Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari


Download 233.85 Kb.
bet3/10
Sana05.10.2023
Hajmi233.85 Kb.
#1692699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Mavzu. Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari

Suyuq eritmalar - asoslar, kislotalar, tuzlar va organik moddalarning suv yoki boshqa suyuq moddalarni erishidan hosil bo’lgan sistemalardir. Shu sababli eritmalar qatoriga ko’pchilik suyuqliklar (suv – spirt, spirt – efir, benzol – efir, aseton – suv, aseton-spirt, benzol – benzin va h.k.)ning o’zaro aralashmalarini kiritish mumkin. Suyuq eritmalarda eritma hosil bo’lish jarayonida agregat holatini o’zgartirmaydigan komponent erituvchi deyiladi. Shunga ko’ra, suv bilan spirtning aralashuvidan hosil bo’lgan: 40% spirt eritmasi-spirtning suvdagi (60% ) eritmasi bo’lsa, 96% li aralashmasi-suvning (4%) spirtdagi (96%) eritmasi deb tushunilishi kerak. Masalan: suvda osh tuzi eriganda (miqdoridan qat’iy nazar). Osh tuzi kristallari suv ta’sirida kristall xolatini yo’qotadi, suv esa suyuq holicha qolaveradi. Shuning uchun bunday eritmalarning barchasida suv erituvchi bo’ladi. Agar suyuqliklarning o’zaro aralashuvidan hosil bo’lgan eritmalar bo’lsa, miqdori ko’p bo’lgan suyuqlik erituvachi hisoblanadi.
Eritmalarda kimyoviy reaksiyalar tez boradi.
Sanoatda (qog’oz, teri, lok – bo’yoq sanoatida) eritmalar katta rol o’ynaydi. O’g’itlar, o’simliklarni zararkunandalardan himiya qiluvchi preparatlar, portlovchi moddalar juda ko’pchilik dori – darmonlar ishlab chiqarish ozmi – ko’pmi darajada eritmalar bilan bog’liq. Fiziologik suyuqliklar (qon, limfa, ko’pchilik bezlarning suyuqliklari)ning hammasi eritmalar hisoblanadi. Ovqat hazm qilish va odam organizmida oziq moddalarning o’zlashtirilishi ularning eritmaga o’tishlari bilan bog’liq. Eritmalar o’simliklarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega.
O’simliklar organizmi tuproqdan oziq moddalarni juda kam konsentrasiyadagi suvli eritmalar holidagina qabul qila oladi. Eritmalarning fizik xossalari (masalan, qaynash temperaturalari) erigan modda miqdori ortishi bilan o’zgaradi. Ko’pincha eritma hosil bo’lganida hajmiy va energetik o’zgarishlar yuz beradi. Ko’pchilik moddalar eritmalarning kimyoviy xossalari eritmada eruvchi modda miqdori ortishi bilan ham o’zgaradi.

Download 233.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling