Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Xitoyda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati va rivoji bilan bog„liq


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

9.5. Xitoyda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati va rivoji bilan bog„liq 
muammolar 
Bugungi kunda Xitoyda 6 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyat olib borib, ulardan 
4 tasi mamlakatning Janubi-Sharqiy qirg„oqlarida joylashgandir:
- Shantou EIH Shantou erkin iqtisodiy zonasi Guandun shahrining Shantou 
shahrida joylashgan. U ikki qismdan iborat: Birinchi qism Shantou shaxrining sharqiy 
qismini o„z ichiga olib 22,6 km

maydonni egallaydi va ikkinchi qism Shantouning 
janubiy qismida joylashgan Guanjou yarim oroli bo„lib, 30 km

maydonni egallaydi. 
Unda neft-kimyo, port infratuzilmasi, kiyim-kechak, oyoq-kiyim, elektronika 
mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi 3000 dan ortiq 
loyihalar amalga oshiriladi. Iqtisodiy hududiga jalb qilinayotgan investitsiyalarning 
95 %i Gonkong, Tayvan va Singapurga tegishlidir.
- Shenjen EIH Xitoydagi eng yirik iqtisodiy hudud hisoblanadi va u Guandun 
provinsiyaning janubida joylashgandir. Hudud 327,5 km
2
maydonni egallaydi. Unda 
umumiy hajmi 22,4 mlrd. AQSH doll.hajmidagi 17,5 mingta korxona faoliyat 
ko„rsatmoqda va ularning 85% i Gonkong kapitaliga asoslangandir. Ulardagi 
sarmoya kiritilgan asosiy sohalar yadro energetikasi, elektronika, mashinasozlik, 
xizmat ko„rsatish, moliya, yuqori texnologiyalar sohasi hisoblanadi.
- Chjuxay EIH ham Guandun provinsiyasining janubida joylashgan. U G„arb 
tomonidan Marvarid daryosi bilan, Janubda Makao (Aomen) bilan chegaradosh. EIH 
15,16 km
2
maydonni egallaydi. Unda xorijiy kapital ishtirokidagi 4980 tadan ortiq 
korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorijiy investitsiyalar xizmat ko„rsatish, og„ir sanoat, 
elektronika, port va yo„l qurilishi sohalariga jalb qilinib, ularning 80 %i Gonkong, 
Makao, Tayvan va Singapur hissasiga to„g„ri keladi.
- Syamen EIHda Futszyan provinsiyasining Syamen shahrida joylashgan. U o„z 
ichiga Syamen orolini va Gulan orolchasini oladi, umumiy maydoni 131 km

ni 
tashkil etadi. Unga 15 mlrd. AQSh doll.hajmida xorijiy sarmoya asosan, Tayvandan 
elektronika, tekstil, oziq-ovqat va kimyo sanoatlariga (80%) kiritilib, unda 4150ta 
korxona faoliyat ko„rsatmoqda. 
- Xaynan EIH alohida orol hududi bo„lib, uning maydoni 34 
ming kv.km.dan iboratdir. Unda 7320 tadan ortiq korxonalar faoliyat olib borib, 
horijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 22,3 mlrd. AQSh doll.ni tashkil etadi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling