Эркин иқтисодий ҳудудлар
-rasm. Mamlakatda EIH tashkil etilishining ko„rinishi
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
1.3-rasm. Mamlakatda EIH tashkil etilishining ko„rinishi
Turli mamlakatlarda tashkil etilgan EIHlar ularning jahon xo„jaligi bilan savdo, iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, mehnat, ta‟lim, turizm, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot, texnika, ekologiya, xizmat ko„rsatish, axborot texnologiyalari, ishlab chiqarishning energetika, neft-gaz, oziq-ovqat, qurilish kabilar bo„yicha aloqalari va integratsiyasini ta‟minlash hamda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa EIHlar tomonidan xalqaro savdo, mehnat va kapital migratsiyasi, logistika, turizm, ishlab chiqarish kabilarning rivojiga ta‟sirining ortib borishiga sabab bo„lmoqda. Pirovardida, jahon ishlab chiqarishining 10%i, savdo aylanmasining 30%i mazkur hududlar hissasiga to„g„ri kelmoqda. Ayrim davlatlar (Xitoy)da kapital iste‟molining 20%idan ortiq qismiga ham egalik qilmoqda. Ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarga 30-80% gacha chet el investitsiyalari EIHlar orqali kirib keladi. U yoki bu hududni tashkil etish vazifasidan kelib chiqqan holda uning joylashishiga tegishli talablar qo„yiladi. Ular orasida tashqi va ichki bozorlarga nisbatan qulay transport-geografik joylashuvidir. Shuning uchun EIHlar uchun eng qulay territoriyalar, odatda, chet el davlatlarga chegaradosh, dengiz savdo portlari va magistral transport tizimlari (temir yo„l, avtomobil yo„llar, aeroportlar), tashkil topgan sanoat, ilmiy va madaniy markazlar, qimmatli tabiiy resurslar tig„iz joylashgan territoriyalar hisoblanadi. Maqsad va joylanishidan kelib chiqqan holda EIHlar hududi o„lcham jihatdan turlicha bo„lishi mumkin – 1,5 km 2 dan (Sheremetevo, Rossiya) to 3,6 mln. km 2 Erkin iqtisodiy hudud – mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismi. Qonunchilik - bojxona hududidan ajratish; - xo„jalik mustaqilligi; - boshqaruvning alohida rejimi; - preferensial shart-sharoitlar. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling