Эркин иқтисодий ҳудудлар


savdo olib boradigan magazinlar (“Dyuti fri” magazinlari)


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

savdo olib boradigan magazinlar (“Dyuti fri” magazinlari) uzoq vaqtlargacha 
faoliyat yuritgan. Ularning savdo hajmi 1990-yil oxirlariga kelib 1 mlrd. dollarga 
yaqinlashgan. Biroq, 2000-yil yanvaridan boshlab Yevropa Ittifoqidagi boj 
to„lovlarisiz savdo qisqartirilib bordi, u Yevropa Ittifoqi savdo to„siqlarini bekor qildi 
va o„z hududdidagi bojxona jarayonlariga tegishli qoidalarni standartlarshtirdi.
G„arbiy Yevropada offshor markazlari keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini 
o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa ttortishning imtiyozli 
xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi. 
Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi Gernsi 
va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Monako, 
Shveytsariya va boshqalar kiradi. Offshor biznesi bank va sug„urta faoliyatini, 
ko„chmas mulk operatsiyalarini, eksport-import operatsiyalarining ko„pgina turlarini, 
konsaltingni o„zida mujassamlashtiradi. G„arbiy Yevropa offshor biznesi sohasidagi 
kapital 130 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Unda 400 mingdan ortiq jismoniy va yuridik 
shaxslar faoliyat yuritadi, har yili bir necha minglab yangi kompaniyalar 
registratsiyadan o„tadi, ula offshor operatsiyalari masshtablarini kengaytiradi. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarga 
keladigan 
bo„lsak, 
yangi 
industrial 
mamlakatlarda EIHlarni tashkil qilish sezilarli darajada foyda keltirdi. Janubiy 
Koreya Respublikasida, Singapur, Tayvan, Syangan, Malayziya, Filippin, Braziliya 
va Meksika kabi davlatlarda tashkil qilingan EIHlar iqtisodiy o„sishning umumiy 
strategiyasi bo„lib hisoblanadi. Osiyo va Afrikaning qator rivojlanayotgan 
mamlakatlari uchun EIHlar ularning iqtisodiy rivojlanishining muhim mexanizmi 
bo„la olmadi. U erdagi erkin iqtisodiy hududlarda yengil-sanoat mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, uy ro„zg„or eleketronikasi, ba‟zan mahalliy xomashyoni qayta ishlash 
bo„yicha og„ir sanoat sohalarida faoliyat yuritilgan. Lekin, u yerdagi faoliyat boshqa 
hududlardan terrritorial ajralib, go„yoki anklav kabi bo„lgan. Shunday bo„lsa ham 
EIHlar bu mamlakatlar rivojlanishini tezlashishiga, ularni xalq xo„jaligi bilan 
integratsiyalashuviga yordam beradi. Shuning uchun ham rivojlanayotgan 
mamlakatlarda EIHlar soni ortib bormoqda. 
Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Xitoy mamlakatlarida 1980-yillarda 
EIHlar xorij kapitalini va texnologiyasini jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish maqsadlarida tashkil qilina boshladi. Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlarida, asosan, mahsulot-omborxona va eksport-ishlab chiqarish hududlari 


20 
tashkil qilingan va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlari berilgan. Misol uchun, 
Vengriyada 
EIHlarni, 
milliy 
iqtisodiyotni 
jahon 
xo„jaligi 
bilan 
integratsiyalashuvining real instrumentiga aylanishida yetarlicha tajribaga ega. 
Biroq Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ayrimlarida tashkil 
qilingan erkin iqtisodiy hududlar sezilarli natijalar bermadi, bunga ularni 
rivojlantirish uchun strategiyaning puxta ishlab chiqilmaganligi sabab bo„lgan. 
Bundan tashqari, EIHlar faoliyati, ya‟ni eksport-ishlab chiqarish hududlari 
konsepsiyasiga asoslanib mamlakatga xorij kapitalini kirib kelishiga moslanmagan, 
sharoit yaratilmagan, bozor strukturasining nimjonligi va mahalliy bozorning 
cheklanganligi sabab bo„lgan. 
Xuddi shu paytda, Xitoyda tashkil qilingan EIHlar ishonchli natijalarni bergan. 
Xitoydagi EIHlar, birinchi galda, xorij va chetdagi xitoy kapitalini jalb qilishga, 
ko„pgina va arzon ishchi kuchidan foydalanish, mamlakat hoqimiyatining va 
mahalliy organ hukumatining moliyaviy qo„llab-quvvatlanishiga qaratilgan. 
Eksportga mo„ljallangan va texnologik jihatdan yirik hajmga ega bo„lgan loyihalarga 
jalb qilingan xorij kapitallariga qo„shimcha soliq imtiyozlari berish yo„li bilan, asosiy 
fondlar amortizatsiyasini tezlashtirish bilan, ish kuchi va yer ijaralariga to„lovlarini 
davlat tomonidan subsidiyalar ajratish bilan, Xitoy ichki bozorida mahsulotni 
sotishga qo„shimcha huquqlar berish va boshqa vositalar yordamida katta imtiyozlar 
beriladi. Bularning hammasi ushbu hududlarda qabul qilingan xalqaro talablarga 
javob bera oladigan qulay investitsion muhitning shakillanishiga olib keldi.
Natijada hozirgi kunda Xitoyda EIHlarning ko„p darajali tizimi tashkil topdi. Bu 
tizim Xitoy davlatining EIHlarni rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos amaliyot va 
tajribalarni shakllantirishida muhim o„rin egallaydi. Buning natijasida bugungi kunda 
Xitoyda turli yo„nalishdagi 190 dan ortiq EIHlar faoliyatining samarali yo„lga 
qo„yilishiga erishildi. Shunga ko„ra, Xitoy hukumati mamlakatning barcha 
mintaqalarida EIHlarni tashkil etish va rivoelantirishga yanada jiddiy e‟tibor qaratib 
kelmoqda. Xitoyda EIHlarning amalda faoliyati mamlakatni ma‟muriy-taqsimotdan 
ochiq bozor iqtisodiyotiga o„tishiga, milliy xo„jalikning tez rivojlanishiga yordam 
bermoqda. Bu esa, o„z navbatida, mamlakatga kirib kelayotgan ko„p milliardlik 
investitsiyalar hisobiga sanoatlashgan tashkilotlar va ish joylari soning o„sishi, xorij 
kapitali obyektida mehnatni tashkil qilishning ko„payishi, EIHlardagi eksport 
hajmining keskin ravishda oshishi kabilarda yaqqol namoyon bo„ladi.
Rossiyada EIHlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o„rtalariga kelib tashkil qilina 
boshlandi. Rasman tasdiqlangan EIHlar bir necha o„ntadan iborat edi. Bugungi kunga 
kelib, Rossiya Federatsiyasida EIHlar faoliyati tartibga solingan va nazoratga olingan 
bo„lib, ular sonining samarali faoliyat ko„rsatishiga qarab qisqartirildi. Ular ichida 
erkin savdo hududlariga tegishli mahsuslashtirilgan turli xildagi hududlar va o„z 
hajmiga ko„ra kattaroq, umumiy, kengroq bo„lgan hududlar bor. Biroq, Rossiyada 
tashkil qilingan barcha EIHlar ham vaqt o„tishi bilan tajribalarga dosh berolmadi. 
Bunga ularga (EIHga) nisbatan mamlakat siyosatining munosabati ham ta‟sir 
ko„rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan Primorya o„lkasining 
“Naxodka” EIH va Kaliningrad viloyatidagi mahsus iqtisodiy hududlarni aytish 
mumkin.


21 
Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi (MDH) va Markaziy Osiyo 
davlatlarida ham EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib 
kelinmoqda. Jumladan, bugungi kunga kelib Rossiya Federatsiyasida 25 ta, 
O„zbekistonda 21 ta, Qozog„istonda 10 ta, Turkmanistonda 10 ta, Belorusiyada 6 ta, 
Tojikistonda 2 ta, Qirg„izistonda 1 ta EIH faoliyat ko„rsatmoqda. 
EIHlarning rivojlanish bosqichlari va shu asosda yuzaga kelgan yangi avlod 
shakllarini quyida keltirilgan 1.2-rasm orqali ifodalash mumkin. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling