Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, xorijiy investitsiya, kooperatsiya, investor, eksport, innovatsiya, imtiyoz, texnologiya, loyiha. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Xitoyda EIHlarnining tashkil etilishi va rivojlanishi bir necha bosqichlarga 272 bo„linadi. Bunda mamlakatda EIHlarni tashkil etish bo„yicha qo„yilgan strategik maqsadlarga erishish, jumladan, ularni har tomonlama rivojlantirish yo„lida bir necha vazifalarni belgilab oldi. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bosiqchlarida mamlakatda ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishi uchun qulay sharoitlarni barpo etishga yo„naltirilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, 200 dan ortiq qonun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi. 2. Xitoyda EIHni tashkil etish evolyutsiyasini uch bosqichga bo„lish mumkin: o„sish polyusi bosqichi (1978-1982 yillar) (davlat boshqaruvi yetakchilik qildi, huquqiy asos yaratildi); bir maromda rivojlanish bosqichi (1983-1989 yillar) (tashqi investitsiyalar ko„plab kiritildi); klasterkash bosqichi (1990-yildan hozirga qadar) (texnologiyalar innovatsiyasi qo„llanildi). 3. Bugungi kunda Xitoyda 6 ta yirik EIHlar tashkil etilgan bo„lib, bundan tashqari, yana boshqa turdagi EIHlar ham faoliyat ko„rsatadi. Xitoyda 1 dollar chet el investitsiyasini jalb etish uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror suv va energiya ta‟minoti, shinam turur-joy uchun sarflash zarur bo„lgan. Nazorat uchun savollar: 1. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish necha bosqichdan iborat bo„lgan? 2. Xitoyda EIHlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishi uchun qancha onun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilingan? 3. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bosqichlari mazmunini bilasizmi? 4. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 1-bosqichi nimalar amalga oshirilgan? 5. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 2-bosqichi nimalar amalga oshirilgan? 6. Xitoyda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishning 3-bosqichida nimalarga erishilgan? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling