O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR KAFEDRASI Qo’lyozma huquqida Guluhaadova Shohsanam Bahodirjon qizining “ERKIN AZOTFIKSATSIYALOVCHI BAKTERIYALARNING FIZIOLOGIK BIOLOGIK O‘G‘IT ISHLAB CHIQARISH” 5140100-bioloya ( turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik Darajasini olish uchun yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI ILMIY RAHBAR: b.f.f.d SH. TASHBAYEV ANDIJON-2023 MUNDARIJA MUNDARIJA - KIRISH
I BOB ERKIN AZOTFIKSATSIYALOVCHI BAKTERIYALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 1.1 Erkin azotfiksatsiyalovchi bakteriyalarning fiziologik xususiyatlari 1.2 Azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar shtammlarining o‘simliklar bilan simbioz aloqasi II BOB KOMPLEKS O‘G‘ITLARNING BIOLOGIK DEHQONCHILIKDAGI O’RNI 2.1 Kompleks o‘g‘itlar ularning turlari. Mikroo’g’itlar 2.2 Kompleks o‘g‘itlarning oddiy o‘g‘itlardan afzalliklari va kamchiliklari 2.3 Organik va kompleks o‘g‘itlarning qishloq xo‘jalikdagi ahamiyati 3.1 Kompleks biologik o‘g‘it ishlab chiqarish texnologiyasi 3.2 Azotabakteriyalar tomonidan kompleks biologik o‘g‘it olish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOT VA SAYTLAR RO‘YXATI BMI mavzusining dolzarbligi. - Hozirgi kunda tuproq unumdorligini oshirishda, serhosil mahsulotlar olishda tuproq mikroorganizmlari ga bo‘lgan talab va e’tibor ortib bormoqda. Xususan erkin azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar(Azotabacter, Azospirillum, Rhizobium, Nostoc, Anabaena) turkumlariga kiruvchi bakteriyalar ko‘p o‘rganilmoqda.Bu bakteriyalarning barchasi qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi va ular asosida turli bioo‘g‘itlar tay yorlangan. Ushbu bakteriyalarning afzal tomoni shundaki, mineral azotning o‘rnini to‘la bosadi, tuproq unumdorligini oshiradi va o‘simlikning rivojlanishini 7-14 kunga tezlashtiradi. Tuproq tarkibida qancha ko‘p bo‘lsa tuproqning ball bioneti shunchalik yuqori bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida Azotabacter chrococcum bakteriya turini tadqiq etib uning asosida qator bioo‘g‘itlar yaratilgan.
- O‘simlikning oziqlanish balansini yaratishda, tuproqdagi moddalarning faol aylanishida organik, mineral va bakterial o‘g‘itlar katta ahamiyatga ega.Organik o‘g‘itlar tarkibida o‘simliklarning oziq mineral elementi: (azot,fosfor,kaliy, mikroelementlar va boshq) hamda organik moddalar bo‘ladi. Mineral o‘g‘itlarga: (azotli o‘g‘itlar, fosforli o‘g‘itlar, kaliyli o‘g‘itlar,kompleks o‘g‘itlar, ohakli o‘g‘itlar, mikroo‘g‘itlar va boshq)kiradi. Bakterial o‘g‘itlarga : nitragin, azotabakterin,fosforbakterin va boshqalar taalluqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |