Эркин иқтисодий ҳудудлар
Maqsadlarni muvofiqlashtirish tamoyili
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
7. Maqsadlarni muvofiqlashtirish tamoyili. Bunda EIHning turli iqtisodiy
institutlari va ularning tashkiliy-huquqiy me‟yorlarini tashqi bozor muhiti, hudud ichidagi sharoit asosida muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. EIHlarning ahamiyatini ko„rsatish uchun, ularni jahon xo„jaligining mamlakat ichidagi “orollari”, xorijiy investitsiya, texnologiyalar, boshqarish tajribasining oqib keluvchi “derazalari”, jahon xo„jaligiga uyg„unlashib ketishda “erkin eshiklar” deb nomlanuvchi yangi siyosatidir, deb nomlashadi. Shuningdek, uning bugungi kundagi rivojlanish xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, EIHlarni xalqaro iqtisodiyotni o„rganish instituti deb, ham hisoblash mumkin, chunki, bu institutni muvaffaqiyatli o„tagan har bir xo„jalik subyekti xalqaro biznes olamida faoliyat ko„rsata olish potensialiga ega bo„ladi. Umumiy ko„rinishda EIHlarni tashkil etish maqsadlaridan kelib chiqib, ularning tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga bog„liq quyidagi vazifalarni keltirib o„tish mumkin: - ilg„or texnologiyalarni (milliy texnologiyaga nisbatan) jalb et ish ; - xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali iqtisodiyotni faollashtirish; - valyuta tushumlariga ega bo„lish va shu orqali valyuta zahiralarini o shi r ish ; - ichki iste‟mol bozorini to„yintir ish ; - aholining bandlik darajasini oshirish va ishchi kuchining sifat ko„rsatkichlarini yaxshilash; - iqtisodiyotni boshqarish, xalqaro tadbirkorlik, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sohasida jahon tajribasini o„zlashtirish; - bozor infratuzilmasi muassasalarini rivojlantirish; - “depressiv tumanlarni” jadal rivojlantirish va boshqalar. 30 Erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy kapitalni jalb eti shni ng iqtisodiy mexanizmi turli-tuman bo„lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: - uskunalar, xomashyo va ishlab chiqarishning boshqa tashkil etuvchilari importini bojxona bojlaridan to„la yoki qisman ozod etish; - foydaga solinayotgan soliqlarga imtiyozlar joriy etish; - daromad solig„idan to„la yoki qisman ozod qilish; - eksport imtiyozlarini joriy etish va mamlakatning boshqa qismlaridan olib kelinadigan uskunalar, xomashyo va ishlab qari shn ing boshqa tashkil etuvchilarini rag„batlantirish; - eksportga imtiyozli shart-sharoitlar joriy etish; - mahalliy soliqlardan ozod qilish; - xorijiy investitsiyalarning barcha shakllariga ruxsat berish; - eksport va importni imtiyozli litsenziyalash; - foydani erkin uzlashtirishga imkoniyat yaratish; - EIHlarda milliy valyutaning qisman yoki to„liq erkin almashuvini ta‟minlaydigan alohida valyuta rejimini joriy et ish ; - kommunal xizmat, transport tariflari uchun pasaytirilgan ijara to„lovlarini taqdim et ish ; - jadallashtirilgan amortizatsiyani joriy et ish ; - zamonaviy bozor infratuzilmasini hamda xizmatlar tarmoqlarini barpo et ish ; - xorijiy investitsiyali va aralash korxonalarga davlat kafolatlari va imtiyozlarini taqdim etish va boshqalar. EIHlarning quyidagi asosiy xususiyatlarni ko„rsatish lozim. 1. Turli xil imtiyoz va rag„batlarning qo„llanishi, jumladan: - tashqi savdo imtiyozlari, ularga eksport-import to„lovlarini kamaytirish yoki bekor qilish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibining qo„llanilishi; - fiskal imtiyozlar, jumladan, aniq faoliyat turlari uchun soliq imtiyozlarning berilishi. Imtiyozli soliq bazasi (foyda yoki daromad, mulk qiymati va x.k.), uning alohida tashkil etuvchilari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqi, tadqiqotlar, transport xarajatlari)ga qaratilgan bo„lishi, soliqdan vaqtincha yoki doimiy ozod qilishdan iborat bo„lishi mumkin; - moliyaviy, turli xil subsidiyalarni qamrab olib, ular bevosita – budjet mablag„lari va imtiyozli davlat kreditlari hamda bilvosita kommunal xarajatlar uchun imtiyozlar, yer uchastkalaridan foydalanilganligi uchun ijara haqini kamaytirish va h.k.lardan iborat bo„ladi; - ma‟muriy, korxonalarni ro„yxatga olishni osonlashtiruvchi, xorijiy fuqarolar kelish, ketishini soddalashtirish bo„yicha imtiyozlar. 2. Erkin mintaqani boshqarishning bir muncha erkin, butun iqtisodiy masalalar bo„yicha mustaqil ravishda qaror qabul qila olish. 3. Hukumat tomonidan har tomondan qo„llab-quvvatlanishi. EIHlarning yuqoridagilar qo„shimcha ravishdagi xususiyatlari sifatida quydagilarni ham keltirib o„tish mumkin: - xo„jalik faoliyatini minimal ravishda reglamentlashtirish; 31 - bojxona to„siqlarini minimumga keltirish; - eksport importda cheklashlar yo„qligi yoki kamligi; - minimal valyuta nazorati; - insofli, minimal soliq solish; - sug„o„rtalash erkinligi, imtiyozliligi; - baho belgilash erkinligi; - kredit tizimini imtiyozliligi, qulayligi; - personalni ishga solish, haydash masalalarida tadbirkorning erkinligi. Bunday xususiyatga ega sharoitlarni butun iqtisodiyotda – xalq xo„jaligi kopleksiga birdaniga, to„liq holda yaratish juda mushkul. Ammo, mamlakatning kichik bir, alohida hududlarida, alohida tarzida boshqariladigan maxsus hududida, ya‟ni EIHlarda bunday shart-sharoitni yaratish va qo„llab-quvvatlash mumkin. Shu jihatdan ham EIHlarga xos bo„lgan xususiyatlar o„ziga xos bo„lib, boshqa hududlarda ularni qo„llash imkonsizdir. Jahon tajribasining ko„rsatishicha eng umumiy holda EIHlarni tashkil etish jarayoni 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling