proporsional bo’lib, uning tabiatiga bog’liq emas (Raul qonuni, 1887 y):
n1-erituvchining mollar soni; n2- erigan moddaning mollar soni.
Tarkibini o’zgartirmasdan (haydalmasdan) qaynaydigan eritmalar azeotrop aralashmalar deyiladi. Masalan; etanolning mol ulushi 0,54 ga teng bo’lgan etanol/ benzol (tqayn = 67,80C); trixlormetanning mol ulushi 0,64 ga teng bo’lgan trixlormetan/propanon (tqayn = 64,70C).
Eritmalarda bug’ bosimining pasayishi natijasida erituvchining xossalarida ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Masalan: erituvchining muzlash temperaturasi pasayadi, qaynash temperaturasi esa ko’tariladi.
Eritmalarda bo’ladigan osmos hodisasi ham bug’ bosimining pasayishiga bog’liq. Bu xususiyatlar eritmadagi zarrachalarning soniga bog’liq bo’lib, ular eritmalarning kolligativ xususiyatlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |