Эркин иқтисодий ҳудудлар
Kaliningrad “Yantar” erkin iqtisodiy hududining
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
10.4. Kaliningrad “Yantar” erkin iqtisodiy hududining
rivojlanish imkoniyatlari O„tgan asrning 90 yillarining boshida Kaliningrad viloyati uchta davlat chegaralari bilan o„zaro bog„langanligi sababli muhim EIH deb e‟lon qilingan edi. Biroq, bu davrda ushbu iqtisodiy hududni rivojlantirish uchun huquqiy asoslar bo„lmaganligi sababli o„z faoliyatini ko„rsata olmadi. 1991-1995 yillarda Kaliningrad EIHning faoliyatini tartibga soluvchi Rossiya Prezidenti va shuningdek, hukumatining bir qator farmon va qarorlari chiqqan bo„lsada, biroq ushbu hudud to„g„risidagi Federal qonunning yo„qligi sababli davlatning turli xil idoralarining rahbar xodimlari tomonidan hududning faoliyat ko„rsatishi paysalga solib kelingan edi. 1994-yilda Rossiya Prezidentining “Soliq va bojxona to„lovlaridagi imtiyozlar to„g„risida”gi Farmoni 1995-yilda bekor qilindi. 1996-yilning 22-yanvarida Rossiya Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Kaliningrad maxsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun qabul qilinishi bilan bu hududga erkin bojxona maqomi berildi va ushbu hududda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish davrida bojxona to„lovlari olinmaydigan va shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ham nazorat qilinmaydigan bo„ldi. Bundan tashqari, import qilinadigan tovarlardan bojxona, qo„shimcha qiymat va aksiz soliqlari ham olinmaydigan bo„ldi. Kaliningrad viloyatidagi “Yantar” EIHni shakllantirishdan maqsad Kaliningrad viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalarini tezroq hal etish, chet mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hankorlikni rivojlantirish asosida chet el kapitalini jalb qilish uchun qulay sharoitlarni ta‟minlash, mintaqa eksport imkoniyatlarini oshirish, xo„jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish edi. EIH Kaliningrad viloyati va unga tegishli tumanlarda tashkil topgan, mudofaa va strategik ahamiyatga ega tumanlar bundan mustasno. Ko„rib chiqilayotgan hududning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 308 - Evroosiya va Yevropa savdo yo„llarining kesishuvidagi qulay iqtisodiy- geografik joylashuv; - muzlamaydigan dengiz portining mavjudligi; - o„ziga xos yantar konlarining mavjudligi (jahon zahiralarining 90% i ); - viloyatning Rossiya boshqa hududlaridan izolyasiyalashganligi, bu transport xarajatlari oshishiga va xo„jalik faoliyatining siyosiy tavakkalchiligi o„sishiga olib keladi; - viloyat katta maydonidan harbiy maqsadlarda foydalanilishi, harbiy maydon fuqarolar yashash maydonlaridan uch barobar kattaligi. Kaliningrad muhim EIHi orqali olib o„tiladigan tranzit yuklar uchun bojxona va boshqa soliqlar olinmaydi. Hattoki, bu yuklar Rossiya Federatsiyasining boshqa joylariga jo„natilgan taqdirda ham, mahsulotni eksport qilishdan tushgan valyuta tushumi uchun 30 %lik majburiy to„lovlar talab qilinmaydi. Investorlarning olgan foydalari va dividendlarini chet el banklariga o„tkazishda ham hech qanday muammolar yo„q. Kaliningrad viloyati Rossiya Federatsiyasining viloyatlari orasida chet el kapitali ishtirokida tuzilgan korxonalarning soni bo„yicha yetakchi o„rinlardan birida turadi. 1996-yilda 1175 ta chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar ro„yxatdan o„tgan bo„lib, ularning 1/3 qismi chet el kapitali ishtirokida qurilgan korxonalarni tashkil etgan. Ushbu viloyatda korxonalarni tashkil etishda Polsha, Germaniya va Litva davlatlari yetakchi o„rinlardan birini egallasa, kiritilgan investitsiyalar miqdorining ko„pligi jihatidan esa Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Fransiya davlatlari oldingi o„rinlardan birida turadi. Kaliningrad viloyat ma‟muriyati chet el mamlakatlarining vazirliklari va hukumat organlari bilan to„g„ridan-to„g„ri iqtisodiy aloqalar o„rnatish va shartnomalar tuzish maqomiga ega bo„lib, viloyat hududiga xorijiy investorlarning kirib kelishi, ayniqsa, “Kaliningrad mahsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun qabul qilingandan so„ng yanada kengaydi. Hozirgi kunda hududning “Yantar” nomidagi eski kema qurilish zavodi bazasida yiliga 60 minga yaqin mashinalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo„lgan avtomobil (14-16 rusumdagi) yig„ish konveyeri qurilib ishga tushdi. Kaliningrad MIHning mavjud salohiyati uning tashqi savdo aylanmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu hudud orqali xorijga neft, qog„oz tsellyulozasi, ayniqsa, katta hajmda eksport qilinadi. Kaliningrad viloyatidan ko„proq xomashyo materiallari, qora va rangli metallar eksport qilinadi. Eksportga jo„natilgan tovarlarning 20 % qog„oz tsellyulozasiga to„g„ri kelsa, mineral o„g„itlar (14 %ni), neft mahsulotlari (10 %ni), baliq mahsulotlari (9 %ni) va qora va rangli metallar (4 %ni) tashkil etgan. Shuningdek, ushbu hududda eksportga yo„naltiriadigan xomashyolarni qayta ishlash korxonalarining tashkil etilishi va ularning ishlab chiqarish quvvatining oshishi natijasida tayyor mahsulotlar eksporti ham rivojlanib bormoqda. Kaliningrad viloyatiga, asosan, oziq-ovqat, poyafzal va kiyim-kechak mahsulotlari, tele-radioapparatura mahsulotlari import qilinadi. Ular Buyuk Britaniya, Litva, Chexiya, Vengriya kabi davlatlardan import qilinadi. 309 Shunday qilib, Kaliningrad viloyatida “Yantar” EIHni tashkil etilishi va unda erkin bojxona hududi tartibotini o„rnatilishi bilan hududning inflyatsiya darajasi birmuncha kamaydi, chet el kapitali ishtirokida qurilgan korxonalarning ishlab chiqargan mahsulotlarining hajmi esa birmuncha oshdi. Tashqi savdo aylanmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport va importi birmuncha ko„paydi. Kaliningrad portlariga olib kelingan va olib ketilgan yuklarning hajmi ham birmuncha ko„payib, ishchi va xizmatchi xodimlarga to„lanadigan o„rtacha ish haqi ham biroz ko„tarildi. Kaliningrad viloyatida “Yantar” EIHi tashkil etilgandan beri viloyat budjeti tomonidan federal budjetga to„lanishi lozim bo„lgan mablag„ning 93,4 % kompensatsiya qilindi. Biroq, shuni qayd etib o„tish lozimki, ushbu EIHni tashkil etishdan kutilgan foyda o„z natijasini hozirgi kunga qadar ham bergani yo„q. Chunki, iqtisodiy hududning to„laligicha faoliyat yuritishi uchun avvalambor to„liq huquqiy baza va me‟yoriy hujjatlar yaratilgani yo„q. EIHga bosqichma-bosqich o„tish maqsadga muvofiqdir. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling