Эркин иқтисодий ҳудудлар
Oltoy erkin ekologik hududining tashkil etilishi, uning salohiyati va
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
10.3. Oltoy erkin ekologik hududining tashkil etilishi, uning salohiyati va
huquqiy, iqtisodiy munosabatlari 1997-yil dekabr oyidan boshlab Oltoy erkin ekologik hududi garchi faoliyat ko„rsata boshlagan bo„lsa-da, aslida ushbu EIHni tashkil topishida 1991-yil 25-mayda chiqargan sobiq Rossiya hukumatining “Oltoy o„lkasi – erkin iqtisodiy hududining xo„jalik va huquqiy mavqei to„g„risida”gi qarori muhim rol o„ynagan edi. Oltoy o„lkasi G„arbiy Sibirning Janubiy-Sharqida joylashgan bo„lib, Novosibirsk va Kemerovo viloyatlari bilan, Qozog„iston va Oltoy Respublikasi bilan chegaralanib turadi. Ekologik hududning umumiy er maydoni 168 ming km 2 ni tashkil etib, o„lkada 12 ta shahar, 14 ta shahar tipidagi poselka, 7 ta qishloq tumanlari, shu jumladan, nemis milliy tumani ham faoliyat ko„rsatadi. Oltoy o„lkasining markazi Barnaul shahri bo„lib, o„lkada 110 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Jumladan, aholining 91 %ni ruslar, 4 %ni nemislar, 3 %ni ukrainlar, 0,4 %ni beloruslar va qozoqlar, 0,3 %ni mordvaliklar, tatarlar va chuvashlar, 0,1 %ni esa oltoyliklar tashkil etadi. O„lkaning Sharqiy tomonlari tog„li hududlar bilan, G„arbiy tomonlari esa cho„l landshaft zonalari bilan o„ralgan. O„lkada qishloq xo„jaligini rivojlantirish uchun qulay issiq iqlim bo„lib, asosan, sabzavot va bog„dorchilik mahsulotlari yetishtiriladi. O„lka territoriyasidan oqib o„tuvchi Biya va Katun daryolari qo„shilib, Sibirning yirik Ob daryosini tashkil etadi. O„lkada 13 mingdan ortiq ko„llar bo„lib (9 mingga yaqini chuchuk suvli ko„llar hisoblanadi), ularning eng kattasi Kulundin ko„li (maydoni 728 km 2 ) hisoblanadi. Oltoy tog„ tizmasida esa tabiatdan juda chiroyli Aya nomli ko„l ham joylashgan. Oltoy o„lkasining ko„pchilik joylari qalin o„rmonlardan iborat bo„lib, bir necha yuz ming kilometrlab maydonlar o„ziga xos o„simlik dunyosi bilan qoplangan. O„lka o„simlik va hayvonot dunyosiga juda boy bo„lib, unda 300 ga yaqin turdagi oziqlanuvchi hayvonlar, 300 dan ortiq turdagi qushlar va sudralib yuruvchilar yashaydi. Suv havzalari esa baliqlarga boy. XVII asrda Oltoy o„lkasi birinchi marta ruslar tomonidan kashf etilgan bo„lib, polimetall ruda konlarining ochilishi bilan o„lkada sanoat rivojlana boshladi. Oltoy o„lkasida (ma‟nosi “Oltin tog„lar”) sanoatni rivojlanishida taniqli rus sanoatchisi A.N.Demidovning hissasi katta bo„lib, u birinchi bo„lib, qazib olingan yer osti boyliklarini o„lkaning o„zida qayta ishlashga erishgan edi. Bu davrda Kalivano- Voskresensk (1729 y.), Barnaul (1740 y.) kabi zavodlar qurilib ishga tushirildi. Zavodlarda asosan, oltin, kumush va mis rudalari qayta ishlanganligi sababli ham, Oltoy o„lkasi qadimgi Rusiyada yuqori rentabelli mintaqalardan biri hisoblangan. Barnaul zavodi qurilgan posyolka o„rnida keyinchalik Barnaul shahri bunyod etildi. O„lkada fan va texnika, madaniyat rivojlana boshladi. Jahonga mashhur bug„ 301 mashinasining va gidroqurilmaning yaratilishi ham shu o„lkada yashab o„tgan Kozma Frolov va I.I.Polzunovlarning nomi bilan bog„liqdir. Hozirgi kunda Oltoy o„lkasida 500 dan ortiq sanoat korxonalar faoliyat ko„rsatib turibdi. Sanoatning rivojlangan tarmoqlari bo„lib mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoat korxonalari, kimyo va neftni qayta ishlash sanoati, to„qimachilik va yengil sanoat tarmoqlar, hamda qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati korxonalari hisoblanadi. O„lkada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarning 30-35 % mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoat tarmoqlariga to„g„ri kelib, bular haydov va trevalli traktorlar, kombayn va traktor dvigatellari, stanoklar, bug„ qozonlari, burg„ulash mashinalari va yuk tashish uchun mo„ljallangan magistral vagonlar, dizelli generatorlar, preslovchi mashina va stanoklar, avtomobil va traktorlarning generatorlari, haydov moslamalari va qishloq xo„jaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlardan iboratdir. Oltoy o„lkasida yoqilg„i-energetika sanoat majmuasining rivojlanishi xo„jalik yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. O„lkada yiliga 12,4 mln. kVt soat elektr energiyasi iste‟mol qilinib, uning 50 % o„lkaning o„zida ishlab chiqariladi. O„lkada 8 ta yirik issiqlik elektrostantsiyasining markazlari bo„lib, uning 4 tasi RF energetika vazirligi tarkibiga kirsa, 4 tasi esa o„lkaga tegishli blokstantsiyadir. O„lkada elektr uzatuvchi liniyalarning umumiy uzunligi 75 ming kilometrni tashkil qilsa, kabel qurilmalarning uzunligi 130 km ni issiqlik trassalarining uzunligi esa 172 km ni tashkil etadi. Issiqlik elektrostansiyalarning (Zarin issiqlik elektroenergiyasi markazidan tashqari) asosiy qismi toshko„mir va mazut bilan ishlaydi. 1995-yilda o„lkaga tabiiy gazning kirib kelishi munosabati bilan issiqlik elektrostansiyaning bir qismi gaz bilan ishlay boshlangan edi. Oltoy o„lkasi yer osti qazilma boyliklarga boy bo„lgan iqtisodiy tumandir. O„lkada polimetallar (zahirasi 50 mln. tonna), osh tuzi, toshko„mir, soda va mirabilit konlarining katta zahirasi mavjud. Bundan tashqari temir rudasi, qimmatbaho nodir metallarning zahiralarini borligi o„lka makroiqtisodiyotini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda Oltoy o„lkasi noyob qazilma boyliklarga, ya‟ni marmar, granit, mineral tuzlarga va ichimlik suvlarga boy bo„lib, davolash balchiqlari bilan ham butun dunyoga mashhurdir. Oltoy o„lkasida kimyo va neft kimyosi sanoat tarmoqlari ham rivojlangan soha bo„lib, o„lkada sintetik tola va iplar, sintetik materiallar, samolet va avtomobillar uchun shinalar, rezina va asbesttexnika mahsulotlari, texnik uglerod kislotasi va boshqa kimyoviy mahsulotlar (erituvchi suyuqlik, bo„yoqlar va hokazolar) ishlab chiqariladi. Maishiy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hissasiga umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 12 % to„g„ri keladi. Sanoat ishlab chiqarish strukturasida qora metallarning yalpi salmog„i 95 %ni tashkil etadi. 1984-yilda Oltoy koksokimyo zavodining qurilishi (hozirgi “Oltoykoks” hissadorlik jamiyati) MDH davlatlarining metallurgiya kombinatlarini rivojlanishida muhim rol o„ynamoqda. O„lkada yengil va to„qimachilik sanoat korxonalari, shuningdek, qishloq xo„jaligi ham rivojlangan sohadir. Oltoy o„lkasining madaniyati ham ko„p asrlik tarixga ega. O„lkada toshtaroshlik san‟ati, rassomchilik madaniyati, fan-texnika, sayyohlik va turizm sohalari ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. 302 Oltoy o„lkasi tabiiy resurslarga boy hudud bo„lib, EIHni tashkil etish borasida o„lka ma‟muriyati investitsiyalarni, asosan, quyidagi yo„nalishlar bo„yicha taqsimlab kelmoqda: - qishloq xo„jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashga; - xalq iste‟moli mahsulotlarini ishlab chiqarishga; - qurilish va konstruksiyaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishga; -mudofaa kompleksi korxonalarini ta‟mirlab, mashinasozlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga; - o„rmon xo„jaligi va yog„och materiallarni qayta ishlashga; - temir rudalarni, ko„mir va qimmatbaho toshlarni, marmar va oltin rudali toshlarni qayta ishlash sanoat korxonalariga; - kimyo va neft-kimyo sanoat kompleksiga qarashli korxonalarni qayta ta‟mirlab, shisha va shishadan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga; - to„qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishga; - turizm sohasini va shuningdek, sanatoriya va kurort tumanlarni rivojlantirishga va hokazolarga. Oltoy erkin-ekologik hududni tashkil etilishida va tabiiy yer osti va yer usti resurslarga boyligi, turizm, sanatoriya va kurort industriyasining rivojlanganligi, chuqur iqtisodiy islohotlarni o„tkazilishi, chet el kapitali uchun huquqiy kafolatlarning mavjudligi va shuningdek, soliq imtiyozlarga egaligi kabi bir qator obyektiv va subyektiv omillar muhim rol o„ynamoqda. Oltoy erkin-ekologik hududining tashkil etilishida Rossiya Federatsiyasi bilan Oltoy o„lkasining hukumat boshliqlari tomonidan imzolangan “Rossiya Federatsiyasi hukumat organlari tomonidan Oltoy o„lkasining hukumat organlariga berilgan huquq va kafolatlarini cheklash to„g„risidagi” shartnoma va shuningdek, Rossiya Konstitutsiyasining 72-moddasiga asosan, “boshqarishdagi qo„shma hamkorlik” to„g„risidagi qoidalar muhim ahamiyat kasb etgan edi. 1996-yilda Oltoy o„lkasining ma‟muriyati sobiq RSFSR Oliy Sovetining “Oltoy o„lkasi EIHning xo„jalik huquqiy maqomi to„g„risida”gi (1991 y.) farmoyishi va sobiq RSFSR Ministrlar Sovetining “Oltoy o„lkasi erkin iqtisodiy hududini rivojlantirishni kechiktirib bo„lmaydigan vazifalari to„g„risida”gi qarori (1991 y.), shuningdek, Rossiya hukumatining 1996-yil 21-oktabrdagi 1256-sonli “Oltoy o„lkasi iqtisodiyotidagi turg„unlikni bartaraf etishni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash to„g„risida”gi hujjatlari asosida “Oltoy erkin iqtisodiy hududi to„g„risida” qonunni qabul qildi. Oltoy EIHni tashkil etishning asosiy maqsadi – bu Oltoy o„lkasi iqtisodiyotini rivojlantirish, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, o„lkada mavjud bo„lgan rekreatsion potensialdan unumli foydalanish, chet el investitsiyasini keng jalb etish va takomillashtirish, o„lkani ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirish, aholi migratsiyasini oldini olish, aholi turmush darajasini ko„tarish va yangi ish joylarni tashkil etishdan iborat edi. Oltoy erkin-ekologik hududning tartiboti bo„yicha huquqiy asoslari bo„lib quyidagilar hisoblanadi.:birinchidan, Oltoy EIHning zonasida Rossiya Federatsiyasi va Oltoy o„lkasining qonunlari amal qilishi; ikkinchidan EIHning lokal, bojxona va 303 boshqa ko„rinishlari bo„yicha amal qilish tartiblari o„lkaning qonun qabul qiluvchi tashkilotlari tomonidan o„lka ma‟muriyatining taklifiga asosan, belgilab berilishi; uchinchidan hukumatning va Oltoy o„lkasining mahalliy boshqaruv organlari EIHda “Oltoy erkin iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonunda ko„rsatilgan me‟yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida faoliyat ko„rsatishi; to„rtinchidan Oltoy EIHni rivojlantirish bo„yicha ko„rilgan chora-tadbirlar o„lka ma‟muriyati tomonidan amalga oshirilishi; beshinchidan Oltoy EIHda federal qonunlarga zid keluvchi hatti-harakatlarga yo„l qo„ymaslik; oltinchidan er va tabiiy boyliklarga egalik qilish huquqi Rossiya Federatsiyasi qonunlariga asosan, va shuningdek, o„lkadagi o„zgarishlar asosida tartibga solib turilishi; yettinchidan ekologiyani zararsizlantirish va tadbirkorlikni qonunda man etilgan turlari bilan shug„ullangan huquqiy va jismoniy shaxslar Rossiya Federatsiyasi va Oltoy o„lkasining qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi va boshqalar hisoblanadi. Oltoy EIHning faoliyat yuritish mexanizmi esa quyidagi qonun-qoidalar asosida belgilab berilgan: birinchidan Oltoy EIHni boshqarish Davlat tashkiloti hisoblanmish o„lka ma‟muriyati tomonidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy hududning o„zida esa xo„jalik boshqaruvi uchun hissadorlik jamiyatlari ko„rinishida hududiy ma‟muriyat tashkil etilib, unga aksiyalar paketining 51 %ni ushlab turish huquqi berilgan; ikkinchidan, Oltoy EIHning ma‟muriyati aksionerlar yig„ilishida o„lka ma‟muriyatining taklifiga ko„ra 4 yil muddatga saylangan bosh direktor tomonidan boshqarilishi va boshqalar. Bundan tashqari, Oltoy EIHning ma‟muriyati o„z faoliyati doirasida: - birinchidan, Oltoy EIHni rivojlantirish dasturini ishlab chiqib uni amalga oshiradi; - ikkinchidan, chet el va mahalliy investorlarning takliflarini ekspertizadan o„tkazadi; - uchinchidan, Oltoy EIHning faoliyatini tartibga solib turuvchi me‟yoriy- huquqiy hujjatlar majmuasini ishlab chiqadi; - to„rtinchidan, Oltoy EIHning faoliyat yuritishini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida o„lkaning qonun chiqaruvchi tashkilotlariga iqtisodiyotning ustuvor yo„nalishlarini rivojlantirish bo„yicha takliflar majmuasi (shuningdek, soliq va bojxona to„lovlari bo„yicha ham) taqdim etadi; - beshinchidan, Oltoy EIHni rivojlantirish uchun qimmatbaho qog„ozlar emissiyasini muomalaga chiqarish, kredit olish va chet el investitsiyasini jalb qilish bilan shug„ullanadi; - oltinchidan, xo„jalik subyektlarini EIHning ishtirokchisi sifatida ro„yxatga olib, ular bilan xo„jalik shartnomalarini imzolaydi; - yettinchidan, EIHda xo„jalik subyektlarining moliyaviy resurslarini yangi korxonalar va yangi ish joylarni tashkil etish uchun yo„naltirilishi ustidan nazoratni olib boradi; - sakkizinchidan, kichik biznes va o„rta tadbirkorlikni tashkil etib, uni rivojlantirish bilan shug„ullanadi; - to„qqizinchidan, hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishga e‟tiborni qaratadi; 304 - o„ninchidan, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga e‟tiborni qaratadi; o„n birinchidan, Oltoy EIH uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradi; - o„n ikkinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; o„n uchinchidan, turli xil mavzularda maslahatlar berishni tashkil etadi o„n to„rtinchidan EIHning federal tashkilotlari bilan bo„ladigan o„zaro munosabatlarda ishtirok etib, muammolarni birgalikda hal etish kabi bir qator funksiyalarni bajarish huquqiga ega hisoblanadi. Oltoy erkin-ekologik hududini tashkil etishda turli xildagi mulk va tashkiliy huquqqa ega bo„lgan yuridik tashkilotlar va korxonalar ishtirok etib kelmoqda. Ushbu hududning ishtirokchilari uchun barcha qulayliklarga ega bo„lgan soliq imtiyozlari va huquqiy asoslar ham yaratib berilgan bo„lib, ular quyidagilardan iborat: - Oltoy EIHning ishtirokchilari uchun qonunda belgilangan barcha turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanish huquqi berilgan; - Oltoy EIHning ishtirokchilari o„z faoliyatini amalga oshirishi davrida quyidagi shart-sharoitlarga e‟tibor qaratmog„i lozim: - o„lkada istiqomat qilayotgan aholining sog„ligi va turmush tarzi uchun barcha shart-sharoitlarning yaratib berilishi; - o„lkaning tabiiy, tarixiy va madaniy merosini asrab avaylashi; - Oltoy EIHni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy manfaatdorlik asosida rivojlantirishi; - o„lkada ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga ega bo„lgan ishlab chiqarish korxonalarining qurilishini to„lig„icha ekspertizadan o„tkazish va boshqalar. Oltoy EIHda ro„yxatga olingan xo„jalik subyektlari o„z hohishlari bilan moliyaviy resurslarini birlashtirish maqsadida ittifoqlar, assotsiatsiyalar va korporatsiyalarga birlashishlari ham mumkin. Bunday birlashuvlar faqat monopoliyaga qarshi siyosatga zid kelmasligi lozim. EIH tarkibida chet el investitsiyalari bilan hamkorlikda korxonalar, bank tizimlari va sug„urta kompaniyalarini tuzish mumkin. Bunda tashkil topgan korxonalarning ba‟zi-birlari to„lig„icha xorijiy investitsiyalari asosida ham tashkil etilgan bo„lishi mumkin. EIH ishtirokchilarining faoliyati hudud ma‟muriyati bilan tuzilgan maxsus shartnomada ko„rsatilgan bo„lib, bu shartnoma o„zaro tenglik, manfaatdorlik va hohish tamoyillari asosida 5 yil muddatga tuzilishi mumkin. Bunda xo„jalik subyektlarining faoliyati to„g„risidagi shartnoma, o„z mohiyatiga ko„ra, birinchidan, Oltoy EIHni boshqarish va maqsadlarini tan olishni; ikkinchidan, Oltoy EIHning ishtirokchilari o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni; uchinchidan, Oltoy EIHning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy maqomini bajarishda xo„jalik subyektlarining majburiyatini; to„rtinchidan, Oltoy EIHning a‟zolik badallarini o„z vaqtida to„lab borishligini; beshinchidan, hudud ishtirokchilarining xo„jalik, tashukiliy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishdagi majburiyatlarini; oltinchidan, shartnomaning bajarilishida tomonlarning javobgarligini; yettinchidan, shartnomani bekor qilinish shartlari va boshqalarni o„z ichiga oladi. Oltoy EIHning ma‟muriyati bilan hudud qatnashchisi o„rtasidagi 305 investitsiyalarni hududga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish to„g„risidagi shartnoma odatda 5 yil muddatga imzolanadi. Bu shartnomaga ko„ra hudud ma‟muriyati Oltoy EIHi to„g„risidagi qonunga amal qilgan holda ishtirokchi davlatlar tomonidan kiritilgan investitsiyalarni himoya qilishi, Oltoy o„lkasini rivojlantirishning Davlat dasturini qo„llab-quvvatlashi, er va tabiiy boyliklardan Rossiya qonunchiligida ko„rsatilgan majburiyatlar asosida foydalanishni o„z zimmasiga oladi. Oltoy iqtisodiy hududida Rossiyalik va chet ellik investorlar quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi. Rossiyalik va chet ellik investorlar Oltoy EIHga quyidagi holatlar bo„yicha investitsiya kiritish huquqiga ega bo„lishi mumkin. Birinchidan, Rossiya va boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan tashkil etilayotgan qo„shma korxonalarda paychilik asosida ishtirok etishi mumkin; ikkinchidan, chet ellik investorlar o„z mablag„lari hisobidan korxonalar tashkil etishi mumkin; uchinchidan, Rossiya Federatsiyasi va Oltoy o„lkasi qonunlariga binoan korxonalarni, bino va muassasalarni sotib olishi yoki emissiyaga chiqarilgan aksiyalarni, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog„ozlarni paychilik asosida boshqarishi mumkin; to„rtinchidan, qonunda ko„rsatilgan tadbirkorlik faoliyatining barcha turlari bilan shug„ullanishi mumkin. Oltoy EIHning ishtirokchilari quyidagi soliq imtiyozlariga ega bo„lib, birinchidan, Oltoy EIHning ishtirokchilari 5 yil muddatga o„lkaning budjetiga to„lanadigan barcha soliqlardan ozod qilinishi bilan bir qatorda Federal soliqlarning ham bir qismidan ozod qilingan. Faqatgina tabiiy resurslardan foydalanganligi uchun, litsenziya olish uchun, ekologiyaga yetkazilgan zararni qoplash uchun, nafaqa va bandlik fondlari uchun, ijtimoiy ta‟minot fondi uchun va shuningdek, aholi daromadidan olinadigan soliqlargina Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ko„zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi xolos. Ikkinchidan, Oltoy EIHning ishtirokchilari 10 yil muddatga foyda va qo„shimcha qiymat solig„ini o„lka budjetiga tushadigan qismidan, ya‟ni energetika, aloqa vositalari, aeroportlar, yo„llar, gaz o„tkazish tarmoqlari, ekologik tizimni qayta tiklash, ijtimoiy infratuzilma, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qishloq xo„jalik va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, mehmonxonalar va turistik komplekslar, resurslarni tejab, chiqindisiz ishlaydigan korxonalarni qurish, texnik spirt va dori-darmon ishlab chiqaradigan obyektlarni qurish va hokazolar soliqdan ozod etiladi. Ushbu korxonalar 10 yildan so„ng esa keyingi 5 yil mobaynida yuqorida ko„rsatilgan soliq turlarining 50 %ni to„laydi. Uchinchidan, Yuqorida ko„rsatilgan imtiyozlar tugagandan so„ng – ishtirokchilar tomonidan o„lka budjetiga kelib tushadigan mablag„larning barchasi Oltoy EIHni rivojlantirish, qayta investitsiyalash, xo„jalik subyektlariga kreditlar berish va shuningdek, EIHni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun sarf qilinadi. Shunday qilib, Oltoy EIHni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishi ishlab chiqilgan dasturlar, rejalar va loyihalar kompleksi asosida amalga oshirib kelinmoqda. Makroiqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan ustunlikka ega bo„lgan sanoat tarmoqlarini vujudga keltirish davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanmoqda. Oltoy EIHni rivojlanishini nazorat qilib turish Oltoy o„lkasining ma‟muriyati 306 tomonidan olib boriladi. Bunda o„lkaning mahalliy organlari ham o„z huquqlari doirasida boshqarish funksiyasini bajaradi. O„lka ma‟muriyati iqtisodiy hududni boshqarishda Rossiya federal qonunchiligiga muvofiq EIHga jalb qilingan investitsiyalarni himoya qilib, norezident tadbirkorlarning huquq va majburiyatlarini himoya qiladi. Ma‟lumki, Oltoy EIHni uch yo„nalishda (eksportga mahsulotni erkin ishlab chiqarish hududi, erkin savdo hududi, offshor rekreatsion hududi) tashkil etish ko„zda tutilgan. Biroq, hozirgi kunda EIHlarni tashkil etishning bir qator muammolari (katta imkoniyatga ega bo„lgan invetorlarni mavjudligi, lekin, investitsiyalarni yo„naltiradigan mukammal dasturning yo„qligi, EIHda Rossiyada istiqomat qilayotgan nemis millatiga mansub aholining asosiy qismi yashayotganligi, ya‟ni ular Oltoy EIH to„g„risidagi federal qonunning yo„qligiga ishora qilib, bu erda erkin bojxona hududi emas, erkin savdo omborlari hududini tashkil etish maqsadga muvofiq deyishmoqda) ham mavjud. Oltoy EIH Kipr orolidagi hududlar bilan xalqaro hamkorlik qilishga doir bir qator shartnomalar (investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro savdo-sotiq, qo„shma korxonalar qurish, Oltoy ko„rgazmalar yarmarkasida Kipr Respublikasining xalqaro ko„rgazmasini tashkil etish va boshqalar) imzolangan. Ushbu shartnomalar asosida xalqaro maydondagi investitsiyalarni jalb etish uchun tadbirkorlik dasturlari ishlab chiqilgan. Dasturlar doirasida butun dunyoga mashhur bo„lgan “Belokurixa” dam olish va sog„lomlashtirish markazida turistik rekreatsion hududi tashkil etildi. Shunday qilib, Oltoy EIH o„zining huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy rivojlanishi jihatidan mamlakat iqtisodiyotini rivojida muhim ahamiyat kasb etib, xorijiy investorlarni va shuningdek, etib tadbirkorlarning qiziqishlarini tobora o„ziga jalb etmokda. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling