Эркин иқтисодий ҳудудлар
jarayonlarini soddalashtirish va uyg„unlashtirish bo„yicha xalqaro konvensiya”
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
jarayonlarini soddalashtirish va uyg„unlashtirish bo„yicha xalqaro konvensiya”
qarorlarida yozilishicha, “EIH bu – ma‟lum bir davlat hududidining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi” 23 . Bu ta‟rifda turli xildagi EIHlarning asosiy xususiyatlari yoritib o„tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga olib kirish va olib chiqib ketishga nisbatan to„g„ridir. Albatta, keyingi salkam 40 yillik taraqqiyot natijasida bunday qarash yetarli emasligi aniq bo„ldi. “Erkin iqtisodiy hudud” atamasi tahlil qilinayotgan iqtisodiy hodisaning qirralarini to„liq ochib beradi: - mamlakatning qolgan qismidan iqtisodiy jihatdan ajralganlik holatining mavjudligi; - xorijiy va mahalliy tadbirkorlar uchun alohida iqtisodiy muhitning mavjudligi (imtiyozli bojxona, soliq, ijara, valyuta, mehnat va boshqa tartiblar). Uning ta‟siri ostida “iqtisodiy muhitning” qarshilik qilishi kamayadi. Kioto konvensiyasi qabul qilingach, keyingi taraqqiyot natijasida EIH tushunchasi borasidagi bilimlar ancha kengaydi, boyidi, uning turli xil shakllari kashf etildi. Ushbu tushunchadan ko„rinib turibdiki, mamlakat hududining alohida qismidagi iqtisodiy erkinlik butunlay emas, balki, qiyosiy hisoblanadi. Demak, EIH tom ma‟noda erkin emas, balki, nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan tovarlar bojxona to„lovlaridan import solig„idan va import ustidan nazarotlardan ozod etilgani uchun ham bu hudud EIH deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga chet eldan olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan deb e‟lon qilinmaydi. Shu bilan birga qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarini mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki, uni yengillashtiradi. Ushbu hudud erkinligi unga kiritilgan mahsulot bojxona tulovlari, importga nisbatan iqtisodiy siyosat choralaridan ozod qilinishi bilan belgilanadi va EIZga tashqaridan keltirilgan mahsulotlar deklaratsiya qilinmaydi. 23 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч. пос. - М.: Юнити, 2005. – С. 7. 14 Biroq, shu bilan birga, qonunlar mahsulot egalari va investorlarni iqtisodiy tartiblardan ozod qilmay, uni yengillashtiradi. Yuqoridagi EIHlarga berilgan ta‟riflardan hamda EIHlarning mazmun- mohiyatiga asoslanib shuni aytish mumkinki, EIHlarni maxsus iqtisodiy hudud (MIH) deya atash ham o„rinlidir. Iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarning MIHlar deb nomlanishining ham sababi shundandir. Bugungi kunda O„zbekiston qonunchiligida ham MIHlar atamasi keng ishlatilmoqda. Bizning fikrimizcha, EIHlar mamlakatning shunday hududiki, bu erga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortilishdan ozod etiladi, ya‟ni bu yerda mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan o„ziga xos imtiyozlar va rag„batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi. Demak, EIH deganda davlat tomonidan tuzilgan milliy iqtisodiyotga yordam beruvchi sun‟iy iqtisodiy hudud tushuniladi. Shunga ko„ra, EIH o„zida hudud suvereniteti, iqtisodiy komplekslar, keng ishlab chiqarish va maxsus mexanizmlarni aks ettiradi. Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo„yicha Xalqaro Assotsiatsiya (MARSEZ) izohiga qaraganda, EIH aynan maxsus moliya va xo„jalik jihatidan ochiq bo„lgan davlat qismidir. Bu esa, o„z navbatida, iqtisodiyot, fan va texnika, ekologiya va gumanitar fanlar rivojiga olib keladi. Yuqoridagi izohlarga qaraganda EIHga yagona ta‟rif yo„qligiga amin bo„lamiz. Lekin, ko„p iqtisodchilarning fikrini tahlil qilib quyidagi fikrga kelamiz: - birinchidan, EIH davlatning asosiy qismi; - ikkinchidan, bu hududda to„liq imtiyozlar tizimi bo„ladi; - uchinchidan, bu hudud faqatgina bojxona soliq va boshqa nazorat turlaridan “erkin” hisoblanadi; - to„rtinchidan, EIH rezidenti barcha nazorat turlaridan ozod degan ma‟noni bermaydi; - beshinchidan, EIHga jiddiy yondashuv natijasida u tashqi savdo umumiqtisodiy fan va texnika, fan va texnologiya sohasidagi muamolarni yechishga yordam beradi. Nazariy jihatdan EIHlarning mazmuniga berilgan turli iqtisodchi-olimlar ta‟riflari tahliliga ko„ra, erkin iqtisodiy mintaqalar iqtisodiy jarayonlarga davlat aralashuvini tanlab qisqartirish vositasi sifatida qaraladi. “Erkin iqtisodiy hudud” tushunchasiga berilgan bunday ta‟rif xo„jalik yuritishning imtiyozli tartibi amal qilishi bilan bog„liq jarayonlarning barcha ko„rinishini qamrab oladi. Bunday yondashuvda EIH – bu alohida olingan geografik hudud bo„lmay, milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, unda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag„batlar tizimi joriy qilingan va amal qiladi. Demak, EIH (ayrim adabiyotlarda alohida yoki maxsus iqtisodiy hudud ham deyiladi) – mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan alohida yuridik maqomli, milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun imtiyozli iqtisodiy sharoitlarga ega bo„lgan chegaralangan hudud. 15 Biz “erkin iqtisodiy hudud” atamasining iqtisodiy mazmuni tahlili bo„yicha olib borgan umumiy izlanishlarimizga asoslanib, EIHlar mazmuni bo„yicha turli iqtisodchi-olimlar va mutaxasssislar fikr va qarashlari asosida unga quyidagi mazmundagi kengroq ta‟rifni berish mumkin: Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling