Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, Oltoy erkin ekologik hududi, texnika, sanoat, tadbirkorlik, investitsiya, investor, kredit, qimmatli qog„ozlar. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. RFda 1997-yil dekabr oyidan boshlab Oltoy erkin ekologik hududi garchi faoliyat ko„rsata boshlagan. Mazkur hudud o„zining geografik-iqtisodiy joylashuvi, salohiyati bilan mamlakat iqtisodiyotida alohida o„rin tutadi. Ekologik hududning umumiy er maydoni 168 ming km 2 ni tashkil etib, o„lkada 12 ta shahar, 14 ta shahar tipidagi poselka, 7 ta qishloq tumanlari, shu jumladan, nemis milliy tumani mavjud. 2. Oltoy o„lkasining ko„pchilik joylari qalin o„rmonlardan iborat, O„lkada 13 mingdan ortiq ko„llar bo„lib, qishloq xo„jaligi rivojida muhim ahamiyatga ega. O„lkada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarning 30-35 % mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoat tarmoqlariga to„g„ri keladi, er osti qazilma boyliklariga boyligi va yoqilg„i-energetika sanoat majmuasining rivojlanishi xo„jalik yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. 3. Oltoy erkin ekologik hududini tashkil etish borasida o„lka ma‟muriyati investitsiyalarni qishloq xo„jalik mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash; xalq 307 iste‟moli mahsulotlarini, qurilish va konstruktsiyaviy qurilish materiallarini, mashinasozlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish; o„rmon xo„jaligi va yog„och materiallarni qayta ishlash; tog„-kon, kimyo va neft-kimyo, to„qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish; turizm sohasini va shuningdek, sanatoriya va kurort tumanlarni rivojlantirishga taqsimlab kelmoqda. Nazorat uchun savollar: 1. RFda Oltoy erkin ekologik hududi qachon tashkil etilgan? 2. Oltoy erkin ekologik hududi mamlakat iqtisodiyoti uchun qanday ahamiyat kasb etadi? 3. Oltoy o„lkasi qanday geografik-iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarga ega? 4. Oltoy erkin ekologik hududiga investitsiyalar qanday yo„nalishlarda jalb etilmoqda? 5. Oltoy erkin ekologik hududi ma‟muriyati qanday vazifalarni bajaradi? 6. Oltoy erkin ekologik hududida qanday imtiyoz va qulayliklar mavjud? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling