Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, tashqi savdo hududlari, tadbirkorlik hududlari, tarif, 
tarif stavkasi, depressiya, iqtisodiyot, inqiroz, bojxona ixtisoslashgan hudud, eksport, 
import, tashqi savdo aylanmasi, tovar, ishsizlik. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. AQShda EIHlarning tashkil qilinishi mamlakatdagi buyuk depressiya davriga 
to„g„ri keladi. Bu davrda mamlakatda ishsizlik juda yuqori darajaga chiqib, bunga 
qabul qilingan Xoul-Smut qonunining 1930-yildan 20 mingdan ortiq import 
qilinadigan tovarlar narxining so„nggi 100 yillikdagi eng yuqori darajaga oshirilishiga 
sabab bo„lishini asos qilib keltirish mumkin. Bu esa tovarlar importida yuqori tarif 
stavkasining qo„llanilishi chuqur depressiyaga olib kelgan. Ushbu chuqur 
depressiyadan chiqish uchun 1934-yilda AQShda “Tashqi savdo hududlari 
to„g„risida”gi Qonun qabul qilingan. 
2. 1934-yilda qabul qilingan AQSh “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi 
Qonunining asosiy maqsadi – muayyan hududlarda bojxona imtiyozlari, shuningdek, 
Buyuk depressiya davrida haddan ziyod yuqori bo„lgan ishsizlik darajasini 
pasaytirish yordamida iqtisodiy faollikni oshirish yo„li bilan mamlakatni jahon 
savdosiga chuqurroq jalb etishdan iborat. 
3. AQShda EIHlarning keng tarqalishiga va rivojlanishiga sabab bo„luvchi 
omillar – ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga berilgan turli xil 
imtiyozlar yordam beradi. Ularning bir qancha qo„llanilish turlari mavjud. Bugungi 
kunda kelib AQShda EIHlarning rivojlanishi natijasida ular mamlakat tashqi savdo 
hajmining 2 % ulushini ta‟minlab kelmoqda. 
Nazorat uchun savollar: 
1. AQShda EIHlarning tashil etilish tarixi nimalardan iborat? 


248 
2. AQShda Buyuk depressiya nomi bilan mashhur chuqur inqirozning sabablari 
va undan chiqish yechimlari haqida nimalarni bilasiz? 
3. AQShda bugungi kunda tashqi savdo hajmida EIHlar qanday ulushni tashkil 
etmoqda? 
4. AQShda EIHlarda qanday imtiyozlar amal qiladi? 
5. AQShda tadbirkorlik hududlari qanday maqsadlarda tashkil etiladi? 
6. AQShda TSHlari va texnoparklarning ahamiyatini tushuntirib bering. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling