Эркин иқтисодий ҳудудлар
AQShda tashqi savdo hududlarining tashkil qilinishi, ularning turlari
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3-jadval. AQShdagi tashqi savdo hududlari Tashkil etilishi
- Maqsadi
8.3. AQShda tashqi savdo hududlarining tashkil qilinishi, ularning turlari,
maqsadi hamda undagi imtiyozlar tizimi Erkin savdo hududlari birinchi marotaba XIX asrda Shimoliy Yevropada paydo bo„lgan. AQShda bunday hududlar o„tgan asrning 30 yillarida paydo bo„lib, tashqi savdo hududlari deb nom olgan. Bu hududlarning Yevropada muvaffaqiyati, ayniqsa, mashhur Gamburg erkin portining yutuqlari bunday hududlar AQShda 1930-yildan boshlab erkin savdo hududlari yoki tashqi savdo uchun maxsus sharoitlari bo„lgan hududlar nomi bilan yaratilishiga katta ta‟sir ko„rsatdi. Bunday hududlar milliy hududning chegaralangan bir qismi bo„lib, ularda umumiy xo„jalik va tashqi iqtisodiy faoliyatga nisbatan imtiyozli tizim o„rnatilgan. Boshqacha qilib aytganda, tashqi savdo hududlari – bu shunday savdo yoki savdo-ishlab chiqarish hududlariki, ular mamlakat ichida joylashgan bo„lishiga qaramasdan, bojxona, budjet-soliq va moliyaviy tizimlar nuqtai nazaridan mamlakat tashqarisida joylashgandek ko„riladi. 8.3-jadval. AQShdagi tashqi savdo hududlari Tashkil etilishi 1934-yildan bunyo “Tashqi iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonun asosida mamlakatning barcha shtatlarida Soni 266 ta Yaratilish sababi - qulay geografik joylashuv (xalqaro transport yo„llariga, yirik sanoat markazlariga, chegaraga yaqinlik va b.q.); - rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi (yo„llar, omborlar, yuk terminallari, zarur texnika, energiya, suv va issiqliq bilan ta‟minlanganlik va h.k.) Maqsadi - hududlarning iqtisodiy faolligini kengaytirish; - AQShni jahon savdo tizimiga chuqurroq jalb qilish; - ishsizlik darajasini pasaytirish Turlari 1. Umumiy maqsadlardagi hududlar (UMH) yoki umumiy foydalanish hududlari. 2. Maxsus maqsadlardagi subhududlar (MMSH) yoki maxsus 249 hududlar (subhududlar) Imtiyozlar - ichki boj va soliqlar mahsulot ichki iste‟mol uchun boshqa hududga olib kirilgandagina to„lanadi; - hudud ichida joylashgan kompaniya va shaxslarning xususiy mulki mahalliy va davlat soliqlaridan ozod etiladi; - hududdan uchinchi davlatlarga eksport qilinayotgan mahsulot bojxona bojlaridan, ichki soliqlardan va kvotalashdan ozod etiladi; - TSHlaridan mahsulot eksport qilingan paytida bojxona jarayoni yengillashtiriladi; - TSHdan AQSh hududiga import qilish jarayonida importer bojni yoki mahsulot uchun, yoki mahsulotda ishlatilgan xorijiy komponetlar uchun to„laydi. Zamonaviy TSHlari import qilinadigan tovarni omborga joylashtirish, saralash va qadoqlash, shuningdek, uni to„liq qayta ishlash, mahalliy yoki xorijiy chiqindilar tarkibiy qismlaridan ayrim turdagi mahsulotlarni yig„ish va hatto, hududga kiradigan yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarga asoslangan ayrim turdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish bo„yicha keng xizmat turlarini taqdim etadi. AQShda shtatlar bo„yicha TSHlari xaritasi quydagi 8.4-rasmda keltirilgan. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling