17
qarab bormoqda. EIHlar – XX asrning ikkinchi yarim yilligining eng ko„zga
tashlanadigan institutsional innovatsiyasidir. Uning
ahamiyatini quyidagi ikki
raqamning o„zi ko„rsatadi: XX asr oxiriga kelib, jahon ishlab chiqarishining 10 %i,
jahon savdo aylanmasining 30 %i EIH orqali o„tgan va jahon kapital aylanmasining
qariyb yarmi EIHlar orqali amalga oshirilgan.
Jumladan, Xitoy mamlakati ma‟lumotlari bo„yicha EIH joylashgan mintaqalarda
yashovchi aholi jon boshiga to„g„ri
keladigan investitsiyalar, mamlakat bo„yicha
o„rtacha ko„rsatkichdan 10 martaga yuqoridir. Buni AQShda joylashgan “Selikon
velli” nomi bilan mashhur ilmiy-tadqiqot hududlarining yangi texnologiyalarni
yaratishda qo„shayotgan xizmatini hisobga olib “jahon iqtisodiyotining yadrosi”, deb
bejiz nomlashmasligi bilan ham izohlash mumkin.
Bugungi kunda alohida mamlakat va jahon iqtisodiyoti rivojida ulkan salohiyat
va ulushga ega bo„lib borayotgan EIHlarning tashkil etilishi
va rivojlanishi uzoq
o„tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalarga ko„ra, bundan
2200 yillar muqaddam,
Do'stlaringiz bilan baham: