Эркин иқтисодий ҳудудлар
maxsus iqtisodiy hududlar, xalqaro erkin iqtisodiy hududlar
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
maxsus iqtisodiy hududlar, xalqaro erkin iqtisodiy hududlar
“Kompleks hududlar” tushunchasi yaqinda paydo bo„lganligiga qaramay jahon amaliyotida misli ko„rilmagan natijalarni namoyon etdi. Kompleks EIH xo„jalik yuritishning yangi shakllaridan biri bo„lib, jahon iqtisodiyotida 1980-yillarning o„rtalariga kelib esa keng ommalasha boshladi. Amaliyotda bir funksiyani bajarishga ixtisoslashgan hudud mavjud emas. Eng ko„p tarqalgan hududlarga savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funksiyalarini bajaruvchi kompleks hududlar kiradi. Ular turli funksiyalarni bajaradilar va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug„ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni tashkil etishda ustuvor funksiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi hududlarda yangi ma‟muriy-hududiy birlik tashkil etilishi mumkin. Biror-bir faoliyat turiga ixtisoslashgan EIHlar bilan birgalikda ko„p sohalarni 101 qamrab oluvchi hududlar ham keng tarqalgan. Kompleks EIHlarning boshqa turdagi hududlardan farqi shundaki, ularning hududdi ancha kattaroq, ishlab chiqarish kontsentratsiyasi yuqoriroq va faoliyat sohalari kengroq. Ularning funksiyasiga eksportga yo„naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish, moliya bozorini, sug„urtalashni, komunikatsiyalar, turizm va boshqalarni o„stirish vazifalari kiradi. EIHlarning rivojlanish mantiqidan kelib chiqib aytish mumkinki, kompleks hududlar EIHlarning eng zamonaviy shaklidir. Kompleks hududlarga rivojlangan mamlakatlar tomonidan depressiyali hududlarda tuzilgan EIHlar, Xitoyning maxsus EIHi, Braziliyaning “Manaus hududi”, Argentinadagi “Olovli yer ” hududi misol bo„la oladi. O„tgan asrning 1990- yillarida kompleks hududlar Dominikan Respublikasida, Ispaniya va Koreya Respublikasida tuzila boshlandi. EIHlarning boshqa modellaridan farqli o„laroq kopleks hududlar o„zlarining alohida belgilari bilan ajralib turadilar va bir-biriga hech ham o„xshamaydi. Masalan, Manaus erkin hududi unikal hududiy tuzilma bo„lib, jahon amaliyotida o„xshashi yo„qdir. 3,6 mln. m 2 maydonda joylashgan ushbu hududning kopleks xarakteri asta-sekinlik bilan shakillandi. Asr boshida Manausda 600 ta yirik sanoat korxonalari, qayta ishlash sanoatining 30 ta sohasi (asosan, elektronika va elektro- texnika), ko„plab milliy savdo va sanoat firmalari hamda AQSh, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yirik transmilliy korparatsiyalarining filiallari mavjud edi. Bu avval qoloq bo„lgan hudud sanoat sallohiyatining darajasi bo„yicha mamlakat miqyosida San-Paulu va Rio-de-Janeyrodan keyingi 3-o„ringa chiqdi. Bundan tashqari, u mamlakatning Janubiy-Sharqida ishlab chiqarilayotgan elektron va elektro-texnika mahsulotlarining Braziliyadagi eng yirik distribyutrlik markazlaridan biriga aylandi. 1980-yillarda Xitoyda beshta maxsus iqtisodiy hududlar – milliy bojxona hududidan tashqariga chiqarilgan yirik ma‟muriy tuzilmalar tashkil etildi. Bu hududlarda turli soha bo„yicha eksport qilishga yo„naltirilgan ishlab chiqarishlar, texnoparklar, savdo korxonalari, madaniy va o„quv markazlari, turistik komplekslar joylashtirildi. Bu hududlarga jalb etilgan ko„p milliardli investitsiyalar tadbirkorlik faoliyatining umumiy darajasini oshirishga, sanoat tuzilmasida ijobiy o„zgarishlar, eksport hajmining keskin o„sishiga va uning tuzilmasini diversifikatsiyalashga, valyuta tushumlarining keskin o„sishiga va bandlikning ortishiga olib keldi. Hududlar Xitoyning dengiz buyi hududlarini mamlakat ichki hududlari bilan bog„lagan ko„prik bo„ldi. Erkin iqtisodiy hududlarning faoliyati mamlakatni yopiq ma‟muriy-taqsimot boshqaruv tizimidan ochiq bozor iqtisodiyotiga o„tishga imkoniyat berdi. Oxirgi yigirma yil davomida kompleks hududlarning o„ziga xos turlari – tadbirkorlik hududlari AQShda, Buyuk Britaniyada, Fransiyada, Vengriyada faoliyat yurita boshladi. Tadbirkorlik hududlari, odatda, tadbirkorlarga moliyaviy- kredit va soliq imtiyozlarini berish hisobiga mamlakatning qoloq hududlarida xo„jalik faoliyatini jonlantirishga qaratilgan. 1980 yilning oxirlaridan boshlab bunday tadbirkorlik tuzilmalari AQShda jadal suratlar bilan tuzila boshlandi. Hozir bu mamlakatda turli darajadagi 1500 ta tadbirkorlik hududlari mavjud. Ularning ko„pchiligi iqtisodiy inqiroz va ishsizlikning o„sishiga yuz tutgan hududlarda 102 tuzilgan. Ulardagi imtiyozlar va ularning darajasi hududda tashkil etilayotgan ishchi o„rinlari bilan bevosita bog„liq. Har bir ishchi o„rni uchun hududdagi tadbirkorlar soliqdan chegirma va boshqa imtiyozlar oladilar. Shunga o„xshash sxema bo„yicha Buyuk Britaniya va Fransiyadagi hududlar ham ishlaydi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling