Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Nazorat uchun savollar: 
1. Xitoy iqtisodiyotining o„sish sur‟atlari qanchani tashkil etadi? 
2. Xitoy tashqi savdo aylanmasi hajmi va o„sish sur‟atlariga baho bering. 
3. Xitoy tashqi savdo aylanmasida EIHlarning ulushi qanchani tashkil etmoqda? 
4. Xitoyga TTXIlarni jalb etish dinamikasi va unda investor-davlatlar ulushi 
haqida nimlarni bilasiz? 
5. Xitoy EIHlarining tashqi savdo aylanmasiga baho bering. 
6. Xitoy xorijiy investitsiyalarga nisbatan qanday siyosatni amalga oshirmoqda? 
9.4. Xitoy erkin iqtisodiy hududlaridagi imtiyozlar va ularning xorijiy 
investitsiyalarni jalb etishdagi tutgan o„rni 
Xitoyda EIHlar eksport, ishlab chiqarish, savdo, ilmiy-ishlab chiqarish 
vazifalarini bajaradi. Shu bilan birga, ularning har biri alohida farqlarga ega. Bu 
farqlar soliq va bojxona tartibida o„z aksini topadi. Xitoydagi EIHlarining o„ziga 
xosligi shundaki, zonadagi korxonaning ishlab chiqarishi tashqi bozorga 
yo„naltirilgan hisoblanadi. Mahsulotlarni ichki bozorga sotish EIH boshqaruv 
organining ruxsati bilan amalga oshiriladi va ulardan odatdagi tartibda bojxona 
to„lovlari undiriladi. 
Xitoyda EIHni boshqarish masalalari butunlay viloyat darajasiga tushirilgan. 
EIHlarning mahalliy organlari tashqi iqtisodiy faoliyat va xo„jalik siyosati sohasida 
keng vakolatlarga ega. Misol uchun, Guandun va Funchjen viloyatlarida mahalliy 
organlar EIHlarni boshqarish masalalari haqida alohida qarorlar qabul qilishi 


282 
mumkin. 
Xitoyda EIHlarda investorlar uchun taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari 
va boshqa qulay shart-sharoitlar EIHlarga xorijiy investitsiyalar kirib kelishi asosida 
mamlakatda investitsiya faoliyatining rivojlanishiga erishilmoqda. Bugungi kunga 
kelib, Xitoy davlati mamlakatga, xususan, EIHlarga xorijiy investitsiyalarni jalb 
etishda iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik xavfsizlikni birinchi o„ringa qo„ygan holda, 
shuningdek, 
iqtisodiyotning 
investitsiyalarga 
birmuncha 
to„yinganligi 
va 
jamg„armalari 
hajmi 
birmuncha 
ortishiga 
erishilganligi 
sababli 
xorijiy 
investitsiyalarga taqdim etiladigan imtiyozlarni, jumladan, soliq stavkalarini ma‟lum 
darajada ko„tarishi evaziga qisqartirdi. 
Shunga ko„ra, aytish mumkinki, bugungi kunda EIH rezidentlari uchun talablar 
va imtiyozlar quyidagilardan iborat: 
1. EIHlarga kiritiladigan xorijiy investitsiyalar miqdori kamida 50 mln. AQSh 
doll. bo„lishi kerak, oldin bu ko„rsatkich 30 mln. AQSh doll. bo„lgan. Xorijiy 
rezidentning ustav kapitalidagi ulushi kamida 25 %ni tashkil etishi lozim. 
2. EIH rezidentlari uchun 5 yil davomida alohida soliq imtiyozlari tizimi yo„lga 
qo„yilgan. Birinchi 2 yil davomida ular umuman daromad solig„ini to„lashmaydi va 
keyingi 3 yil davomida soliqning faqatgina 50 %ini to„lashadi, xolos. 2008-yilgacha 
foyda solig„i maxsus zonada joylashmagan korxonalar uchun 33 %, MIH rezidentlari 
uchun esa 15 % etib belgilangan. XXR Davlat kengashining 2007-yil 26-dekabrdagi 
“Korxonalarga daromad solig„i bilan bog„liq imtiyozlar berishning o„tish siyosati 
to„g„risidagi” qaroriga ko„ra foyda solig„i 2008 yilda 18 %, 2009-yilda 20 %, 2010 
yilda 22 %, 2011-yilda 24 % va 2012-yildan 25 %ga ko„tarildi.
3. 2012-yildan boshlab qat‟iy 25 % qilib o„rnatildi. Savdo, qayta ishlash va 
import-eksport faoliyati bilan shug„ullanuvchi EIH rezidentlari uchun QQS 17 % deb 
belgilangan. 
4. Kamida 5 yil muddatda o„z foydasini Xitoyga qayta investitsiyaga aylantirgan 
xorijiy investorlarga reinvestitsiya qilingan ulushga mos ravishda to„langan daromad 
solig„ining 40% qaytarib beriladi. 
5. Past rentabelli yoki iqtisodiy chekka va qoloq tumanlariga o„z kapitalini 
kiritgan tadbirkorlar 11 yildan boshlab, (10 yil imtiyoz davridan keyin) daromad 
solig„ini 15-30 foizi mukofot tarzida chegiriladi. 
6. 5 mln. AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritgan yoki zamonaviy 
texnologiyani taqdim etgan yohud aylanma kapitali sekin aylanadigan korxona foyda 
solig„idan qisman yoki to„liqligigacha ozod qilinishi mumkin. 
7. Quyidagilardan boj olinmaydi: 
- ishlab chiqarish va boshqaruv uchun investitsiya qilingan qurilish 
materiallari, detallar va uskunalardan; 
- xorijiy kapital ishtirokidagi korxona eksportidan; 
- ofis jihozlari va transport vositalaridan. 
8. Bojxona zonalariga bojxona - sanoat solig„i hamda bojxona to„lovlarini 
to„lamasdan, xohlagan mahsulotni kiritish mumkin. Bu tovarlarni ichki bozorda olib 
kiritilayotganda esa soliq va to„lovlar to„liq holda olinadi. 
9. Ammo, EIH hududiga olib kirilayotgan texnologiya va xomashyo uchun QQS 


283 
va boj undirilmaydi. Lekin, aksiz, shaxsiy daromad solig„i va boshqa soliq turlari 
imtiyozlardan holi. Bundan tashqari, EIH rezidentlari uchun soliq bilan bog„liq 
bo„lmagan imtiyozlar ham joriy etilgan, ular yer, suv, elektr energiyasi, gaz, internet, 
bino ijarasi kabi to„lovlardan to„liq yoki qisman ozod etiladi. 
10. Xitoy tajribasidagi yana bir jihat, bu erkin iqtisodiy zonalardagi mahalliy 
hukumatlarning qo„shma korxonalar uchun mahalliy budjetga aloqador bo„lgan 
soliqlar bo„yicha qo„shimcha imtiyozlar beriladi. Masalan, subsidiyalar past narxlar 
tizimi orqali kommunal xizmati uchun, uchastkalardan va ishlab chiqarish 
xonalaridan foydalanish uchun ijara to„lovini arzonlashtirishga, shuningdek, budjet 
dotatsiyalari va davlat kreditlari beriladi. Ma‟muriy imtiyozlar investorlarni 
infratuzilma vositalarini ta‟minlashga, qayd qilish va bojxona muolajalarini 
soddalashtirishga tegishli, shuningdek, biznesga ko„maklashayotgan turli xil 
xizmatlarni ko„rsatishga tegishlidir. 
Dengizbo„yi ochiq shaharlar (DOSh) EIHlarga qaraganda boshqacha funksiyani 
bajarib, ular bevosita mamlakatning ichki mintaqalarini rivojlanishiga ta‟sir 
ko„rsatadi. Biroq, ularning ilg„or texnologiyalar asosida ish yuritayotgan korxonalari 
shu tumanlarning bozorlarini mahsulot bilan to„ldiradi. Shu sababli davlat DOShlarni 
rivojlanishida tanlanma (selektiv) siyosatni amalga oshirib kelmoqda. Birinchi 
navbatda, mablag„lar qulay investitsiya muhitidagi DOShlarga yo„naltirilmoqda. 
Boshqa hududlar esa davlat yordamini olish uchun ichki resurslarni ishga solgan 
holda xorijiy investitsiyalar uchun qulay muxit yaratishi kerak bo„ladi. Bunda 
“ko„rinmas” muhitga (boshqaruv tizimini mukammallligi, qonunchilik tizimi, viza 
tartibi va boshqalarga) e‟tibor berish kerak. Bunday vositalar katta qo„yilmalar talab 
etmasa-da, yaxshi samara beradi. DOShlar uchun mamlakatda quyidagi iqtisodiy 
imtiyozlar yaratilgan: 
- foydadan olinadigan soliq miqdori kamaytirilgan; 
- 20 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy kapital qo„yilgan obyektlar, ko„p 
mehnat talab qiladigan va texnik ilm talab etiladigan ishlab chiqarish uchun foyda 
solig„i 15, 5 %ni tashkil etadi; 
- 70 % mahsulot eksportga ketadigan va ilg„or texnologiyali korxonalar uchun 
10-12 %; 
- xorijiy ishbilarmonlar dividendi va % daromadiga 10 % soliq solinadi. 
DOShlarda quyidagi bojxona to„lovlari olinmaydi: 
- ishlab chiqarish va boshqaruv uchun investitsiya qilingan qurilish materiallari 
va uskunalardan; 
- xorijiy kapital ishtirokidagi korxonaning eksportidan; 
- ofis jihozlari va transport vositalaridan (DOShlardagi xorijiy korxona va 
tashkilotlarda foydalanish uchun). 
Bundan tashqari, DOShlarning hukumat rahbariyati mustaqil ravishda qo„shma 
korxona loyihalarini tasdiqlash, yer va inshootlar uchun ijara xaqi institutlari va foyda 
solig„ini cheklash kabi xorijiy kapitalning kirib kelishini tartibga solib turuvchi 
qonunlarni ham chiqarishi mumkin. Shanxay va Tyantszin 30 mln. dollargacha 
bo„lgan qiymatdagi, Dalyan va Gunchjou 10 mln. dollargacha bo„lgan qiymatdagi, 
Tsinxuandao, Tsindao, Fuchjou va boshqa DOShlar esa 5 mln. dollargacha bo„lgan 


284 
qiymatdagi qo„shma korxona loyihalarini mustaqil tasdiqlashi mumkin. 
Xitoyda EIHlarda taqdim etilgan imtiyoz va qulayliklar ularga dunyoning 100 
dan ortiq davlatlaridan investitsiyalar jalb etish imkonini yaratdi. Xitoyga 1979-2014 
yillarda jami 2,5 trln. dollardann ortiq xorijiy investitsiyalar jalb etilgan bo„lsa, 
shundan 75-80 foizi Xitoy EIHlariga jalb etilgan. Xorijiy investitsiyalar, asosan, 
maxsus tashkil etilgan kompleks iqtisodiy hududlar orqali kirib keladi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling