Erkaklar Nega "yomon"


Ayol qanchalik go`zal bo`lmasin, faqatgina ko`rinishi bilan erkak hurmatiga sazovor


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Ayol qanchalik go`zal bo`lmasin, faqatgina ko`rinishi bilan erkak hurmatiga sazovor 
bo`la olmaydi. Tashqi ko`rinish maftun qiladi, ammo ayol mustaqiligigina erkak 
yuragiga o`t soladi.


130 
Qadr qimmat va g`urur sizni tortmadan yoki kissadan pul olishingizdan iborat emas. U 
sizga kredit kartochkani berib qo`yishi haqida ham gap ketmayapti. Qanchalik ozligiga 
qaramay sizni o`z daromad manbaingiz bo`lsa, bu pullar sizga quyidagi imkoniyatlarni 
beradi: 
1.O`z qoidalariga ko`ra yashash 
2.Boshqalarning buyrug`I bilan emas , o`zi hohlagandek harakat qilish 
3. Sizga qanday munosabatda bo`lishlarini hohlashingizni o`zingiz belgilash. 
4.Nimaga toqat qilish-u, nimaga toqat qila olmasligingizni tanlash 
5. Agar Istaganini olmasa ketish. 
Yomon qiz bularning barini hamma narsadan ustun qo`yadi. Har qanday yo`l bilan u o`z 
kuchini asrab qoladi. Henri Kissenjer aytganidek “Kuch - buyuk ehtiros qo`zg`atuvchi” 
Pullar va boshqa hech narsa. 
Tadqiqotim mobaynida erkaklar uchrashuvda qancha pul sarflashlari haqida o`ylab 
o`tirmasliklarini aniqlab hayron qoldim. Ularni e`tiborini qaratadigan narsa ayol 
erkakka pull to`lash huquqini berayptimi yoki uni burchi deb hisoblayaptimi.
Agar erkakdan qandaydir majburiyatini bajarishini kutayotgan bo`lsangiz, u o`z sayi 
harakatini qadrlanmaganidek his etadi. Agar u to`lasa, shunday qilinki siz bunga 
e`tibor berganingizni va uni bu harakatini qadrlashingizni tushunsin. 
Ayollar tomonidan minnatdorchilikning yo`qligi va komili ishonch bilan uni to`lashga 
majbur deb hisoblashlari g`azabni qo`zg`atishini erkaklar bot bot ta`kidlashdi. Shunday 
ayollar ham borki erning tug`ilgan kuniga restoranga borib va jimgina o`zi to`lashini 
kutib turishadi. Ko`pchilik erkaklar tug`ilgan kunlarida va boshqa bayramlarida 
ayollarini hamma narsaga o`ziga pul to`latganlarini alam bilan hikoya qilib berishdi.
Bir ayol esa erni tug`ilgan kuniga anchagina mehmon aytib va tug`ilgan kun egasini 
hisobni to`lashini kutdi. Ofitsiant hisobni olib keldi mehmonlar karmoniga qo`l 
uzatganda ayol hammani to`htatib “yo`q kerak emas, Mark hamma uchun to`laydi” 
dedi. (Bu gap Markni juda hursand qildi deb bo`lmaydi).Bu erni yerga urish edi. 
Gullar va sovg`alar bilan ham huddi shunday bo`ladi. Sovg`alardan quvonasizmi? 
Minnatdorchilik bildirasizmi? Yoki ming`irlabqilib rahmat aytib gullarni suvli bankaga 


131 
tiqasizmi? Agar yoringiz supermarketda arzon biroz uringan gul olib kelgan bo`lsa, 
burningizni jiyirmang. Kulib minatdorchilik bildirib uni suvga solib qoying.
Agar u sizga biror narsa sovg`a qilsa, do`konga qaytib borib boshqa tuzukroq narsaga 
almashtirib kelishini buyurmang. Bordiyu shunday qilsangiz siz ortiq etibor kutib 
yurmang.Agar qo`lingizdan kelsa uni boshqa o`hshashiga almashtiring va yoringizga 
o`sha o`zi sovg`a qilgani ekaniga ishontiring. 
Agar yoringiz sizga qimmatbaho taqinchoq sovg`a qilishini istasangiz uni bu fikrga 
bosqichma bosqich va kishi bilmas qilib olib boring. Agar sizda sobiq eringiz yoki 
qaylig`ingiz sovg`a qilgan tilla taqinchoq bor bo`lsa uni hozirgisiga aytib yurmang. 
Minnatdorchilik erkaklar uchun juda muhim. Hatto meni bir tanishim o`zi 
uchrashadigan qiziga sovg`a berganida uni minnatdorligini his qilmagani uchun u bilan 
uchrashishni to`htatgan. Jon o`zi uchrashadigan qizi Keytni uyidaligida, qiz undan 
televizorni boshqa honaga olib chiqib berishini so`radi. Bu televizor Keyt uchun juda 
qadrli edi chunki uni marhum otasi sovga qilgandi. Shunda Jon behosdan televezorni 
tushirib yubordi va u sindi. Mana keyin nima bo`ldi. : “Men o`zimni judayam yomon his 
qildim. Shuning uchun ham darrov do`konga borib ikki yarim ming dollarga sterio 
ovozli ajoyib televizor va ko`ngilochar markaz sotib oldim. Bir haftadan keyin 
do`stlarimiz mehmonga kelishdi va : “ Wow, buncha zo`r televizor!” deyishdi , shunda 
Keyt zaharhanda qilib : “Shunchaki Jon meni eski televizorimni sindirdi” dedi. Men 
o`tirgan joyimdan yiqilb ketay dedim.” 
Shu kuniyoq Jon Keytnikidan ketdi va u bilan boshqa hecham ko`rishmadi. 
Erkaklar o`z hisiyotlarini ifodalashga o`rganishmagan, shuning uchun ham ayollar ularni 
ketkazgan puliga achinmaydi yoki osongina pul topadi deb o`ylashadi. Agar erkak sizga 
biror narsa sovg` qilsa siz albatta unga hurmat bilan minnatdorchilik bildiring. Agar 
sizga yahshi munosabatda bo`lishlarini istasangiz, unda har yo`l bilan erkakni 
rag`batlantiring. Agar u sahiylik va bag`rikenglik ko`rsatsa, shunday qilingki u siz uchun 
alohida va ahamiyatli inson ekanini anglasin. Yo`qsa yana shunday qilishga unda na 
hohish va na rag`bat bo`ladi. 
Vinni tabiatan sahiy inson, u Shonna ismli ayol haqida gapirib berdi. Ular qimmat 
restoranlarga borishganda Shonna har doim lobster buyurardi. Vinni : “Uni lobster 
buyurishiga qarshiligim yo`q, ammo u hecham ularni yemasdi. Shonna ovqatni vilka 


132 
bilan kavlab,keyin menga aytardi : “Bilasanmi men mutlaqo och emasman” Bu menga 
hecham yoqmasdi” 
Bu ayol o`zini shunday tutdiki go`yo erkaklar unga qarzdor. U avtomatik ravishda 
erkaklardan sahiylik va yahshilik kutadi va evaziga hecham minnatdorchilik 
bildirmaydi. Ko`pchilik erkaklarga ta`minotchi deb qarashlari yoqadi, qachonki ularning 
bergan narsalari qadrlansa. 
Agar erkak sizga eshik ochib bersa minnatdorchilik bildirish esdan chiqmasin. Siz uni 
jentelmenligiga qoyil qolishingiz bilan munosib taqdirlagan bo`lasiz. Shu yo`sinda uni 
siz uchun yoqimli bo`ladigan hatti harakatga undaysiz. 
Pullar erkakning maqsadi qanday ekanini aniq aytib beradi. Meni dugonam Karla
uchrashuvda mutlaqo unga pul to`lash niyati bo`lmagan bir yigit bilan uchrashdi. U har 
doim nega to`lay olmasligini tushuntirardi. Qachon biror joyga borishsa har kim o`ziga 
to`lardi. Yigit buni adolatdan ekanini va hamisha shunday bo`lishi kerakligini ta`kidlardi. 
Bir kun Karla shu yigit bilan barga bordi u yerda yigitni do`stlari bor edi. Uni hayratda 
qoldirib yigit hamma uchun o`zi to`lashini aytdi. Yigirma daqiqa ichida hammani ikki 
hissadan ichimlik bilan siyladi, sakson dollar harj qildi. Vaholangki u shu tong 
nonushtada Karladan omlet uchun yeti dollar talab qilgandi. 
Karla shu zahotiyoq uni qanday munosabatda ekanini tushundi va qayta uchrashmay 
qo`ydi. Agar yigit birinchi uchrashuvdayoq qizga o`zi uchun o`zi to`lashi kerakligni 
ko`rsatib qo`ysa,bu uni shu qiz bilan munosabatini mutlaqo qadrlamasligini ko`rsatadi. 
Ayni vaqtda ayrim ayollar erkaklarni ular uchun to`lashi va eshik ochib berishini 
istashmaydi. Ularni “sotib olishlarni” hohlashmaydi. “Yomon qizlarda” bunday 
muammo yo`q. Agar erkak kishi unga berishni istasa, u qabul qilishni o`ziga ruhsat 
beradi. Erkakdan hech qanday sovg`a yoki kechki ovqatni qabul qilishga o`ziga ruhsat 
bermagan yahshi qiz o`zini uni oldida qarzdor deb his etishdan qo`rqadi. Yahshi qizga 
bunday komplekslar notanish. U odob bilan minnatdorchilik bildiradi, va bir daqiqiaym 
o`zini qarzdor deb his etmaydi. Va to`langan kechki ovqat uni o`z prinsiplaridan voz 
kechishga yoki hohishiga qarshi borishga majbur eta olmaydi. 
Agar siz talaba yoki kam ta`minlangan odam bilan uchrashayotgan bo`lsangiz va u sizni 
ko`nglingizni olmoqchi bo`lsa, u sizga qimmat bo`lmagan nimanidir taklif etadi. Hech 
qancha turmaydigan ko`ngilhushliklarni hamisha topish mumkin. U arzon sharob sotib 
olib parkda piknika sizni taklif etishi mumkin. Birga kinoga borishingiz yoki 


133 
do`stlarinikidagi kechalarga taklif qilishi mumkin. Agar yigit sizni deb esdan og`ayotgan 
bo`lsa, u hecham kechlikka o`zingiz to`lashingiz yoki chiqimlarni ikkiga bo`lishingizga 
ruhsat etmaydi. 
Meni tanishim Syuzen Jorj bilan birga yashaydi.Ularni ikkoviyam shifokor.Syuzen 
endigina universitetni tugatgani uchun uning maoshi oddiy hamshiranikidan ham 
kam.Jorj esa aksincha allaqachon o`z mavqeini tiklab olgan va daromadi juda yahshi. 
Ular birgalikda haqqi deyarli to`lab bo`lingan shahsiy uyda yashashadi. Shunga 
qaramay Jorj qizga har oyda ijara haqqi sifatida yahshiina pul to`lashini talb etadi. Ular 
hamma harajatlarni teng ikkiga bo`lishadi, elektrga, gazga, suvga va oziq ovqatga. Bitta 
narsagagina butunlay Syuzeni o`zi to`laydi bu mushukni ozuqasi. Ahir mushuk 
Syuzenga tegishlida. 
Maftunkorlik omili 84 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling