Эркин иқтисодий ҳудудлар
Rivojlangan mamlakatlar xo„jaligida offshor hududlarning tutgan o„rni
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
11.4. Rivojlangan mamlakatlar xo„jaligida offshor hududlarning tutgan o„rni.
Mamlakatlar iqtisodiyotiga offshor hududlarning ijobiy va salbiy ta‟siri, soliq raqobati O„tgan asrning 80 yillaridan beri jahon xo„jaligida an‟anaviy offshor hududlar kapital harakati va boshqa aktivlar harakatida muhim rol o„ynab kelmoqda. An‟anaviy offshor hududlar deganda investor-korporatsiyalarga va xususiy shaxslarga nafaqat maxsus past soliqli yoki soliqsiz rejimni taqdim etuvchi, balki tadbirkorlik va kapitalni boshqarish uchun boshqa bir qator qulay sharoitlarni ham yaratuvchi hududlar tushuniladi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda 300 dan ortiq offshor hududlar mavjud. Ayrim ma‟lumotlarga ko„ra 90 yillarda offshor hududlar umumiy jahon boyligining 20 %i ustidan nazorat qilib, ularda tashqi bank aktivlarining 22 % jamlangan edi 101 . 2006-yilda esa offshor hududlarda jahon pullarining 60 % jamlangan bo„lib, ushbu hududlar orqali moliyaviy 101 Cassard M. The Role of Offshore Centers in International Financial Intermediation. IMF Working Paper. 1994. №107. 327 transaksiyalarning yarmiga yaqini amalga oshirilgan 102 . G„arbiy Yevropada offshor markazlari keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi. Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi Gernsi va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Offshor biznesi bank va sug„urta faoliyatini, ko„chmas mulk operatsiyalarini, eksport-import operatsiyalarining ko„pgina turlarini, konsaltingni o„zida mujassamlashtiradi. G„arbiy Yevropa offshor biznesi sohasidagi kapital 130 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Unda 400 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar faoliyat yuritadi, har yili bir necha minglab yangi kompaniyalar ro„yxatdan o„tadi, ular offshor operatsiyalari ko„lamlarini kengaytiradi. Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasi ma‟lumotlariga ko„ra, 2006-yilda offshor hududlarda jamlangan boshqaruv ostidagi aktivlar (AiM) 6,7 trln. dollarni yoki ularning umumiy qiymatini 6,9 %ni tashkil qilgan. Fors ko„rfazi mamlakatlarining offshor hududlari o„z aktivlarining taxminan 40 %ini, Lotin Amerikasi davlatlari, Yaqin O„rta Sharq va Afrika mamlakatlari esa 30 %ini saqlaydi. Ayni bir vaqtda Yevropa mamlakatlarida bu ko„rsatkich 9 %ni, Shimoliy Amerika va Yaponiyada esa atigi 2-3 %ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat institutlari va fuqarolik jamiyati rivojlangan, barqaror iqtisodiy va siyosiy vaziyat hukmron bo„lgan mamlakatlarda maxsus offshor hududlar rejimidan foydalanishga bo„lgan qiziqish kamroq ekanligini ko„ramiz. BCG hisob-kitoblari, asosan, Ixtisoslashgan xalqaro reyting tashkiloti ma‟lumotlariga mos keladi. Ularga ko„ra, offshor moliya markazlaridagi kapital miqdori 5-7 trln. dollarga teng bo„lib, bu 80 yillardagi ko„rsatkichdan 5 barobar ko„pdir. Ayrim boshqa ma‟lumotlarga ko„ra, masalan, Tax Justice Network mutaxassislarining fikricha, 2003-yildayoq offshor hududlar 11-12 trln. dollarga teng bo„lgan aktivlarni nazorat qilgan. Dunyodagi eng mashhur 34 ta offshor hududlarda 32 trln. AQSh dollariga teng aktivlar joylashtirilgan. Bu esa ularning qanchalik katta moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko„rsatadi. Offshor hududlarning jahon moliya oqimlaridagi rolini haqida ularda joylashgan banklarning xalqaro mavqei bo„yicha ham aniqlash mumkin. TTXIlarning harakatlanishida offshor hududlarning roli YuNKTADning jahon investitsiyalari to„g„risidagi ma‟ruzasida aks ettirib boriladi. Bu erda barcha offshor hududlar ko„rsatilmaydi. Bundan tashqari, TTXIlar ushbu yurisdiktsiyalarda amalga oshiriladigan moliyaviy oqimlarning bir qismini, ba‟zan, juda kam qismini tashkil qiladi, xolos. Shunga qaramay, bu ma‟lumotlar ham TTXIlarning harakatlanishida ayrim offshor hududlarning tutgan o„rni katta ekanligini ko„rsatadi. Jahon amaliyotida xorijiy mamlakatlarga kapital olib chiqish uchun, odatda, offshor hududlarga joylashtirilgan turli moliyaviy aktivlardan keng foydalaniladi, maxsus investitsion kompaniyalar va jamg„armalar tashkil etiladi. Ular, hatta, TTXI oqimida yetakchi o„rinlarni ham egallash imkoniga egadirlar. 102 McCann H. Offshore finance. Cambridge, 2006. 328 Offshor hududlar, o„z navbatida, bir vaqtning o„zida ijobiy va salbiy tomonlarga ham ega hisoblanadi. Offshor hududlarning jahon iqtisodiyotidagi ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Uning ijobiy tumonlari quyidagilardan iborat: - birinchidan, transchegaraviy moliyaviy oqimlarning faollashishi va xalqaro ko„lamda moliyaviy aktivlar aylanmasini tezlashishi, moliya bozorlarini rivojlanishiga ko„maklashish, investitsiyalarni diversifikatsiya qilishga va kredit resurslarga erishishni kengaytirishga shart-sharoitlar yaratish; - ikkinchidan, umumiy soliq yukini kamaytirishga harakat qilib, shu asosda global iqtisodiyotda iqtisodiy faollikni rag„batlantirish; - uchinchidan, ekspropriatsiya xatarini kamaytirib, mulkchilik huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish. Bu o„z navbatida, avvalambor, donor- mamlakatlarda iqtisodiy o„sishning oshishiga olib kelishi mumkin; - to„rtinchidan, offshor hududlar joylashgan mamlakatlarning rivojlanishiga ko„maklashish natijasida jahon xo„jaligini uyg„un rivojlanishiga yordam berish; - beshinchidan, egiluvchan rivojlanish strategiyalaridan keng foydalanish hisobiga kompaniyalarning milliy va global darajada raqobatbardoshligini oshirish va boshqalar. Offshor hududlarning salbiy tomonlariga esa odatda quyidagilarni kiritish mumkin: - birinchidan, offshor (donor) mamlakatlarning daromadlarini kamaytiruvchi g„irrom soliq raqobatining mavjudligi; - ikkinchidan, offshor hududlarda kapitalning, eng avvalambor, chayqovchilik kapitalining katta hajmda to„planib qolishligi. Buning oqibatida jahon iqtisodiyoti va moliyasida beqarorlik unsurlarni paydo bo„lishi; - uchinchidan, kapitalning chiqib ketishiga ko„maklashishi; - to„rtinchidan, yashirin iqtisodiyotni qo„llab-quvvatlashi; - beshinchidan, donor-mamlakatlarda bandlikning pasayishi; - oltinchidan, alohida kompaniyalarga oqlanmagan raqobat ustunliklarini berish; - yettinchidan, donor-mamlakatlarda soliqlardan qochishni salbiy baholash bilan bog„liq bo„lgan noqulay ijtimoiy vaziyatlarni paydo bo„lishi va h.k.lar. Shunday qilib, offshor hududlarning ma‟lum bir o„ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini xususiy investorlarning, milliy hukumatlarning (eng avvalo soliq organlarining), xalqaro tashkilotlarning qarama-qarshi manfaatlarini ham ustunlik, ham kamchilik sifatida baholash mumkin. Offshor hududlarning tarafdorlarining fikricha, offshor yurisdiktsiyalari, ayniqsa, yirik moliyaviy markazlar xalqaro moliyada va savdoda muhim rol o„ynaydi. Ma‟lum bir vaziyatlarda ular korporatsiyalarga va jismoniy shaxslarga tavakkalchilikni samarali boshqarish va moliyaviy rejalashtirish sohasida ulkan ustunliklar beradi. Offshor hududlarga qarshi bo„lgan tarafdorlar esa, asosan, rasmiy shaxslarni o„z ichiga oladi. Hukumat rahbarlarining fikricha, offshor hududlar g„irrom soliq raqobatini vujudga keltiradi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardan ko„plab resurslarni chiqib ketishiga olib keladi. AQSh voqealaridan so„ng (2001 yil) offshor hududlarga terrorizmni moliyalashtirish bo„yicha ochiq ayblovlar qo„yildi, ularning 329 iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini tartibga solishning aniq huquqiy me‟yorlari yo„qligi yuzasidan e‟tirozlar bildirildi. Chunki, aynan offshor hududlarda tartibga solishning zaifligi soliq to„lashdan qochishni va jinoiy yo„l bilan topilgan pullarni yashirishni osonlashtiradi. 2007-yilda BMT va Jahon banki “O„g„irlangan aktivlarni qaytarish bo„yicha tashabbus: vazifalar, imkoniyatlar va harakatlar dasturi” deb nomlangan hujjatni tayyorladi. Ushbu hujjatda turli noqonuniy faoliyat turlari (poraxo„rlik, narkotik mahsulotlarni sotish, soxta tovarlarni va pul qog„ozlarini tayyorlash, yashirin qurol- yarog„ savdosi va soliq to„lashdan qochish va boshqalar) natijasida topilgan mablag„larning xalqaro oqimlari yiliga 1-1,6 trln. dollar deb baholagan edi. Yurisdiktsiyalar raqobatida, ayniqsa, soliq sohasida offshor hududlarning roli katta bo„lib, ularning tarafdorlari va tanqidchilari o„rtasida qizg„in baxslarning bo„lib turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning fikricha, globallashuv o„yin qoidalarini o„zgartirdi. Bu rivojlangan va rivojlanayotgan boy mamlakatlarga ko„p ustunliklarni berishi bilan bir qatorda kapitalni soliqlardan yashirish uchun ham ko„p imkoniyatlarni beradi. Hozirgi kunda ko„pgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar budjeti uchun offshor biznesi bilan bog„liq bo„lgan yo„qotishlar juda katta bo„lib, ular yildan-yilga o„sib bormoqda. 2005-yil ma‟lumotlariga ko„ra, offshor sxemalari yordamida to„lanmagan soliqlar yig„imi yiliga 255 mlrd. dollarni tashkil etgan 103 . Michigan universitetining professori R.Avi-Yoxanning fikricha, birgina AQShning o„zida soliqlar yig„imi yiliga 50 mlrd. dollarni tashkil etar ekan. Germaniya Moliya vaziri P.Shtaynbryukning ta‟kidlashicha, soliq to„lashdan qochish Davlat budjetga taxminan 30 mlrd. evroga tushadi. Umuman, EI davlatlarining soliq to„lashdan qochishi natijasida har yili taxminan 100 mlrd. evro yo„qotilar ekan 104 . Offshor yurisdiktsiyalari bilan bog„liq soliq yo„qotishlari to„g„risida Tax Justice Network mutaxassislarining boshqa ma‟lumotlari ham mavjud. 2006-yilda uchta offshor hududlarning (Djersi, Gernsi va Men oroli) norezidentlariga tegishli moliyaviy soha aktivlari 935,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu offshor hududlar 7 % daromad va 30 % soliq stavkasi mavjud bo„lganda 65,5 mlrd. dollar foyda va tegishli mamlakatlar budjetiga 19,6 mlrd. dollar miqdorida soliq tushumlarini berishi mumkin edi. Offshor yurisdiktsiyalar tadbirkorlar va fuqarolarning o„z mamlakatlarining soliq siyosatiga qarshi chiqishlarini rag„batlantirib turadi. Masalan, Fransiyada umumiy soliq yuki YaIMning 45,5 %ga teng bo„lgan bir sharoitda YaIMning 17 % miqdoridagi daromadlari berkitiladi. Fransiya, Italiya, Daniya va Germaniyaning o„n minglab tadbirkor-fuqarolari yuqori soliqlar siyosatiga qarshi chiqishadi. 150 mingdan ortiq frantsuzlar esa daromad solig„i pastroq bo„lgan Angliyada yashaydi (so„nggi 15 yil ichida minglab yangi texnologiyalarga ega bo„lgan frantsuz kompaniyalari Angliyaga ko„chib o„tishgan). 2006-yilda chet ellik fuqarolar Shveytsariyada 607 mlrd. dollarga teng bo„lgan moliyaviy aktivlarni joylashtirishgan. Jahon iqtisodiyotida offshor hududlar shubxasiz soliq raqobatida katta ustunliklarga ega. PriceWaterhouse-Coopers analitik kompaniya va Jahon banki 103 www.taxjustice.net 104 Independent. 11.03.2008. 330 reytingiga ko„ra, umumiy soliq iqlimi bo„yicha dunyo mamlakatlarining birinchi yigirmataligida yetakchi o„rinlardan birini offshor yurisdiktsiyalari va ular joylashgan mamlakatlar egallaydi (11.3-jadval). Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling