Эркин иқтисодий ҳудудлар


-rasm. EIHlarning rivojlanish bosqichlari


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

1.2-rasm. EIHlarning rivojlanish bosqichlari 
1.2-rasmdan ko„rinib turibdiki, jahon tarixida EIHlar dastlabki tashkil etilgan 
ko„rinishlaridan to bugungi kunga kelib shakllangan turlarining yuzaga kelishigacha 
bo„lgan vaqtlar EIHlarning 4 ta avlodidan iborat davrni o„z ichiga olar ekan. 
Shunday qilib, bugungi globallashuv jarayoni talablariga ko„ra dunyodagi 
EIHlar soni doimiy ravishda ortib boradi, ularni tashkil qilishdagi geografik 
chegaralari kengayadi, ularning shakli o„zgarib boradi: tashqi savdo hududlaridan 
eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga. Xo„jalik faoliyati mohiyati tovar 
ayrboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko„rsatishning oddiy 
turlaridan ilmiy darajada murakkab bo„lgan turlariga o„zgarib boradi. Yuqoridagilarni 
ko„rib, shuni xulosa qilish mukinki, EIHlar milliy iqtisodiyotni jahon xo„jaligi bilan 
integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi.
Dunyo amaliyotida EIHlar o„tgan asrning 50 yillarning oxiri va 60 yillarning 
boshlarida ko„pgina mamlakatlarda paydo bo„ldi. 90 yillar o„rtalariga kelib, statistik 
ko„rsatkichlarga ko„ra, dunyo bo„yicha 1200 ga yaqin EIHlar mavjud bo„lgan. 
Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, erkin savdo, kapital, soliq, bojxona, iqtisodiyot, 
integratsiya, sanoat, texnologiya. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. EIHlarning ildizi qadim o„tmishga borib taqaladi, ya‟ni 2200 yillar 


22 
muqaddam, eramizdan avvalgi 166 yilda grek davlati Delosda birinchi marotaba 
hujjat asosida, savdoni yengillashtarish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil 
qildilar. Bu erkin iqtisodiy zonalar, Sharq va G„arb o„rtasidagi savdo aloqalarini 
birlashtiruvchi vazifani bajargan. U erdagi savdogarlar soliqlardan, bojlardan va 
ma‟muriy rasmiyatchiliklardan ozod etilgan. 
2. EIHlarning rivojlanib borishi natijasida XX asr oxiriga kelib, jahon ishlab 
chiqarishining 10 %i, jahon savdo aylanmasining 30 %i EIH orqali o„tgan va jahon 
kapital aylanmasining qariyb yarmi EIHlar orqali amalga oshirilgan. 
3. EIHlarning dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida tashkil etilganligi hamda 
uning uzoq tarixga ega bo„lishiga qaramay, o„tgan asrning 50 yillaridan boshlab jadal 
rivojlanib kelayotganligi ularning jahon iqtisodiyoti rivojini ta‟minlashda muhim 
o„rin egallashiga o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling