Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlar, offshor markazlari, soliq gavanlari, rezident, norezident, offshor biznesi. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Bugungi kunda dunyoda tashkil etilgan bir qator EIHlar offshor hududlarning tashkil etilishi va rivojlanishiga muhim vosita bo„lib xizmat qilmoqda. Bu esa hozirda jahonda 300 dan ortiq offshor hududlarini ng vujudga kelishiga sabab bo„ldi. Offshor markazlari deyilganda, umumiy ko„rinishda, faoliyatlari bo„yicha soliqqa tortishning imtiyozli tizimi amal qiladigan chet el, xorijiy kompaniyalarning o„z hududdida faoliyatini tashkil etuvchi mamlakatlar yoki hududlar tushuniladi. 321 2. Offshor markazlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar davlat yurisdiktsiyasi ostida bo„ladi va mahalliy qonunchilikga qat‟iy amal qilishlari majburdir. Offshor hududlarida soliq imtiyozlari turli xil variantlarda bo„lishi mumkin. Irlandiya va Liberiya offshor hududlarida soliq umuman olinmaydi. Shveytsariyada soliqlar juda ham past stavkalarda olinadi. Lixtenshteyn va Antil orollari offshor hududlarida soliq sifatida yagona to„lov amalga oshiriladi, bu kabi hududlarda yana yillik ro„yxatga olish badallari, bank va sug„urta xizmatlaridan foydalanganlik uchun to„lov, trast faoliyati uchun litsenziya to„lovlari ham olinadi. 3. Eng birinchi tashkil etilgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Djersi, Gibraltar orollari hamda Irlandiya va Panamalar misol bo„la oladi. Xuddi mana shu mamlakat va hududlar uzoq vaqt davomida, nafaqat, Yevropa biznesi imkoniyatlarini, balki, o„z hududlarida offshor operatsiyalarining salmoqli ulushini amalga oshirishgan. Odatda, offshor biznes bank, sug„urta ishi, dengiz kemachiligi, ko„chmas mulk bilan operatsiyalar, trast faoliyati, eksport-import operatsiyalari, konsaltingda jamlanadi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling