Eritmаlаr хоssаlаri. Gоmоgеn vа gеtеrоgеn sistеmаlаr. Eritmаlаr kоnsеntrаsiyasini ifоdаlаsh usullаri
Download 202.98 Kb.
|
Eritmаlаr хоssаlаri. Gоmоgеn vа gеtеrоgеn sistеmаlаr. Eritmаlаr kоnsеntrаsiyasini ifоdаlаsh usullаri.
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI.4. Suyultirilgan eritmalarda to’yingan bug’ bosimining pasayishi.
Masalalar
1. 26% li H2SO4 eritmasining 1) molyar; 2) normal konsentratsiyasini aniqlang. Yechish: 1) 2) 2. 1) 7M li HCl eritmasining; 2) 1,9 N H3PO4 eritmasining foiz konsentratsiyasini hisoblang. Yechish: 1) 2) 3.10,1% li HNO3 eritmasining molyarligini hisoblang.Shu eritmaning 2 litrida necha gramm HNO3 bo’ladi? J: 1,691 N; 213,1 g. 4. 16% li HF eritmasining normalligini va molyarligini hisoblang. J: 8,456 N; 8,456 M. 5. Tarkibida 232,7 g Ca(NO3)2 bo’lgan 1000 ml eritmaning; 1) foiz; 2) molyar ; 3) normal konsentratsiyalarini hisoblang. J: 1) 20 % ; 2) 1,42 M; 3) 2,84 N 6. 30% li (ρ=1,22 g/ml) sulfat kislota eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang. Yechish: 2-usul. Eritmaning hajmini 100 ml deb olib, uning massasini topamiz: g eritma. M. 7. 30% li (ρ=1,2g/ml) nitrat kislotaning molyar konsentratsiyasini aniqlang. J: 5,71 molyar . 8. 12,2 M li HNO3 eritmasining (ρ=1,35g /ml) foiz konsentratsiyasini aniqlang. Yechish: 9. 59,24 % li (ρ=1,49 g/ml) H2SO4 eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang. J: 18 N. Yechish: 10. Zichligi 1,12 g/sm3 bulgan 20,8 % HNO3 eritmasining normal konsentratsiyasini hisoblang. Bu eritmaning 4 l da necha g kislota bor? J: 3,70 N; 931,8 g. VI.4. Suyultirilgan eritmalarda to’yingan bug’ bosimining pasayishi. Suyuqlik bilan muvozanat holatida bo’lgan bug’ning o’zgarmas temperaturadagi bosimi o’sha suyuqlikning to’yingan bug’ bosimi deyiladi. Suyuqlikning bug’ bosimi temperatura ko’tarilishi bilan tez ortadi va qaynash temperaturasida atmosfera bosimiga tenglashadi. Eritma hosil bo’lishida erituvchining konsentratsiyasi kamayadi, uning molyar ulushi birdan kichik bo’ladi, bu esa suyuqlik–bug’ muvozanatining buzilishiga olib keladi. Kam uchuvchan moddalarning suyultirilgan eritmalari to’yingan bug’ bosimi toza erituvchining to’yingan bug’ bosimidan kam bo’ladi. Chunki erituvchida biror modda eritilganda ikkala modda molekulalari bir-biriga ta’sir etishi tufayli, erituvchining bug’lanishi kamayadi. Eritmaning konsentratsiyasi qanchalik katta bo’lsa, eritmada erituvchining bug’ bosimi shunchalik pasayadi. Elektrolitmas (noelektrolit) moddalarning suyultirilgan eritmalarida erituvchi bug’ bosimining absolyut pasayishi (o’zgarmas temperaturada) ma’lum miqdordagi erituvchida erigan moddaning mollari soniga to’g’ri proporsional bo’lib, uning tabiatiga bog’liq emas (Raul qonuni, 1887 y): n1-erituvchining mollar soni; n2- erigan moddaning mollar soni. Tarkibini o’zgartirmasdan (haydalmasdan) qaynaydigan eritmalar azeotrop aralashmalar deyiladi. Masalan; etanolning mol ulushi 0,54 ga teng bo’lgan etanol/ benzol (tqayn = 67,80C); trixlormetanning mol ulushi 0,64 ga teng bo’lgan trixlormetan/propanon (tqayn = 64,70C). Eritmalarda bug’ bosimining pasayishi natijasida erituvchining xossalarida ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ladi. Masalan: erituvchining muzlash temperaturasi pasayadi, qaynash temperaturasi esa ko’tariladi. Eritmalarda bo’ladigan osmos hodisasi ham bug’ bosimining pasayishiga bog’liq. Bu xususiyatlar eritmadagi zarrachalarning soniga bog’liq bo’lib, ular eritmalarning kolligativ xususiyatlari deyiladi. Download 202.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling