Эркин иқтисодий ҳудудлар


-rasm. To„g„ridan-o„g„ri xorijiy investitsiyalarning 2016-yildagi hududlar


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

9.3-rasm. To„g„ridan-o„g„ri xorijiy investitsiyalarning 2016-yildagi hududlar 
bo„yicha ichki va tashqi investitsiyalari
87
. 
9.3-rasm ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, Xitoyning 2016-yildagi ichki 
investitsiyalash hajmi 1354 mlrd. AQSh dolarini tashkil etgan va bu vaqtda tashqi 
investitsiyalash hajmi 1281 mlrd. AQSh dollariga teng bo„lgan. Bu esa Xitoyning 
ichki investitsiyalash salohiyati yil sayin ortib borayotganligidan dalolat beradi. 
Ularning umumiy miqdori esa 2635 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.Bu holatni 
2018-yilning 1-yarim yilligi bilan taqqosaganda esa yanada katta farqni ko„rish 
mumkin. Ya‟ni 2018-yil 6 oylik yakunga ko„ra, Xitoyda asosiy kapitalga umumiy 
investitsiyalash (ichki va tashqi manbalar hisobidan) hajmi 4,4 tlrn. AQSh dollari 
(29,7 trln. yuan)ni tashkil etgan. Bunda xususiy sektorning ulushi o„tgan yilga 
nisbatan 8,4 %ga yuqori bo„lgan
88

Xitoy davlatining faol investitsiya siyosatini olib borishi va xorijiy va ichki 
investitsiyalarni 
o„zlashtirishdagi samarali islohotlar mamlakatda ishsizlik 
darajasining pasayib borishiga sabab bo„lmoqda. Bunda 2017-yilda hukumat ishsizlik 
darajasini 4,5 %ga taxmin qilgan bo„lsa, amalda u 3,9 %ni tashkil etdi. Bu 
ko„rsatkich 2018-yilda 3,8 %ni tashkil etdi. Bu holat Xitoyda 2017-yilda 13,5 mln. va 
2018-yilda 11 mln. kishini ish bilan ta‟minlashning natijasidir
89

5 yillik davrda (2012-2017 yy.) Xitoyda jalb etilgan jami xorijiy investitsiyalar 
hajmida sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlari ulushi 14,5 %ga o„sdi. Diqqatga 
sazovor tomoni shundaki, xorijiy kapitl ishtirokidagi korxonalari hissasining 
kichikligiga qaramay (mamlakatdagi jami xo„jalik subyektlari sonining 3 %idan 
oshmaydi), ularning mamlakat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi qariyb 50 %ni 
tashkil etadi, sanoat korxonalarini hisobga olgan holdagi foydasi (yillik 20 mln. 
yuandan yuqori hajmdagi tushumlarni hisobga olgan holda) – 25% atrofidagi, soliq 
to„lovlari summasida esa – qariyb 20% ulushni tashkil etadi
90

87
Source: World Investment Report 2017, United Nations, 2017 
88
Темпы роста ВВП Китая и объем инвестиций обгоняют прогнозы. // https://www.vestifinance.ru/articles/103955 
89
Темпы роста ВВП Китая и объем инвестиций обгоняют прогнозы. // https://www.vestifinance.ru/articles/103955 
90
Годовой обзор состояния экономики и основных направлений внешнеэкономической деятельности 
Китайской Народной Республики в 2017 году. По данным ГТУ КНР. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling