Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

7) Ilmiy-texnik park (Science-teshnology park). Bu park bir nechta korxonalar 
birlashmalaridan tashkil topgan bo„lib, ilmiytexnik park maqomini manzarasi va 
qurilish jihatidan oladi. Bu hudud faqat tovar ishlab chiqish va o„rganish joyi emas, 
balki, ishchilarning yashash joyi hisoblanadi. Bu hududda yashash muddati 
chegaralanmagan. EIHning bu ko„rinishlari hammasi emas. Ilmiy-texnik parklarning 
samaradorligini belgilovchi mezon – bu yangi texnologiya, yuqori malakali 
mutaxassislar va tadbirkorlarni bir joyda to„plash, ularni o„quv-tadqiqot va tijorat 
tashkilotlari tarmoqlari orqali qo„llab-quvvatlovchi mahalliy muhitning yaratilishidir. 
BMT tadqiqotlari natijalariga qaraydigan bo„lsak, hozirda EIHning o„nlab turlari 
mavjud. Demak, shunday xulosaga kelamizki, EIHlar barcha xilma-xillik natijasida
hatto, eng talabchan investor talablarini qondira oladi. Ularning keng imkoniyati 
davlat muhtoj bo„lgan tarmoqning rivojlanishiga olib keladi. Masalan, savdo-ombor 
hududlari foydalanilmayotgan joylarni ishlatishda, eksport hududlari tovar va 


97 
xizmatlarni yetkazib berishda foydalaniladi. 
Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, texnopark, texnopolis, ilmiy-texnik park, innovatsiya 
markazi, ilmiy park, ishlab chiqarish, texnologiya, sanoat. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. EIHlarning zamoanviy turlaridan bo„lgan texnik-tadbiq etish hududlari 
bugungi kunda bir qancha ko„rinishlarda tashkil etilib, faol rivojlanib bormoqda. 
Texnoparklar ular orasida eng keng tarqalgan hududlar sanalib, ular endilikda sanoati 
rivojlangan mamlakatlardan asta-sekinlik bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga ham 
faol ko„chib bormoqda. 
2. Texnopark va texnopolislar venchur fondlar hisobidan moliyalashtirish 
xususiyatga ega bo„lib, ularda yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega mutaxassislar 
faoliyat ko„rsatadilar. Ularning mahsulotlari iqtisodiyotda ilmiy-texnik samaralarni 
oshirishga va energiya va resurstejamkor mahsulotlarini tadbiq etishga xizmat qiladi. 
3. Ilmiy parklarda iqtisodiy o„sish samarasini belgilovchi omil shundan iboratki, 
ularda infratuzilmaga qo„yilgan har bir so„m ishlab chiqarishga xususiy 
investitsiyalar hajmini bir qancha barobar (20 barobargacha) oshirishga imkon beradi, 
ishlab chiqarishni o„ziga qo„yilgan qo„yilmalar esa qo„shni sohalardagi talabning 
o„sishini faollashtiradi va park hududidan tashqarida bo„lgan ishlab chiqarish turlarini 
ham rivojlantiradi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling