Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Nazorat uchun savollar: 
1. Bugungi kunda offshor hududlar xalqaro moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda 
qanday ahamiyat kasb etmoqda? 
2. Offshor hududlarda offshor kompaniyalarga qanday imtiyoz, erkinlik va 
majburiyatlar belgilanadi? 
3. Offshor hududlarda qulay biznes muhiti yaratilgan davlatlarni ko„rsating. 
4. Offshor hududlarda qanday operatsiyalar amalga oshiriladi? 
5. “Offshor hududlar rivojlangan dunyo davlatlari va hududlarini aytib bering. 
6. Offshor hududlar faoliyatini izohlovchi ko„rsatkichlarga baho bering. 
11.3. Jahonda offshor hududlarning rivojlanishi 
va undagi imtiyozlar 
Informatsion 
xizmatlarni 
ko„rsatishga 
ixtisoslashgan 
hududlar 
ham 
muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatmoqda. Bunday hududlar Yamayka, Birlashgan Arab 
amirliklari va ba‟zi bir boshqa mamlakatlarda paydo bo„lgan. Masalan Dubay 
shahrida “internet-siti” EIHdi tuzilgan bo„lib, u chet el kompaniyalariga imtiyozli 
shartlarda barcha faoliyat turlari haqida ma‟lumot olishga imkon beradi, transaktsion 
xarajatlarni, barcha sohadagi to„siqlarni kamaytiradi. “Internet-siti”da ko„pgina yirik 
transmilliy 
korparatsiyalarning, 
shu 
jumladan, 
Germaniyaning 
“Simns” 
korporatsiyasining filiallari joylashgan. Borgan sari avvval Londondan ma‟lumot 
tarqatgan ommaviy axborot vositalari yangi “Mediya-siti” Dubay markaziga ko„chib 
o„tmoqda.
Informatsion xizmatlar sohasidagi yana bir EIH Yamaykadagi “Montego-bey” 
bo„lib, uning hududida markaziy Amerikadagi eng raqobatbardosh xalqaro tovush va 
elektron aloqa kanallariga ega bo„lgan teleport faoliyat yuritmoqda. Hudud matn 
tahrirlagich turidagi dasturlarni va turli telemarketing xizmatlarni eksport qiladi. 
Xizmat ko„rsatuvchi EIHlarning alohida shakli sifatida offshor markazlarida, 
odatda, bank va sug„urta xizmatlari joylashib ular orqali eksport-import 
operatsiyalari, ko„chmas mulk oldi-sottisi, dengiz kemalarini oldi sottisi, trast va 


322 
konsalting faoliyati amalga oshiriladi. Offshor markazlari chet el kompaniyalari va 
banklarini taqdim etilayotgan keng imtiyozlar hisobiga jalb etadi. Ular jumlasiga 
qulay valyuta-moliya qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli xarakteri va 
rag„batlantiruvchi tashki savdo qonunchiligi kiradi. 
Offshor hududlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari 
katta bo„lib, bir qancha mahalliy va birinchi navbatda, foyda soligidan umuman yoki 
katta miqdorda ozod silinadi. Bunda ko„rsatilgan imtiyozlar ushbu kompaniyalarning 
faqatgina ro„yxatdan o„tkazgan davlatning tashqarisidagi tijorat faoliyatiga 
taalluqlidir. Shuning uchun ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar ushbu davlatning 
rezident kompaniyalarining hech biri bilan hech qanday tijorat moliyaviy faoliyat 
amalga oshirishi mumkin emas. Offshor hududlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar 
fakatgina bir martalik to„lovni amalga oshirishadi: ro„yxatdan o„tish to„lovi, yillik 
to„lov va qayta ro„yxatdan o„tish to„lovi. Ushbu to„lovlarning stavkalari qat‟iy 
belgilangan bo„lib, jami summasi kompaniya uchun bir necha yuzdan bir necha ming 
dollargacha boradi.
Soliq imtiyozlaridan tashqari, offshor hududidagi kompaniyalarga shuningdek, 
valyuta, investitsiya, bojxona imtiyozlari va yillik hisobot hamda audit tekshiruvlari 
bo„yicha imtiyozlar, boshqaruv usullari bo„yicha va maxfiylik tartibi bo„yicha 
imtiyozlar beriladi. Shuningdek, byurokratiya va ishning sudralishining oldini olish 
maqsadida beriladigan imtiyozlar ham mavjud.
Bu hammasi birgalikda offshor markazlarini qulay joyga aylantiradi, chunki, 
kompaniyalar solig„i minimallashadi va kapital saqlanish xavfsizligi ta‟minlanadi. 
Shuning uchun ham jahonda bir yarim million offshor kompaniyalar mavjud bo„lib 
ularning asosiy qismi Karib havzasi, Osiyo tinch okeani hududi va G„arbiy Yevropa 
offshor markazlarida joylashgan. Offshor markazlarining tarixi 50 yildan ortiq. Eng 
uzoq tarixga ega offshor hududlarga Men orollari, Gernsi, Jersi, Gibraltar
shuningdek, Irlandiya va Panama kiradi. Xuddi mana shu mamlakatlar va hududlar 
uzok muddat davomida Yevropa biznesi manfaatlariga xizmat kilibgina kolmasdan 
offshor xizmatlarining asosiy kismini o„zida mujassamlashtirgan edi.
O„tgan asrning o„rtalarida jahonda bir nechtagina offshor markazlari mavjud edi. 
Ammo, 1970-yillarning boshiga kelib bu sohada o„ziga xos portlash yuz berdi. Yangi 
asr boshiga kelib butun dunyo bo„yicha 60 ta offshor markazlari faoliyat yuritdi. 
Ularning 70% rivojlanayotgan mamlakatlarda qolgani esa sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda tuzilgan. 
Odatda, offshor markazlari geografik nuktai nazardan kulay joylashgan orol va 
arxipelaglarda, rivojlangan transport va telekomunikatsiya tizimlari bulgan, yirik 
xalkaro moliya va savdo markazlari yakinida tashkil etiladi. 
Offshor hududlarini shartli ravishda universal va ixtisoslashgan hududlarga 
bo„lish mumkin. Hozirgi vaktda kupchilik offshor hududlari universal hudud bo„lib 
ularda faoliyat turidan katiy nazar hamma kompaniyalarga imtiyozli sharoitlar takdim 
etiladi. Yetakchi universal offshor markazlarga Britaniyaning Virgin orollari, Bermud 
orollari, Kayman orollari, Kuk orollari misol bo„la oladi.
Tor ixtisoslashgan offshor markazlariga Shvetsariya (investitsiya va bank 
faoliyati), Avstriya (bank xizmatlari jismoniy shaxslar uchun), Monako (jismoniy 


323 
shaxslar uchun soliq rejalashtiruvi), Gollandiya (investitsion faoliyat).
Taqdim etilayotgan imtiyozlar turi va hajmiga nisbatan offshor markazlari 
imtiyozli va kamaytirilgan soliq solish bilan farqlanadi. Birinchi turdagi offshor 
hududlarga ushbu hududda ro„yxatdan o„tgan kompaniyalarni soliqdan butunlay ozod 
kiluvchi hududlar kiradi. Bu turdagioffshor hududlarni matbuotda, ko„pincha, “soliq 
jannati”, “soliq oazisi” deb yuritiladi. Bu turdagi hududlarga kuyidagi offshor 
hududlari kiradi. Antil, Bagam, Bermut, Britaniya Berginiya orollari, Gibraltar, 
Nauru, Terks va Kaykos va boshkalar. 
Chegaralangan soliq shartlari bilan xarakterlanuvchi hududlarda foyda solig„i 
stavkasi nisbatan kichik bo„lib, bu hududlarning kompaniyalar uchun ma‟qul tomoni 
shundaki, soliq shartnomalarining qulay tizimi va rasmiy vakolatxonalarining ishlashi 
uchun qulay sharoitlar mavjud. Bunday hududlar misoliga Irlandiya, Shvetsariya, 
Lyuksenburg, Avstriya, Mavriki, Seyshel orollari, Vanuatu, Madeyra, G„arbiy 
Samoa, Sent-Vinsent, Kipr va boshkalar kiradi.
Offshor hududlarining doimiy mijozlari qatoriga investitsiya sohasida, ko„chmas 
mulk bilan ishlovchi, dengiz kemalarga egalik qiluvchi, intellektual mulkga egalik 
qiluvchi kompaniyalar kiradi. Xolding kompaniyalari boshqa savdo va ishlab 
chiqarish kompaniyalarni ularning aksiyalariga egalik qilish hisobiga boshkarish 
uchun tuziladi. Bunday kompaniyalarni offshor hududlarda joylashtirishning qulay 
tomoni shundan iboratki, xoldingni tuzuvchilar uzlarining aktivlarini offshor 
markaziga ko„chirish hisobiga uz mamlakatlarida yuqori soliqqa tortilishdan 
qochadilar. eng kuo„p bunday xoldinglar Lixtenshteynda (ikki yuz mingga yaqin), 
Shvetsariyada (taxminan un mingga yaqin) va Lyuksenburgda (taxminan ikki 
mingta). 
Ko„pgina 
hollarda, 
soliq 
imtiyozli 
hududlarda 
savdo-vositachilik 
operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar joylashadi. Offshor hududida 
joylashish ularga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 
- bir qism xarajatlarni past soliqli hududlarga o„tkazash; 
- transfert (firma ichidagi) operatsiyalar hisobiga savdo foydasining bir qismini 
past soliqli hududlarda akumilyatsiyalash; 
- soliq shartnomaliridan foydalangan holda savdo daromadini qayta taqsimlash 
va sotish; 
- ulgurji xaridlarni bevosita chet el ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilish; 
- tovarni xaridorga yakinlashtirish va sotkv operatsiyalarini xalqaro mikyosda 
amalga oshirish. 
Soliq imtiyozlari hududida offshor kompaniyalari faoliyati uz ichiga fakatgina 
savdo operatsiyalarini emas, tijorat operatsiyalarini xam oladi.
Savdo-vositachi va boshsa turdagi faoliyatdagi kompaniyalarga moliyaviy 
xizmat kursatish odatda soliq imtiyozlari hududida joylashgan chet ellik moliyaviy 
kompaniyalar tomonidan bajariladi. Ular maxsus soliq imtiyozlari beruvchi offshor 
hududlarida tashkil etiladi. Ko„plab offshor moliyaviy tashkilotlari Buyuk 
Britaniyaning dengiz orti hududlarida joylashgan, ularning jami 14 ta bo„lib, umumiy 
aholisi 6,2 mln. Kishini tashkil etadi. Ular Bermud orollari, Britaniya Vergin orollari, 
Hind okeanidagi Britaniya orollari, Gibraltar, Montserrat, muqaddas Elena, Janubiy 


324 
Jordja orolari va boshqalar.
Offshor hududidagi kelajagi porloq faoliyat turlaridan biri sug„urta faoliyatidir. 
Bunday kompaniyalarni offshor hududlarda ochish uchun ro„yxatdan o„tkazuvchi 
organnning litsenziyasi zarur bo„lib, u biznes rejani, ta‟sischilar va direktorlar 
ro„yxati taqdim etilgandan keyin beriladi. Sug„urta kompaniyalarning offshor 
hududida faoliyat yuritayotgan shuba korxonalari soliqlarni kamaytirishga va qayta 
sug„urtalash bozoriga chikishga imkoniyat beradi. Sug„urta kompaniyalari eng ko„p 
joylashgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Bermud, Kayma orollari, Lixtinshteyn 
va Kipr davlatlari kiradi.
Keyingi o„n yilliklarda xalqaro offshor biznesining muhim turi bu bank faoliyati 
bo„lib qoldi. Banklar registratsiyadan o„tgan mamlakat rezidetnlariga xizmat 
ko„rsatish huquqidan mahrum etilgan bo„lsa-da, quyidagi imtiyozlarga ega bo„ladilar: 

soliqlardan ozod bo„lish imkoniyatiga ega bo„ladilar; 

talab qilingan ustav kapitalining mikdori g„arb mamlakatlari va boshqa 
ko„pgina mamlakatlardagiga ko„ra kamroq; 

majburiy zahiralar haqidagi qonunlar, kreditlash qoidalari offshor hududidagi 
investitsiyalash qoidalari rivojlangan mamlakatlardagidan qulayroqdir; 

mamlakatdagi registratsiyadan tashqaridagi valyuta operatsiyalari ustidan 
nazorat deyarli amalga oshirilmaydi;

bankni tashkil etish muddati juda qisqa. 
Offshor banklari birinchi navbatda soliq stavkalari yuqori bo„lgan va qattiq 
valyuta qonunchiligi amal qiladigan davlatlardagi mijozlar uchun hisob ochish va 
yuritish uchun hamda evro valyutalar bozorida moliyaviy opretsiyalar yuritish uchun 
tashkil etiladi. Masalan, offshor banklarining katta qismi Lyuksenburgda ro„yxatdan 
o„tkazilgan bo„lib, u yerda bank zahiralariga bo„lgan talab yo„q, Shvetsarya va 
Lixtenshteynda (valyuta nazorati mavjud emas), Singapur, Gonkong, Kayman va 
Bagam orollarida (imtiyozli soliq tizimi) jahonda jami bo„lib olti ming atrofida 
offshor banklari xalqaro kapital harakati oqimining deyarli yarimiga xizmat 
ko„rsatadi.
Offshor biznesining ko„lami keyingi yillarda jadal sur‟atlar bilan kengaymoqda. 
Amaldagi baholashlarga ko„ra asrimiz boshida butun jahon valyuta operatsiyalarining 
yarimi offshor markazlari orqali amalga oshirilgan. Xalqaro valyuta fondi ekspertlari 
tomonidan amalga oshirilgan mahsus tadqiqotlar natijasiga ko„ra offshor hududlarida 
to„plangan chet el depozitlari o„lchamlari bo„yicha mazkur mamlakat makroiqtisodiy 
ko„rsatkichlaridan ancha ustun bo„lib, milliy iqtisodiyotning bank xizmatiga bo„lgan 
ehtiyojidan ancha ortiqdir. 7 ta yetakchi (Bagam orollari, Gonkong, Baxrayn, 
Panama, Singapur, Kayman orollari, Gollandiyaning Antil orollari) offshor 
markazliridagi jami bank depozitlari 1975-yilda rivojlangan mamlakatlar 
depozitlarining 21,7 %iga, 1985-yil – 28,1 %, 1995-yil – 28,3 %iga ega bo„lgan 
bo„lsa, bugungi kunga kelib bu ko„rsatkich 35 % etib qoldi. 
Offshor biznesining ko„lami haqida ushbu markazlarda ro„yxatdan o„tgan 
offshor kopaniyalarning soni yaqqol ma‟lumot beradi (11.1-jadval). 


325 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling