Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
9.9-jadval.
Xitoy EIHlarining yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishida turli tarmoqlar ulushi va miqdori 95 MIHlar Jami Mlrd. yuan Ulushi, % qishloq xo„jaligi sanoat va qurilish xizmatlar sohasi qishloq xo„jalig i sanoat va qurilish xizmatla r sohasi Shenjen 2243,8 1,8 926,7 1315,3 0,1 41,3 58,6 Syamen 378,4* - - - - - - Chjuxay 256,5 4,5 128,9 123,1 1,8 50,2 48,0 Shantou 235,0 10,8 118,1 106,1 4,6 50,2 45,2 Xaynan 404,5 97,1 90,2 217,2 24,0 22,3 53,7 Bu erda: * – 2016 yil ma‟lumoti. 94 http://newinspire.ru/lektsii-po-mirovoy-ekonomike/osobie-svobodnie- ekonomicheskie-zoni-v-kitae-1688. 95 中国经济特区发展报告 – 2017 = Доклад о развитии специальных экономических зон Китая – 2016. Пекин: 社会科学文献出版社, 2018. – R. 152. 287 9.9-jadvaldan ko„rinib turganidek, 2017-yilda 5 ta MIH tomonidan yaratilgan yalpi ichki mahsuloti hajmi bo„yicha Shenjen MIH eng asosiy ulushni egallaydi. Undagi yaratilgan yalpi hududiy mahsulotlarning esa 58,6 %i xizmatlar sohasiga to„g„ri keladi. Keyingi ulushni (41,3 %) sanoat va qurilish sohani tashkil etadi. Qolagn qismi qishloq xo„jaligi (0,1 %) hissasiga tegishlidir. Bu tarmoqlar boshqa MIHlarda boshqa nisbatdagi ulushlarni tashkil etgan. Umuman olganda, Xitoyda EIHlar rivojida tarmoqlar, ayniqsa xizmatlar sohasining ulushi ortib bormoqda. Bu esa EIHlar iqtisodiy yuksalishida muhim omilga aylanmoqda. Tadqiqotlarga ko„ra, Xitoy iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlar o„rnining yildan-yilga oshib borishi quyidagilar bilan izohlanadi: - EIHlarda faoliyat yurituvchi xorijiy investorlar uchun bojxona to„lovlari va soliqlar bo„yicha imtiyozlarning berilganligi; - EIHlarda yuqori xorijiy texnologiya asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali, yaratilgan mahsulotlarni keng ko„lamli eksport qilishning samarali mexanizmi tashkil etilganligi; - oddiy va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonlari o„zaro uyg„unlikda rivojlanishi ta‟minlanganligi; - EIHlarda iqtisodiy rivojlanishga erishishda ilmiy-texnik jarayonlardagi moddiy resurslar iste‟molini oshirish va boshqaruvdagi innovatsiyalarni oshirishga qaratilgan har tomonlama mustaqil innovatsiyalarga keng imkoniyatlar berilganligi. Jahon iqtisodiyotida yetakchi o„ringa ega bo„lgan Xitoyda ham EIHlar faoliyatida o„ziga xos kamchiliklar yo„q emas. Bunday kamchiliklar tarkibiga erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etilishining asosiy maqsadi hisoblangan, sanoat ishlab chiqarish korxonalarini mamlakatning rivojlangan hududlaridan rivojlanish darajasi past hududlarga o„tkazilishi, ishchilarni ish bilan ta‟minlash, mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro andozalarga to„la rioya etishni ta‟minlash muammolari to„liqligicha hal etilmaganligi hisoblanadi. Shu boisdan, EIHlarni tashkil etishda shoshilmasdan puxta o„ylangan chor-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Chunki, uzoq muddatli dasturlarning qanday unum bilan ishlashini oldindan bashorat qilish qiyin. Shu bilan birga Xitoyda EIHlar faoliyat yuritishining o„ziga xos muammolari ham mavjud bo„lib, ularning asosiylari quyidagilar: - EIHlarga qo„yilgan qo„yilmalarning katta qismi (80% i), Gonkongdagi xitoyliklar tomonidan amalga oshirilgan. Yirik zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalarning investitsiyalari, asosan, mamlakatning boshqa tuman-lariga yo„naltirilgan; - joriy etilayotgan chet ellik texnologiyalarning past darajasi, xitoylik ishchi kuchining past malakasi va mutaxassislar etishmovchiligi; - er ijarasi va ishchi kuchi xarajatlarining oshib borishi, bu chet ellik kapitalni jalb qilish sur‟atlariga o„z ta‟sirini ko„rsatadi (EIHlarda ishchi kuchii xarajatlarining birmuncha yuqoriligi, hududning mamlakatning rivojlanmagan mintaqasida tashkil etilganligi va shu kabilar hisobiga bir necha barobar qimmatroqga tushadi); - qo„shma korxona barpo etish va faoliyat yuritishidagi byurokratik to„siqlar; - xomashyo va energiya tanqisligi; 288 - EIHlar bo„yicha yagona qonunchilikning yo„qligi. Shunga qaramasdan EIHlar o„zi joylashgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta hissa qo„shdi. Aynan EIHlar tufayli Xitoy jahon bozoriga chiqishi mumkin bo„ldi. Umuman olganda, XXR hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotida integratsiyalashuvni faqatgina bir hududga yo„naltirib qolmasdan, balki, investitsiyalarni butun bir mamlakat hududiga bir maromda joylashtirib, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish lozim deb ko„rsatishmoqda. Bu sohada qo„shma korxonalarni tashkil etish to„g„risidagi qonun-qoidalarni takomillashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar 80 yillarga qadar qo„shma korxonalar tuzish uchun XXRning Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan ruxsat olingan bo„lsa, 90 yillarga kelib bunday huquq mahalliy hukumat organlariga berilgan edi. Bugungi kunga kelib chet ellik va xitoylik investorlarning imtiyozlari deyarli tenglashtirilganligi bois chet ellik investorlarning imtiyozlari faqatgina yuqori texnologiyali, fundamental infratuzilma sohalarni rivojlantirish tarmoqlarida saqlab qolindi, xolos. Imtiyozlarning olib tashlanishi, albatta, xorijiy investorlarning foyda me‟yorini ancha cheklab qo„ygan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda xorijiy investorlar, asosan, Xitoyning imtiyozlar saqlanib qolingan EIHlariga ko„plab kirib kelmoqda. Bu esa yuqoridagi paragrafda keltirilganidek, chet el investitsiyalarining EIHlarga kirib kelishi nisbatan yuqoriligini ta‟minlamoqda. Shunday qilib, Xitoy tajribasini o„rganish va uning ijobiy tomonlarini respublikamizda tashkil etilayotgan EIHlar faoliyatida qo„llash muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoy tajribasidan xulosa qiladigan bo„lsak, EIHlarni yaratishda va rivojlantirishda ular qo„yidagilarga asosiy e‟tibor qaratganlar: 1. Puxta o„ylangan huquqiy-me‟yoriy baza yaratilganligi; 2. Iqtisodiy, moliyaviy va boshqa imtiyozlarning turi va darajasi mahalliy sharoit, qo„yilgan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda puxta ravishda tabaqalashtirilgan. 3. Hududlarda moslashuvchan investitsiya siyosati amalga oshirilganligi. 4 Ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot bazasi va savdo-sotiq tizimini qayta ishlash sanoatini kompleks rivojlantirishga qaratilganligi. 5. Katta miqdorda nisbatan arzon bo„lgan ishchi kuchining mavjudligi. 6. Eksport uchun real va shaffof ishlash imkoniyatining yaratilishi. 7. Xitoy sug„urta kompaniyalari xorijiy investorlarni sug„urtalashni o„z bo„yniga olganligi. 8. EIHlar rivojlanishini davlat tomonidan keng tarzda qo„llab-quvvatlash ammalga oshirilganida, deb bilamiz. Bu tajribani O„zbekistonda ishlab chiqish va EIHlarni yaratishda o„rganish lozim. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling