Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Erkin iqtisodiy hudud faoliyat ko„rsatishining tamoyillari, vazifalari va


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

1.5. Erkin iqtisodiy hudud faoliyat ko„rsatishining tamoyillari, vazifalari va 
asosiy xususiyatlari 
Jahon tajribalaridan xulosa qilgan holda, EIHlarni tashkil etish tamoyillarini 
quyida ko„rib chiqamiz. 
O„ziga xos iqtisodiy tuzilma sifatida EIHlar tashkil etilishi va faoliyatining 
ma‟lum tamoyillari mavjuddir. Ularga quyidagilar kiradi: 
1. Boshqaruv va tadbirkorlik riski tamoyili. Ushbu tamoyilning mohiyati 


29 
noaniqlik va risk bilan bog„liq bo„lgan biznes yuritishning turli jihatlarini
tadbirkorlik faoliyatini, raqobatni namoyish etilishini belgilaydi. 
2. Teng hamkorlik tamoyili. Birinchi navbatda, biznesni yuritishda o„zaro 
munosabatni belgilaydi. 
3. Raqobat imtiyozlari tamoyili. EIH chegarasida tadbirkorlik faoliyatini 
faollashtirishning usuli bo„lib, bunda, hududdagi korxonalarga boshqa erdagi 
korxonalarga nisbatan ma‟lum bir tashkiliy, moliyaviy, iqtisodiy imtiyozlar beriladi. 
Ushbu tamoyil birinchi navbatda EIH mexanizmida ijodkorlik asosi mavjudligini, 
nostandart shakl va ziddiyatlar yechimi usullarini, ya‟ni, tadbirkorlarning yangi 
texnologiyalar, bozorlar, tovar sifati, narx siyosatining egiluvchanligi uchun faol 
musobaqalashuvini nazarda tutadi. 
4. Samaradorlilik va daromadlilik tamoyili. Talab va taklif qonuniga 
asoslangan holda mazkur hudud boshqaruvining maqsadli funksiyasini namoyish 
etadi. 
5. Refleksif o„zini tutish tamoyili. Korxonaning EIH bozoridagi o„zini tutishini 
aniqlaydi va muvofiqlashtiradi. Bu tamoyil xo„jalik subyektlarining bozordagi hatti-
harakatlarini tartibga solib turadi.
6. Ma‟lumot yetarlilik tamoyili. EIHdagi doimiy o„zgarib turuvchi bozor 
muhiti korxona va hudud oldiga qo„yilgan maqsadga erishish uchun ma‟lumot 
oqimlari tahlili bo„yicha katta talablar qo„yadi.

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling