Erkaklar Nega "yomon"


Har narsaga rozi bo`laveradigan, munosabatga o`zini fido qiladigan ayol o`zidan ham


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Har narsaga rozi bo`laveradigan, munosabatga o`zini fido qiladigan ayol o`zidan ham 
ko`ra ko`proq unga ishonadigandek tasavur uyg`otadi erkakda. Erkak buni ezgulik 
deb emas balki ojizlik deb qabul qiladi 
Yahshi qiz unga qattiq ehtiyoj sezganda,uni ko`klar ko`targanda erkakka shunday 
munosabatda bo`lishni boshlaydiki hatto uni o`ziyam o`ziga bunchalik katta baho 
bermaydi. Bu uni noqulay ahvolga soladi.U o`zini oq otdagi shahzoda emasligini yahshi 
biladi.Ammo yana shuniyam biladiki qiz undan katta qahramonliklar kutaypti. U 
ma`lum vaqtgacha romantik bo`lishga zo`r berib urinadi, ammo hech qancha vaqt 
o`tmay o`ziga nega bunay qilishim kerak degan savolni berib qoladi. U o`ylaydi : “qiziq 
bu aslida qanday ekan? U bunchalik yahshi bo`lishi mutlaqo mumkin emas” U huddi 
birinchi oydagina yahshi bo`ladigan kredit kartaga o`hshaydi,bunday ayol juda tez asl 
foyda emas shunchaki “reklama” ekanligi ma`lum bo`ladi. 
Yomon qiz bilan hammasi ochiq va sodda. Bu yerda shubhaga o`rin yo`q. U yomon 
qizni bir ikki martta sinab ko`radi va u har gal erkakni o`z joyiga qo`yib qo`yadi. Shunda 


153 
ikkita hodisa ro`y beradi. Birinchidan erkak o`ziga o`zi : “Bu ayol ahmoq emas.U meni 
nayrangimga laqqa tushmadi” deydi. 
Ikkinchidan uni aslida kim ekanini yahshi bilishini his etadi.Erkakni kamchiliklariga 
qaramay sevishini tushunadi.Huddi shunday u ham qizni kamchiliklarini biladi va 
boricha qabul qiladi. Yomon qiz bilan munosabatga kirishayotgan erkak uni 
qiyinchiliklar kutayotganini yahshi biladi, ammo ularning birgalikdagi hayoti haqiqiy 
bo`lishiga ham ishonadi. 
Yomon qiz bu ichki sifat 
Eddi Merfi Intervyulardan birida shunday degan edi: “Men eshitgan eng yahshi 
maslahat, boshqalarning maslahatiga quloq solmaslik”. Haqiqatda ham shunday. 
Boshqalarning tekin maslahatlariga quloq osmay,o`z hayotingizni o`zingiz boshqarasiz 
va u uchun o`zingiz masul bo`lasiz. Tashqaridan mutlaqo ma`lumot olmang va 
o`zingizni bu yo`ldagi yagona yo`lovchi deb biling demayapman. Shunchaki siz o`z 
manzilingizni o`zingiz belgilang deyapman halos. 
Aynan ana shu erkak sizni mustaqil deb hisoblash hisoblamasligini belgilaydi.Mustaqil 
fikrlashni tohtashingiz bilanoq erkak siz uchun ham fikrlay boshlaydi va shu ondayoq u 
sizni haydovchi o`rindig`idan tushirib oyoq ostidagi gilamcha o`rniga qo`yadi. 
Kimdir sizga nima o`ylashingiz va nima his qilishingiz kerakligini buyurishni boshlashi 
bilanoq siz to`laligingizcha shu odamning ihtiyoriga o`tasiz. 
Mustaqillik esa hayotning boshqa jabhalarida ham o`z mevasini beradi.Boshqa kishiga 
sizning o`rningizga karerangiz va hohish istaklaringizga nisbatan qaror qabul qilishiga 
ruhsat berishingiz bilan, o`z erkingizni nihoyatda cheklaysiz.Natijada siz u qanday 
bo`lishingizga ruhsat bersa shunday bo`lasiz 
Sharqqa feminism yot. Ayollar erlariga itoatkor bo`lishlari kerak. Bir narsani farqiga 
boring sharqdagi itoat qarbdagidek ma`noga ega emas. Sharq ayoli erni hurmat qiladi, 
un ruhsatisiz ostona hatlamaydi ammo kim aytdi u erini boshqarmaydi, gapibni 
o`tkazaolmaydi deb. Sharq ayoli dono ayol ayorligi ham chiroyli madaniyat pardasiga 
o`raglan. U haq huquq talashib teng teng olishib yurishi shart emas. Ammo itoatni 
to`g`ri tushunmaydiganlar ham bor natijada erni ho`rlashiga ko`nib yashashadi. Faqat 
ojiz erkakkina ayolini ho`rlaydi, bunday erkakni esa hurmatga loyuiq demasdim. Hatto 
o`zi ishlab yahshigina pul topib ham erga tiyinigacha sanab olib kelib berib kamiga uni 


154 
ho`rliklariga chidab yurgan ayolalr ham talaygina. Nima ham deyman erk hissi insonni 
ichida bo`ladi buni unga tashqaridan berib bo`lmaydi 
Maftunkorlik omili 98 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling