Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
Ikkinchi bosqich – 1983-1989 yillar. Bu bosqich xorijiy investorlar bilan
shartnomaviy huquqiy asosdagi hamkorlikning takomillashuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va undan foydalanishdagi davlat siyosatining erkinlashtirilishi bilan ajralib turadi. 1986-yilgacha Shenjenda kapital, mehnat, yer, texnologiya, aloqa va transport kabi ishlab chiqarish omillari kompleksi shakllanib bo„lgan edi. 1988-yildan keyin yuqoridagi MIHlar safiga Hainan 5-MIH sifatida qo„shildi. Yuqorida sanab o„tilgan savdo va investitsiya muhitini rivojlantirish maqsadidagi zonalar o„zini oqlagach, Xitoy o„z “Ochiq eshiklar” siyosatini yanada kengaytirdi. 1984-yilda boshqa turdagi MIHlar – iqtisodiy texnologik taraqqiyot hudud (ITTH)lari, boshqacha aytganda milliy sanoat parklari (ayrim manbalardan texnik-iqtisodiy hududlar – TIHlar deb ham nomlanadi), tashkil etila boshlandi. MIHlarning ITTH farqi shundaki, MIH kattaroq hududda, ba‟zan, butun shahar yoki provinsiya (viloyat)da joylashishi mumkin. Birgina 1984-1988 yillarda qirg„oq bo„yi shaharlarida 14 ITTH tashkil etildi. Bu bosqichda bir qator rivojlanishlarga erishildi. Misol uchun maydoni 131 kv. km., aholisi 350 ming kishi bo„lgan “Syamin” EIHini olsak, bu hududga 1981-1989 yillar mobaynida kapital qo„yilmalar hajmi 1,5 mlrd. dollarni tashkil etib, uning 500 mln. dollari xorijiy investitsiyalar hisoblangan edi. Bu davr mobaynida 315 ta sanoat korxonasini qurish ishlari to„g„risida shartnoma tuzildi. 1989-yilda ularning 194 tasi foydalanishga topshirilgan edi. Hudud asosan, sanoat, savdo va turistik funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan. Kapital qo„yilmalarning asosiy qismi (54 %) elektronika, yengil va kimyo sanoatiga, aniq mashinasozlik sanoatiga, qurilish sanoatiga yo„naltirilmoqda. Bu erda faoliyat olib borayotgan qo„shma korxonalar xomashyo va butlovchi qismlarni qaerdan sotib olishni o„zi mustaqil belgilaydi. Shartnomada xorijiy korxonalarning ishtirok shartlari belgilangan bo„lib, u 20 yilgacha bo„lgan muddatga tuziladi. Qo„shma korxona odatda direktorlar kengashi tomonidan boshqariladi. Tezkor masalalarni bosh direktor hal etadi. Qo„shma korxonada xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda Xitoy mutaxassislari ham ishlaydi. Ular ish tajribalari va texnologiyalarni o„zlashtiradi. Qo„shma korxonalarda mutaxassislarni qayta o„qitish va malakasini oshirish markazlari ham tashkil etilgan. Shuningdek, Shenzhen MIHda 1980-1987 yillar mobaynida ishlab chiqarish 90 barobarga ko„payishiga erishildi. 1983-1989 yillar mobaynida yangi turdagi maxsus iqtisodiy hududlar (dengiz bo„yi iqtisodiy ochiq hududlar) tashkil etildi. Ular Yantszi daryosi xavzasi va Futszyan provinsiyasining janubidagi Chjuntszyan (1985-yil) va Lyaodun, Shandun yarim orollarida (1988-yil) va Xaynan orolida joylashgan. Ularning iqtisodiy va 269 huquqiy tartibi 70 yillarda tashkil etilgan EIH tartibidan farq qiladi. Ular ko„proq dengizbo„yi ochiq shaharlariga (DOSh) o„xshab, 1984-yilda tashkil etila boshlangan edi. Tashkil etilgan EIHlar o„zining iqtisodiy rivoji bo„yicha Xitoyning boshqa tumanlaridan o„zib ketmoqda. Xitoy mutaxassislari esa ular o„rtasidagi tafovutning o„sishidan xavfsirashmoqda. Shuning uchun ham mamlakatda vujudga kelgan mutanosiblikni to„g„rilash masalasi vujudga keldi. Bu esa mamlakatda imtiyozli investitsiya tartibi joriy qilingan hududlarni kengaytirishga sabab bo„ldi. Biroq, bunda hukumat xorijiy investitsiyalarni mintaqaviy va soha ustuvorligi asosida amalga oshirdi. Soha ustuvorligi nuqtai nazaridan qaraydigan bo„lsak, ilg„or texnologiyalar asosida eksportga yo„naltirilgan korxonalar ustunlikka ega edi. EIHda oziq-ovqat sanoati, mexmonxona xo„jaligi va boshqa korxonalar rivojlanishi ma‟muriy jixatdan cheklangan. Mintaqaviy nuqtai nazardan qaraydigan bo„lsak, investitsiya siyosati mamlakatning qirg„oq bo„yi va ichki mintaqalarini muvofiqlashtirishga yo„naltirilgan. Bu bosqichda 1984-yilda Xitoyda dengiz bo„yi ochiqshaharlar instituti tashkil etilib, 14 ta dengiz bo„yi shahri shu maqomga ega bo„ldi. Ularda mamlakat aholisining 8 %i yashab, Xitoy YaMMning 20 %i ishlab chiqarilmoqda. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning rivojlanish darajasi va funksiyasiga ko„ra bu shaharlarni to„rt guruhga ajratib o„rganish mumkin. 1. Kompleks sanoat shaharlar (Shanxay, Tyantszin, Gunchjou). Shanxayda Xitoyda mavjud 164 ta sanoat sohasining barchasi, Tyantszinda – 154 tasi, Guanchjouda – 147 tasi mavjud. Bu shaharlar mamlakatning yirik port shaharlari hamdir. Shanxay Yantszi daryosi xavzasida, Tyanszin Sariq dengiz bo„yida (Pekinning “dengiz darvozasi”), Guanchjou esa Janubiy Xitoy dengizi bo„yida joylashgan. 2. Yirik portlar (Dalyan va Tsindao). Ushbu portlar rivojlangan, lekin, sanoat bazasi nomuvofiq joylashgan. Dalyan portida og„ir sanoat, Tsindao portida esa yengil sanoat rivojlangan. 3. O„rtacha kattalikdagi (Yangay, Nantun, Chjanszi) va katta bo„lmagan (Fuchjou, Venchjou, Beyxay) mahalliy xomashyoni qayta ishlashda ko„p mehnat talab qiladigan sanoat portlari. 4. Yirik (Tszyankuandao) va o„rtcha (Lyanyungan) sanoat bazasi rivojlangan, yuk tashish va yuk ortish-tushirishga ixtisoslashgan portlar. XXRdagi 14 ta ochiq port shaharlar o„zini iqtisodiy jihatdan oqladi. Ular mamlakatni ilg„or xorijiy texnika, texnologiya bilan bog„lovchi markazlar bo„lib, jahon iqtisodiyotiga “ko„prik” bo„ldi. 1984-1990 yillarda DOShlarning eksport savdosi 2 marta ko„payib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 1/3 qismi tashqi bozorlarga chiqarilgan edi. Port shaharlarni ochish bilan birga ularning hududida iqtisodiy va texnik taraqqiyot hududlari (ITTH) ham tashkil etildi. Bu DOShdagi subhududlar hisoblanib, ular uchun avtonom boshqaruv organlari va shuningdek, xorijiy kapital uchun imtiyozlar amal qiladigan maxsus hududlar ajratilgan edi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling