Erkaklar Nega "yomon"


Siz qanchalik erkakka bog`liq bo`lmasangiz, u shunchalik ko`p sizga


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Siz qanchalik erkakka bog`liq bo`lmasangiz, u shunchalik ko`p sizga 
qiziqadi

Quyidagi hikoya orqali siz buni yahshiroq tushinib olasiz. Rob yoqimtoy, omadli erkak. 
U har qanday ayolni ham es hushini o`qirlay oladi. Bu yigit soddagina didsiz bir qiz bilan 
qiziqib qoldi. Laura unit a`rifi bilan aytganda “Urfdan qolgan kompyuter qurti”. U uzun 
burmali yubka va oq koftada yurardi. Bir necha uchrashuvdan keyin Rob uni dengiz 
sayohatiga taklif qildi. U qiz bilan o`zini juda dadil his qildi va unga qanday 
hursandchilik qilish kerakligini bir ko`rsatib qo`ymoqchi bo`ldi. U qizga yangi dunyoni 
ochishni istardi. 


137 
Laura esa bora olmasligini aytdi. Nega? Chunki u elim idishlarni sotish maqsadida
uyushtiriladigan ziyofatni rejalab qo`ygan ekan. Rob keyin nima bo`lgani haqida hikoya 
qilib berdi: “Men uni fikridan qaytib qolar deb o`yladim.Nihoyat sayohatga bir o`zim 
ketdim va bir kun o`tmay u nima shug`ullanayotganini ko`rish uchun qaytib keldim. 
Men uni boshqa bir erkak bilan birgaligiga ishonchim komil edi, ammo buni o`z ko`zim 
bilan ko`rishni istardim” 
Rob qaytib keldi va ziyofat belgilangan shanba kuni kutdi. U Lauranikiga kutilmaganda 
ogohlantirishsiz kelaverdi, va uni uyi qizlar bilan to`laligini ko`rdi. 
Laura uni ko`rib juda hursand bo`ldi va uyga kirishga taklif etdi va konservalangan 
baliqdan tayorlangan sendvich bilan mehmon qildi. Ayni vaqtda Rob Bagama 
orollarida lobster va dengiz mahsulotlaridan tanavul qilib, istagan go`zal ayoli 
og`ushida bo`lishi mumkin edi. Buni o`rniga unga tish kavlagich suqilgan yupqagina 
sendvich taklif qilishdi. U Las vegas uslubidagi birinchi klass shou o`rniga, 
magnitofonda kantra uslubida musiqa eshitaypti. 
Rob haliyam bu narsa u bilan sodir bo`lganiga ishonolmasdi. : “Atrofimda elim likop 
tutgan bir to`da qiz. Arzon qahvadan ho`plab bu yerda qilayotgan ishimdan
hayratlanardim” 
Laura hiyla ishlatdimi? Mutlaqo yo`q. U shunchaki o`z rqiziqishlaridan voq kechmadi va 
o`z rejalarini yigit aytmoqchi “afzallaroq taklifni” deb o`zgartirmadi. Hammadan ham 
Robni hayratlantirgan narsa uning o`z rejasi yigitni rejasidan ahamiyatliroq edi. Rob 
aytadi : “Shu daqiqadan boshlab men uni telbalarcha sevib qoldim” Bir qarashda 
mutlaqo mos bo`lmagan bu yigit –qiz , ideal juftlikka aylandi. 
Rob bisotidagi eng pand bermaydigan usul bilan Laurani hayratda qoldirmoqchi edi
ammo u bundan umuman ta`sirlanmadi. Yomon qizdan farqli o`laroq yahshi qizda 
taasurot qoldirish juda oson. Uni munosabat qurish va mustahkamlash istagi 
shunchalik ochiq oydinki, natijada erkakda salbiy ta`sir uyg`otadi. 
Maftunkorlik omili 87 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling