Эркин иқтисодий ҳудудлар
eksportida EIHlar ulushi
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- EIHlar ulushi
- AQSh tashqi savdo aylanmasi EIHlar ulushi 58,36 63,03 69,01 53,01 64,59
eksportida
EIHlar ulushi 20,80 23,30 26,18 21,41 25,81 29,98 31,25 31,87 32,71 30,23 29,14 31,07 AQSh importi 1878,2 1986,3 2141,3 1580 1939 2239,9 2303,7 2294,2 2385,5 2273,2 2208 2360,9 AQSh importida EIHlar ulushi 37,56 39,73 42,83 31,6 38,78 44,80 46,07 45,88 47,7 45,46 44,16 47,22 AQSh tashqi savdo aylanmasi 2918,3 3151,5 3450,1 2650,3 3229,3 3738,8 3866,3 3887,9 4021,1 3784,6 3665 3914,3 AQSh tashqi savdo aylanmasi EIHlar ulushi 58,36 63,03 69,01 53,01 64,59 74,78 77,32 77,75 80,41 75,69 73,3 78,29 8.2-jadvaldan ko„rinib turibdiki, AQShda tashqi savdo aylanmasida importning ulushi yuqori bo„lib, umumiy savdo aylanmasi nobarqarorlikni kasb etgan. Bunda AQSh tashqi savdo aylanmasida TSHlarining ulushi o„rtacha 2% atrofida bo„lib, ular tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmi so„nggi yillarda 80 mlrd. AQSh dollari atrofida bo„lmoqda. O„z navbatida, TSHlari eksporti-importida ham importning ulushi yuqori bo„libyu, bu, asosan, xomashyo va materiallarning ichki iqtisodiyot uchun xaridi bilan bog„liq. AQShda tashqi savdo hududlarida har qanday tovarlarni ishlab chiqarish va sotishga ruxsat etilmaydi. Jumladan, mazkur hududlarda ichki soliqqa tortilishi belgilangan tovarlar ishlab chiqarilishi mumkin emas. Xususan, unga alkogol ichimliklar, alkogol ichimliklarni tarkibida saqlovchi mahsulotlar (tabiiylashtirishlar distillangan spirtdan tashqari), masalan, tarkibida alkogol saqlovchi parfyumeriya mahsulotlari, tabaka mahsulotlari, olov keltirib chiqaruvchi qurollar, shakar, devor uchun mexanizmlar va qo„lga taqiladigan soatlar kabilar kiradi. Shuningdek, mazkur hududlarda chakana savdo bilan shug„ullanish qonunan taqiqlanadi. Bundan tashqari, AQShda tadbirkorlik hududlari ham tashkil etilib, ular, odatda, ishsizlik darajasi yuqori bo„lgan yirik shaharlarda tashkil etiladi. Tadbirkorlik hududlari maydoni 2,5-5 km kv. ni tashkil etadi, ayrim hollarda, 13 km kv. Maydongacha joyni egallab, bunda chegara belgilanmaydi, aksincha, unda joylashgan kompaniya maqomi (statusi) bilan ajralib turadi. 247 AQShda tadbirkorlik hududlariga talablar: 1. Tadbirkorlik hududi tashkil etiladigan tumandagi aholining shaxsiy yoki oilaviy daromadi mazkur shahardagi yoki mamlakatdagi o„rtacha daromadning 80% idan kam bo„lishi lozim. 2. Bu tumandagi ishsizlik darajasi mazkur shahar yoki mamlakatdagi o„rtacha ishsizlik darajasidan sezilarli darajada yuqori bo„lmog„i lozim. Bundan tashqari, XX asrning 50 yillaridan AQShda texnoparklarning vujudga kelishi va rivojlanishi kuzatildi. Texnoparklar iqtisodiyot tarmoqlari va shtatlarning ilmiy-texnikaviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu sababli G„arbiy Yevropa bugungi kunda texnoparklarni tashkil etishga qanchalik e‟tiborni kuchaytirmasin, AQSh taraqqiyotidan hamon ortda qolmoqda. Bu esa AQShning texnoparklarni tashkil etishdagi erishgan yutuqlarining yuksakligini hamda ularni tashkil etishdagi qo„yilgan maqsadlarga samarali tarzda erishayotganligidan dalolat beradi. Texnoparklar bugungi innovatsion rivojlanish davrida AQSh iqtisodiy o„sishini ta‟minlashda muhim omil bo„lib xizmat qilmoqda. Bu esa uning IT sohasida hamon dunyodagi yetakchi raqobatchilardan bo„lib kelishiga sabab bo„lmoqda. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling