Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №37 
Agar siz uni haqiqiy erkak deb his etishiga imkon bersangiz, u sizni himoya qilishni 
istaydi. U sizga dunyolarni olib bergisi keladi
Munosabatni o`z qo`lingizga olishingiz bilan, erkak uchun zarur bo`lgan hukmronlik 
hissini bering, shunda uyda kim boshliq ekanini bilolmay ham qoladi. Hatto eng aqlli 
erkaklar ham bundan mustasno emas. Albert Eynshteyn oltin to`yida ayoli haqida 
shunday gapirdi: “Biz turmush qurishimiz bilan o`zaro kelishib oldik. Oilada barcha 
muhim qarorlarni men qabul qiladigan bo`ldim, ahamiyatsizlarini esa ayolim o`z 
zimmasiga oldi. Ellik yil mobaynida biz bu kelishuvni biror martaym buzmadik. Baxtli 
oilaviy hayitoimizning siri ham aynan ana shunda deb o`ylayman. Ammo shunisi 
g`alatiki, ellik yil mobaynida birrotayam jiddiy qaror qabul qilishimizga to`gri kelmadi!” 
“Tentak tulki”ning eriga bo`ysunishi shart emas, to o`lim ajratmagunicha sevgiga 
sadoqat qilib, unga quluq qilib yashashga qasamyod qilib yurmaydi. Uning nikoh 
shartlari haqida o`z tasavvuri bor. U yorini sevishga, hurmat qilishga va bir-bir uning 
fikriga qo`shilishga so`z beradi. 
Men, aslida, shaxsiy munosabatlarda qanday qilib hukmronlikni qo`lga olishni 
o`rgatmoqchi emasman. Men sizga o`z hukmronligingizni qanday qilib kuchaytirishni 
o`rgataman olos. U sizga shaydo ekan, bundan o`z manfaatingiz yo`lida 


67 
foydalanishingiz mumkin. Emotsiyalar borasida erkaklarga qo`llab-quvvatlovingiz 
kerak, chunki ular har doim ham nima istayotganini yaxshi bilishmaydi. U sizga
kerakligiga uni ishontirishingiz kerak, shundagina u ehtiyojlaringizni anglay boshlaydi 
va ko`nglingizni olishga harakat qiladi. Unga dalda berishingiz va sizga bo`lgan xohishini 
qo`lla- quvvatlashingiz kerak. Shundagina u sizga: Tila tilagingni”, - deydi. 
“Tenta tulki” muzokora olib borishni juda yaxshi biladi. 
Zamonamizda ayollar ertadan kechgacha ishlashadi, erkak o`zini unga unchalik 
kerak deb his etmaydi. U ham ishlaganiga qaramay, avvalgidek o`zini oilaning yagona 
daromad manbai deb hisoblamaydi. Erik Yong aytganidek “Ayollar ozodligini 
ulug`laydigan erkakdan ehtiyot bo`ling. U shunchaki ishlashni istamaypti”.
Ishbilarmon ayollar: “ Men shunchalik kuchliligim uchun kechirim so`rashga majbur 
emasman”, - deyishadi o`zlariga o`zlari. Bir muddat o`tgandan keyin esa aynan shu 
ayollar “munosib erkakni hecham topa olmayotganlaridan” hayron bo`lishadi. Bu juda 
oddiy: munosib erkakka munosib ayol kerak. Kuchlilik o`z ayollik jozibasini unutish 
degani emas. Va yana bu siz hamma narsada o`z hukmingizni o`tkazing degani ham 
emas. Shunchaki bu hech kimga o`zingizni oyoq osti qilib qo`ymang degani.
Klassik super ayol erkak va ayol teng bo`lgan shaxsiy munosabatlarni xohlaydi. Ammo 
bu shirin nazariya xolos, amalda esa ulardan biri ko`rpani o`ziga tortishni boshlaydi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling