Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, iqtisodiyot, xorijiy investitsiya, texnologiya,, telekommunikatsiya, sanoat, tarmoq, qo„shma korxona. 289 Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Xitoyda 6 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyat olib borib, ulardan 4 tasi (Shantou, Shenjen, Chjuxay va Syamen EIHlari) mamlakatning Janubi-Sharqiy qirg„oqlarida joylashgan. Mazkur EIHlarda bugungi kunda juda ko„plab qo„shma korxonalar tashkil etilgan bo„lib, ularda ko„plab ish o„rinlarining yaratilishiga erishildi. Qolaversa, ularga xorijiy investitsiyalar oqimi yildan-yilga o„sib bormoqda. 2. Xitoyda Yangi Pudun tumani Shanxayning tarkibiy qismi sifatida 1990-yillar boshida tashkil etildi. 1992-yildan boshlab, bu hudud xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo„yicha, katta muvaffaqiyatlarga erishib, bugungi kunga qadar unda avtomobilsozlik, elektronika, uskunasozlik, telekommunikatsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalari rivojlanib bormoqda. Lekin, iqtisodiy tahlilda undan tashqari faoliyat ko„rsatuvchi 5 ta EIHlar ko„rsatkichlari keng o„rganiladi. 3. Xitoyda tashkil etilgan yirik EIHlarning har biri aniq maqsad va ixtisoslikka ega bo„lib, ular ushbu ixtisoslikda rivojlanishlari uchun xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishga harakat qilib kelmoqda. Ularga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning aksariyati qo„shni davlatlar hissasiga to„g„ri keladi. E‟tiborli tomoni shundaki, EIHlar ishlab chiqarishada xizmatlar sohasi yetakchilik qiladi. Nazorat uchun savollar: 1. Xitoyda bugungi kunda nechta asosiy EIHlar faoliyat ko„rsatadi? 2. Xitoyda dastlabki yillarda tashkil etilgan EIHlarning joylashuv o„rni va ahamiyaini izohlang. 3. Xitoyda tashkil etilgan 6 ta EIHning tashkil etilish tarixini tushuntirib bering. 4. Xitoyda tashkil etilgan 6 ta EIHning ixtisosliklari va faoliyati ko„rsatkichlariga izoh bering. 5. Xitoyda tashkil etilgan EIHlar o„rning yildan-yilga o„sib borishi nimalarda namoyon bo„ladi? 6. Xitoyda tashkil etilgan EIHlarni rivojlantirishda qanday muammolar mavjud? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling