Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari


Gramm – ekvivalent (g – ekv) haqida tushuncha


Download 233.85 Kb.
bet6/10
Sana05.10.2023
Hajmi233.85 Kb.
#1692699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-Mavzu. Eritmalar va ularning konsentratsiyasining ifodalanish usullari

Gramm – ekvivalent (g – ekv) haqida tushuncha.
Moddaning gramlarda ifodalangan miqdorining berilgan reaksiyada 1,008 massa qism vodorodga ( 1 gramm – atom vodorodga) to’g’ri kelishi ( ekvivalent ) gramm – ekvivalent ( E) deb ataladi. Moddalarning gramm - ekvivalenti qo’yidagi formula yordamida hisoblanadi.
Bunda: M – moddalarning molekulyar massasi ; n – reaksiyalarda ishtirok etuvchi ionlar (vodorod yoki gidroksil ) soni. Foiz konsentrasiya bilan molyar konsentrasiya o’rtasidagi bog’liqlik formulasi qo’yidagicha:
Bu formulada Sm - molyar konsentrasiya, w - massa ulush, s - zichlik, M - erigan moddaning molekulyar massasi.


Moddalarning eruvchanligi

Har qanday kimyoviy toza modda boshqa moddada eriydi. Moddalarning eruvchanligi shu moddalarning erituvchining tabiatiga va temperaturasiga bog’liq.


Moddalarning eruvchanligi deb, ayni temperaturada 100g erituvchida erigan moddaning gramm miqdoriga aytiladi.
Odatda buni moddalarning «eruvchanlik koffisiyenti»deyiladi.
Ba’zan 1 litr to’yingan eritmadagi erigan moddaning «mol»lar soni ham moddaning eruvchanligi deyiladi.
Ko’plilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatilgani uchun moddalarning suvda eruvchanligi qo’yidagicha tavsiflanadi: agar 100g suvda 10g va undan ko’p miqdordagi modda erisa – yaxshi eruvchan, agar 10g dan 0,001g gacha erisa – kam (yomon) eriydigan,agar 0,001g dan kam yerisa – amalda yerimaydigan modda deyiladi
Moddalarning yeruvchanligi ularning tabiatiga bog’lik. Qutbli moddalar qutbli yerituvchida (spirt suvda, ammiak suvda, vodorid xlorid suvda) yaxshi eriydi: qutbsiz moddalar qutibsiz erituvchilarda (yod xloroformda,yog’ benzolda,naftalin benzolda) yaxshi eriydi. Temperatura ortishi bilan moddalarning eruvchanligi ortib boradi.Moddalar eruvchanligigining temperaturaga bog’liqligi eruvchanlik grafigida ko’rsatilgan. Ushbu grafikdan foydalanib xohlagan temperaturada (100oC gacha)turli moddalarning 100g erituvchida necha gramm erishini bilib olish mumkin.



Formulasi





Suv



Download 233.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling