Erkaklar Nega "yomon"
Ayol qanchalik go`zal bo`lmasin, faqatgina ko`rinishi bilan erkak hurmatiga sazovor
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pullar va boshqa hech narsa.
Ayol qanchalik go`zal bo`lmasin, faqatgina ko`rinishi bilan erkak hurmatiga sazovor
bo`la olmaydi. Tashqi ko`rinish maftun qiladi, ammo ayol mustaqiligigina erkak yuragiga o`t soladi. 130 Qadr qimmat va g`urur sizni tortmadan yoki kissadan pul olishingizdan iborat emas. U sizga kredit kartochkani berib qo`yishi haqida ham gap ketmayapti. Qanchalik ozligiga qaramay sizni o`z daromad manbaingiz bo`lsa, bu pullar sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi: 1.O`z qoidalariga ko`ra yashash 2.Boshqalarning buyrug`I bilan emas , o`zi hohlagandek harakat qilish 3. Sizga qanday munosabatda bo`lishlarini hohlashingizni o`zingiz belgilash. 4.Nimaga toqat qilish-u, nimaga toqat qila olmasligingizni tanlash 5. Agar Istaganini olmasa ketish. Yomon qiz bularning barini hamma narsadan ustun qo`yadi. Har qanday yo`l bilan u o`z kuchini asrab qoladi. Henri Kissenjer aytganidek “Kuch - buyuk ehtiros qo`zg`atuvchi” Pullar va boshqa hech narsa. Tadqiqotim mobaynida erkaklar uchrashuvda qancha pul sarflashlari haqida o`ylab o`tirmasliklarini aniqlab hayron qoldim. Ularni e`tiborini qaratadigan narsa ayol erkakka pull to`lash huquqini berayptimi yoki uni burchi deb hisoblayaptimi. Agar erkakdan qandaydir majburiyatini bajarishini kutayotgan bo`lsangiz, u o`z sayi harakatini qadrlanmaganidek his etadi. Agar u to`lasa, shunday qilinki siz bunga e`tibor berganingizni va uni bu harakatini qadrlashingizni tushunsin. Ayollar tomonidan minnatdorchilikning yo`qligi va komili ishonch bilan uni to`lashga majbur deb hisoblashlari g`azabni qo`zg`atishini erkaklar bot bot ta`kidlashdi. Shunday ayollar ham borki erning tug`ilgan kuniga restoranga borib va jimgina o`zi to`lashini kutib turishadi. Ko`pchilik erkaklar tug`ilgan kunlarida va boshqa bayramlarida ayollarini hamma narsaga o`ziga pul to`latganlarini alam bilan hikoya qilib berishdi. Bir ayol esa erni tug`ilgan kuniga anchagina mehmon aytib va tug`ilgan kun egasini hisobni to`lashini kutdi. Ofitsiant hisobni olib keldi mehmonlar karmoniga qo`l uzatganda ayol hammani to`htatib “yo`q kerak emas, Mark hamma uchun to`laydi” dedi. (Bu gap Markni juda hursand qildi deb bo`lmaydi).Bu erni yerga urish edi. Gullar va sovg`alar bilan ham huddi shunday bo`ladi. Sovg`alardan quvonasizmi? Minnatdorchilik bildirasizmi? Yoki ming`irlabqilib rahmat aytib gullarni suvli bankaga 131 tiqasizmi? Agar yoringiz supermarketda arzon biroz uringan gul olib kelgan bo`lsa, burningizni jiyirmang. Kulib minatdorchilik bildirib uni suvga solib qoying. Agar u sizga biror narsa sovg`a qilsa, do`konga qaytib borib boshqa tuzukroq narsaga almashtirib kelishini buyurmang. Bordiyu shunday qilsangiz siz ortiq etibor kutib yurmang.Agar qo`lingizdan kelsa uni boshqa o`hshashiga almashtiring va yoringizga o`sha o`zi sovg`a qilgani ekaniga ishontiring. Agar yoringiz sizga qimmatbaho taqinchoq sovg`a qilishini istasangiz uni bu fikrga bosqichma bosqich va kishi bilmas qilib olib boring. Agar sizda sobiq eringiz yoki qaylig`ingiz sovg`a qilgan tilla taqinchoq bor bo`lsa uni hozirgisiga aytib yurmang. Minnatdorchilik erkaklar uchun juda muhim. Hatto meni bir tanishim o`zi uchrashadigan qiziga sovg`a berganida uni minnatdorligini his qilmagani uchun u bilan uchrashishni to`htatgan. Jon o`zi uchrashadigan qizi Keytni uyidaligida, qiz undan televizorni boshqa honaga olib chiqib berishini so`radi. Bu televizor Keyt uchun juda qadrli edi chunki uni marhum otasi sovga qilgandi. Shunda Jon behosdan televezorni tushirib yubordi va u sindi. Mana keyin nima bo`ldi. : “Men o`zimni judayam yomon his qildim. Shuning uchun ham darrov do`konga borib ikki yarim ming dollarga sterio ovozli ajoyib televizor va ko`ngilochar markaz sotib oldim. Bir haftadan keyin do`stlarimiz mehmonga kelishdi va : “ Wow, buncha zo`r televizor!” deyishdi , shunda Keyt zaharhanda qilib : “Shunchaki Jon meni eski televizorimni sindirdi” dedi. Men o`tirgan joyimdan yiqilb ketay dedim.” Shu kuniyoq Jon Keytnikidan ketdi va u bilan boshqa hecham ko`rishmadi. Erkaklar o`z hisiyotlarini ifodalashga o`rganishmagan, shuning uchun ham ayollar ularni ketkazgan puliga achinmaydi yoki osongina pul topadi deb o`ylashadi. Agar erkak sizga biror narsa sovg` qilsa siz albatta unga hurmat bilan minnatdorchilik bildiring. Agar sizga yahshi munosabatda bo`lishlarini istasangiz, unda har yo`l bilan erkakni rag`batlantiring. Agar u sahiylik va bag`rikenglik ko`rsatsa, shunday qilingki u siz uchun alohida va ahamiyatli inson ekanini anglasin. Yo`qsa yana shunday qilishga unda na hohish va na rag`bat bo`ladi. Vinni tabiatan sahiy inson, u Shonna ismli ayol haqida gapirib berdi. Ular qimmat restoranlarga borishganda Shonna har doim lobster buyurardi. Vinni : “Uni lobster buyurishiga qarshiligim yo`q, ammo u hecham ularni yemasdi. Shonna ovqatni vilka 132 bilan kavlab,keyin menga aytardi : “Bilasanmi men mutlaqo och emasman” Bu menga hecham yoqmasdi” Bu ayol o`zini shunday tutdiki go`yo erkaklar unga qarzdor. U avtomatik ravishda erkaklardan sahiylik va yahshilik kutadi va evaziga hecham minnatdorchilik bildirmaydi. Ko`pchilik erkaklarga ta`minotchi deb qarashlari yoqadi, qachonki ularning bergan narsalari qadrlansa. Agar erkak sizga eshik ochib bersa minnatdorchilik bildirish esdan chiqmasin. Siz uni jentelmenligiga qoyil qolishingiz bilan munosib taqdirlagan bo`lasiz. Shu yo`sinda uni siz uchun yoqimli bo`ladigan hatti harakatga undaysiz. Pullar erkakning maqsadi qanday ekanini aniq aytib beradi. Meni dugonam Karla uchrashuvda mutlaqo unga pul to`lash niyati bo`lmagan bir yigit bilan uchrashdi. U har doim nega to`lay olmasligini tushuntirardi. Qachon biror joyga borishsa har kim o`ziga to`lardi. Yigit buni adolatdan ekanini va hamisha shunday bo`lishi kerakligini ta`kidlardi. Bir kun Karla shu yigit bilan barga bordi u yerda yigitni do`stlari bor edi. Uni hayratda qoldirib yigit hamma uchun o`zi to`lashini aytdi. Yigirma daqiqa ichida hammani ikki hissadan ichimlik bilan siyladi, sakson dollar harj qildi. Vaholangki u shu tong nonushtada Karladan omlet uchun yeti dollar talab qilgandi. Karla shu zahotiyoq uni qanday munosabatda ekanini tushundi va qayta uchrashmay qo`ydi. Agar yigit birinchi uchrashuvdayoq qizga o`zi uchun o`zi to`lashi kerakligni ko`rsatib qo`ysa,bu uni shu qiz bilan munosabatini mutlaqo qadrlamasligini ko`rsatadi. Ayni vaqtda ayrim ayollar erkaklarni ular uchun to`lashi va eshik ochib berishini istashmaydi. Ularni “sotib olishlarni” hohlashmaydi. “Yomon qizlarda” bunday muammo yo`q. Agar erkak kishi unga berishni istasa, u qabul qilishni o`ziga ruhsat beradi. Erkakdan hech qanday sovg`a yoki kechki ovqatni qabul qilishga o`ziga ruhsat bermagan yahshi qiz o`zini uni oldida qarzdor deb his etishdan qo`rqadi. Yahshi qizga bunday komplekslar notanish. U odob bilan minnatdorchilik bildiradi, va bir daqiqiaym o`zini qarzdor deb his etmaydi. Va to`langan kechki ovqat uni o`z prinsiplaridan voz kechishga yoki hohishiga qarshi borishga majbur eta olmaydi. Agar siz talaba yoki kam ta`minlangan odam bilan uchrashayotgan bo`lsangiz va u sizni ko`nglingizni olmoqchi bo`lsa, u sizga qimmat bo`lmagan nimanidir taklif etadi. Hech qancha turmaydigan ko`ngilhushliklarni hamisha topish mumkin. U arzon sharob sotib olib parkda piknika sizni taklif etishi mumkin. Birga kinoga borishingiz yoki 133 do`stlarinikidagi kechalarga taklif qilishi mumkin. Agar yigit sizni deb esdan og`ayotgan bo`lsa, u hecham kechlikka o`zingiz to`lashingiz yoki chiqimlarni ikkiga bo`lishingizga ruhsat etmaydi. Meni tanishim Syuzen Jorj bilan birga yashaydi.Ularni ikkoviyam shifokor.Syuzen endigina universitetni tugatgani uchun uning maoshi oddiy hamshiranikidan ham kam.Jorj esa aksincha allaqachon o`z mavqeini tiklab olgan va daromadi juda yahshi. Ular birgalikda haqqi deyarli to`lab bo`lingan shahsiy uyda yashashadi. Shunga qaramay Jorj qizga har oyda ijara haqqi sifatida yahshiina pul to`lashini talb etadi. Ular hamma harajatlarni teng ikkiga bo`lishadi, elektrga, gazga, suvga va oziq ovqatga. Bitta narsagagina butunlay Syuzeni o`zi to`laydi bu mushukni ozuqasi. Ahir mushuk Syuzenga tegishlida. Maftunkorlik omili 84 Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling