Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorlik omili №36
Erkaklarning hukmronligi kishi ko`ziga, haqiqiy hukumat o`zaro munosabatlarda ko`rinadi, odamlar orasida emas. Bizga aynan shunisi muhim . Erkakning shashtini sindirmaslik uchun, unga boshqalar oldida haqiqiy erkak bo`lib ko`rinishiga yordam berishimiz kerak. U siz uchun eshik ochib berishiga va restoranda buyurtmani u berishiga imkon bering. Bu uyda kim hokim ekanini ko`rsatadigan tashqi belgi, bu bilan erkingizdan ayrilib qolmaysiz. Agar siz uning orzusidagi ayol bo`lsangiz, buyruqsiz ham aytganiz aytgan, deganiz degan bo`ladi. Nima istasangiz, u shuni muhayyo qiladi. Ayolning qudrati erkaknikidan hecham kam emas. Bu yerda shoirona adolat bor: erkaklar dunyoni boshqaradi, ayollar esa ularni. Ellis istarali keksa ayol. Turmush o`rtog`i bilan uzoq yillardan beri totuv yashaydilar. O`zlarining qimmatli maslahatlarini biz bilan baham ko`rdilar. Menga nimadir kerak bo`lsa, turmush o`rtog`imga bu g`oyani unikidek qilib uqtiraman. “Azizim, balki, restoranga borgingiz kelayotgandir? Ehtimol, sizga mana bunisi yoqar” kabi. U to`laydi, men esa uni o`zi tanladim, deb hisoblashiga imkon beraman. Biz tashqariga chiqqanimizda esa: “Azizim, qanday ajoyib g`oya kelibdi-ya sizga!“ – deb, uni maqtab qo`yaman. 66 Ayollarga romantika yoqishini ko`pchilik erkaklar yaxshi bilishadi. Ammo ayollar erkakka hokimiyat, o`z so`zini o`tkazish ana shunday ta`sir qilishini tushunishmaydi. Ular bundan moydek eriydi, siz esa bu vaziyatdan foydalanib o`zingiz istaganingizdek munosabatni yaratasiz. Erkaklar aynan shunday qilishadi. Ular biz atirgulni sevishimizni bilishadi. Aslida, ular uchun atirgul xuddi bir yovvoyi o`tdek yoki xonada o`sgan o`simlikdan farqi yo`q. Ko`pchilik ayollar atirguldan qilingan katta guldasta keltirgan erkakka yo`q deyisha olmaydi. Erkak hokimiyatini odamlar oldida tan olganingizda siz ham shunday qilasiz. U sizning ko`z o`ngingizda qiroldek ko`rinishni istaydi, sizning kayfiyatingizni ko`tarishni xohlaydi. “Azizim, siz ajoyibsiz, men siz bilan faxrlanaman!” degan so`zlar uchun jonini berishga tayyor bo`ladi. Erkak o`zi sevgan ayolning e`tirofiga sazovor bo`lish uchun eng baland cho`qqini zabt etishgayam tayyor. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling