Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, erkin tadbirkorlik hududi, infratuzilma, xalqaro mehnat taqsimoti, sanoat, texnopark. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. RFda tashkil etilgan EIHlar tarkibida “Sankt-Peterburg”, “Viborg”, “Texnopolis Zelenograd” EIHlari alohida o„rin egallaydi. “Sankt-Peterburg” EIH intellektual va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va zamonaviy texnologik jarayonlarni o„zlashtirish, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaratish maqsadida tashkil etildi. Ilmiy parklar, texnopolislar va eksport-ishlab chiqarish hududlarini tashkil etish uning istiqbolli yo„nalish hisoblanadi. 2. “Viborg” EIH ishlab chiqarishga mahalliy va chet el ilmiy-texnik ishlanmalarini va kashfiyotlarini joriy etish maqsadida tashkil etilgan. Hudud chegarasida, ishlab chiqarish faoliyatiga ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini tezkor joriy etish uchun texnologik markaz yaratish nazarda tutilgan. 3. Zelenograd shahrining ma‟muriy chegaralarida, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiyalash hamda korxonalar eksport salohiyatini oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Texnopolis Zelenograd” erkin iqtisodiy hududi tashkil topdi. U mamlakatning ilmiy-texnik rivojlanishi va yangi innovatsiyalarning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Nazorat uchun savollar: 1. RFda tashkil etilgan “Sankt-Peterburg”, “Viborg”, “Texnopolis Zelenograd” EIHlarining maqsadi nimalardan iborat? 2. “Sankt-Peterburg” EIH fanday yo„nalishda faoliyat ko„rsatadi? 3. “Viborg” EIHning ahamiyati nimalardan iborat? 4. “Texnopolis Zelenograd” qanday yo„nalishda faoliyat olib boradi? 5. RFda ilmiy parklarning rivojlanish holati va istiqboliga qanday baho berasiz? 6. RFda EIHlarni rivojlantirishda qanday muammolar mavjud va ularni hal etish bo„yicha qanday takliflar bera olasiz? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling