100
bank
hududlari, xalqaro tashkilotlar.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1. Servis hududlarni tashkil etish va rivojlantirish
jahon moliyaviy xizmatlar
ko„rsatish bozorining jadal rivojlanib borishi natijasida yuzaga kelgan. Bunday
hududlar turlarining ko„payishi tansmilliy va xolding kompaniyalari
ehtiyojlaridan
kelib chiqib yuzaga kela boshlagan.
2. Bugungi kunda servis hududlari sifatida bank hududlari, sug„urta hududlari,
offshor hududlar, turistik hududlar (markazlar) keng rivojlanib bormoqda.
Buning
natijasida jahon bozorida moliyaviy resurslarning ochiq va yashirin aylanishi harakati
faollashuvi jadal tus olib bormoqda.
3. Servis hududlarni tashkil etish va rivojlanib borishi natijasida offshor
markazlarida dunyo mamlakatlari bank depozitlarining asosiy qismi to„planishi
kuzatilmoqda. Bu esa rivojlanayotgan davlatlarda bunday
hududlarni tashkil etishga
bo„lgan munosabatning rivojlanishiga olib kelib, bugungi kunda jahondagi 300 dan
ortiq ofshor markazlarining 70 %i
rivojlanayotgan mamlakatlarda, qolgani esa
sanoati rivojlangan mamlakatlarda to„plangan.
Nazorat uchun savollar:
1. Servis hududlarni tashkil etish qaysi davrlardan
boshlab amalga oshirila
boshlangan?
2. Offshor hududlarni tashkil etishdan maqsad nima?
3. Servis hududlarning qaysi turlari dunyo bo„ylab keng tarqalgan va
rivojlangan?
4. Erkin bank xizmatlari hududi nima maqsadda tashkil etiladi?
5. Erkin sug„urta xizmatlari hududi nima maqsadda tashkil etiladi?
6. Turistik markazlarni tashkil etish va rivojlantirishning ahamiyatini tushuntirib
bering.
3.6. Kompleks hududlar va ularning xususiyatlari. Kompleks hududlar turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: