Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, “Yantar” erkin iqtisodiy hududi, import, eksport, bojxona, xomashyo, mahsulot, kapital. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. RFda Kaliningrad “Yantar” EIHning tashkil etilishi o„ziga xos sabab va tarixga ega. O„tgan asrning 90 yillarining boshida Kaliningrad viloyati uchta davlat chegaralari bilan o„zaro bog„langanligi sababli muhim EIH deb e‟lon qilingan edi. Biroq, bu davrda ushbu iqtisodiy hududni rivojlantirish uchun huquqiy asoslar bo„lmaganligi sababli o„z faoliyatini ko„rsata olmadi. 1996-yilning 22-yanvarida Rossiya Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Kaliningrad maxsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun qabul qilinishi bilan bu hududga erkin bojxona maqomi berildi va Kaliningrad viloyatid “Yantar” EIHi tashkil etildi. 2. Kaliningrad “Yantar” EIHda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish davrida bojxona to„lovlari olinmaydigan va shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ham nazorat qilinmaydigan bo„ldi. Bundan tashqari, import qilinadigan tovarlardan bojxona, qo„shimcha qiymat va aksiz soliqlari ham olinmaydigan bo„ldi. Bu EIHning tashkil etilishidagi muhim hususiyat uning Yevroosiya va Yevropa savdo yo„llarining kesishuvidagi qulay iqtisodiy-geografik joylashuvi va muzlamaydigan dengiz portining mavjudligidir. 3. Kaliningrad muhim EIHi orqali olib o„tiladigan tranzit yuklar uchun bojxona va boshqa soliqlar olinmaydi. Investorlarning olgan foydalari va dividendlarini chet el banklariga o„tkazishda ham hech qanday muammolar yo„q. Kaliningrad MIHning mavjud salohiyati uning tashqi savdo aylanmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu hudud orqali xorijga neft, qog„oz tsellyulozasi, ayniqsa, katta hajmda eksport qilinadi. Nazorat uchun savollar: 1. RFda Kaliningrad “Yantar” EIHning tashkil etilishining sababi, tarixi va muammolari tushuntirib bering. 2. Kaliningrad “Yantar” EIHning ahamiyati nimalardan iborat? 310 3. Kaliningrad “Yantar” EIHda qanday imtiyoz va qulayliklar mavjud? 4. Kaliningrad МIHda qanday tovarlar eksporti va importi amalga oshiriladi? 5. Kaliningrad МIHning joylashuv o„rni va xususiyatlari nimalardan iborat? 6. Kaliningrad МIHning rivojlanish imkoniyatlariga qanday qaraysiz? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling