Эркин иқтисодий ҳудудлар
Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlar turlari
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
10.2. Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlar turlari
Rossiya davlati dunyodagi eng yirik hududga ega va iqtisodiy jihatdan yuqori o„rinlarda turadigan davlat hisoblanadi. Rossiyada EIHlarning tashkil etilishi o„ziga 297 xos tarix va maqsadlarga ega edi. Rossiya Federatsiyasida EIHlarni yaratish quyidagi vazifalarni echishga yordam berishi lozim edi: - Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotiga chet el kapitali, texnologiyalari, mehnatni tashkil etishning shakl va uslublarini jalb etish; - eksport bazasini rivojlantirish va valyuta tushumlarini oshirish; - ilmiy-texnik taraqqietni iqtisodiyotga joriy etishni tezlashtirish; - hududiy darajada xo„jalik yuritishning yangi shakllarining sinash; - mahalliy mutaxassislarni xalqaro biznes usul va uslublariga amaliy o„qitish. Rossiyada maxsus iqtisodiy zonalarning tizimli rivojlanishi 2005-yildan, 2005- yil 22-iyulda “Maxsus iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan boshlandi. Mazkur qonun (4-modda) asosida bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida quyidagi turlardagi EIHlar tashkil etilgan va faoliyat ko„rsatmoqda: 1. Sanoat-ishalb chiqarish maxsus iqtisodiy hududlari. 2. Texnik-tadbiq etish maxsus iqtisodiy hududlari. 3. Turistik-rekreaktsion maxsus iqtisodiy hududlari. 4. Port maxsus iqtisodiy hududlari. EIHlarda qulay muhitni ta‟minlash uchun maxsus ekologik va yuridik imtiyozlar o„rnatilgan. Ularga quyidagilar kiradi: - chet el investitsiyalariga ega korxonalarni ro„yxatga olishning osonlashtirilgan tartibi; - imtiyozli soliq rejimi – chet el investorlari uchun Rossiya hududidagi soliq stavkalarining 50% gacha bo„lgan imtiyozli stavkalar bo„yicha soliqqa tortish; - yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish uchun to„lov stavkalarini pasaytirish; - 70 yilgacha bo„lgan uzoq muddatli ijara huquqini taqdim etish. Shuningdek, tovarlarni kiritish va chiqarishga pasaytirilgan bojxona bojlarini o„rnatish bilan maxsus bojxona rejimi o„rnatilgan, chet el fuqarolaridan kirish va chiqishida chegarani yo„ulga qo„yilgan. EIHlarda chet el kapitali 30% va undan ortiq bo„ulgan korxonalar eksportidan tushgan valyuta tushumi to„uliq o„z ixtiyorida qoladi. Har bir yangi tashkil etilayotgan EIH rivojlantirishning majmuaviy dasturiga, ya‟ni barcha xo„jalik obyektlarini rivojlanish rejasiga, ega bo„lishi lozim. Amaliyot ko„rsatishiga har bir hudud faoliyati uchun quyidagilar mavjud bo„lishi lozim: - dastur amalga oshishiga mas‟ul va boshqaruv organini (hudud kengashi) shakllantiruvchi, yirik aksiyadorlik jamiyati (davlat ishtiroki bilan); - hudud vazifalarini xal etish uchun investitsiya jalb qiluvchi, investitsiyaviy sug„urta jamg„armasi (sug„urta jamiyati); - hudud budjetini shakllantiruvchi, budjet va kredit mablag„laridan foydalanishni hamda respublika budjeti bilan o„zaro munosabatlarni nazorat qiluvchi, hudud markaziy banki; - soliqqa tortish, litseniyalash, bank faoliyati, mehnat va ijtimoiy masalalarni tartibga soluvchi, hudud qonunchiligi. 1991-yilda Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanishining xalqaro Assotsiatsiyasini 298 (EIHRXA) ta‟sis etilishi katta ahamiyai kasb etdi. Uning asosiy maqsadi hududlarni boshqarish uslublarini sinash, me‟yoriy-huquqiy baza va moliyaviy-xo„jalik infratuzilmasini yaratish, loyihalarni amalga oshirish tashabbuslarini qo„llab- quvvatlashdan iborat. U 100 tadan ortiq ta‟sischilarga ega (respublikalar, banklar, shaharlar, institutlar). Hozirgi kunda Naxodka, Kaliningrad oblasti va Sankt-Peterburgdagi EIHlar nisbatan faol rivojlanmoqda. Qolgan hududlar shakllanish bosqichida turibdi. Uzoq Sharq iqtisodiy tumani Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan tadbirkorlik aloqalarini faollashtirish uchun katta istiqbollarga ega. U o„z hududida turli xil qushma korxonalarni va EIHlarni shakllantirishi uchun qulay sharoitlarga ega. Ulardan eng yiriklari – “Naxodka” va “Saxalin” EIHlari. “Naxodka” EIH Rossiyada birinchi bo„lib, 1990-yil oktabrda tashkil topgan. Ushbu hududning asosiy xususiyatlari quyidagilar: - qulay geogrofik joylashuv va rivojlangan transport tarmog„i (Transsibir magistralining oxirigi punkti, to„rtta yirik faoliyat yurituvchi port); - Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlari bilan tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish borasida, Rossiya Uzoq Sharqida real raqobatdoshlar yo„qligi; - muayyan tashqi iqtisodiy faoliyat tajribasi mavjudligi: yaqin vaqtgacha Naxodka Uzoq Sharqdagi yagona port edi, Rossiya yillik eksportining ¼ qismgacha “Naxodka” portidan o„tgan; - cheklangan hudud (ayrim “gigant” EIHlarga nisbatan) (5 ming km 2 dan kam). “Naxodka” EIH salohiyatini quyidagi ma‟lumotlar tavsiflaydi. Har yili muzlamaydilgan portlarga – neft quyish, baliq, savdo maqsadlarida 2000 tagacha kemalar keladi, umumiy yuk aylanmasi 50 mln. tonnani tashkil etadi. Sharqiy porti Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, Gonkongdan keyin ikkinchi o„rinda turadi. Bu erda 8 mln. tonalik ko„mir prichallari va 2 mln. tonalik konteyner majmuasi faoliyat yuritmoqda. Yiliga 400-600 ming ta konteyner qayta ishlanadi. Qayta qurish ishlaridan so„ng portda 60 tagacha prichal bo„lib, ular yiliga 40 mln. tonna import donini qayta ishlash bo„yicha majmuani barto etish rejalashtirilgan. 3 mln. tonna o„g„itni eksport qilish terminalini barpo etish uchun “Doyche Bank”dan 100 mln. dollar miqdorida kredit olingan. Mutaxassislar fikricha, port orqali yuklarning o„tish keyinchi 5 yil ichida 8 mln. tonnaga oshishi, yillik daromad esa chet el nvestitsiyalariga ega bir necha yuz korxonalar ro„yxatga olingan – Uzoq Sharqda tashkil etilgan bunday korxonalarning yarmidan ko„pini tashkil etadi. “Saxalin” EIHga Saxalin oblastining ma‟muriy chegaralari va kontinental shelf tumanlari kiradi. EIH doirasida “Kuril” Janubiy Kuril va Kuril tumanlarining ma‟umriy chegaralarini o„z ichiga oladi. Hozirgi kunda “Saxalin” EIH doirasida 23 ta qo„shma korxona yaratilgan. Hudud chegarasida imtiyozli soliq va bojxona rejimi, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi, maxsus davlat boshqaruv organi – “Saxalin” EIH ma‟muriyati faoliyat ko„rsatmoqda. Tabiiy resurslardan ratsional foydalanish maqsadiga EIHda tabiiy resurslarni o„zlashtirish bo„yicha davlat investitsion korporatsiyasi faoliyat yuritmoqda. Erkin tadbirkorlik, kichik biznes 299 hamda fermer xo„jaliklariga bank xizmat ko„rsatishi va moliyaviy qo„llab- quvvatlanshni yaxshilash uchun chet ellik investorlarni jalb qilgan holda EIHda mintaqaviy rivojlanish banki (Saxalin rivolanish banki) tashkil etildi. Hududda neft va gaz, qimmatli metalla rva boshqa tabiiy resurslarni qidirish va ishlab chiqish EIH “Saxalin” ma‟muriyati tomonidn tartibga slinadi. Bank va sug„urta sohalarida, chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda qushma korxona tuzishga ruxsat berilgan. Yoqilg„i-energetika va mineral xomashyo resurslar konlaridan foydalanish bilan bog„lik xo„jalik faoliyati litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. “Saxalin” EIH baliq ovlash, baliq va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash, gaz va kimyo, mahalliy va chet el turizmi, mexmonxona xo„jaligiga ixtisoslashuvi lozim. Saxalin viloyatining “Kuril” subhududida korxona va tashqilotlarga o„zi ishlab chiqargan mahsulotdan hamda Kuril baliq ovlash tumanida baliq va dengiz mahsulotlarini ovlash limitlaridan mustaqil foydalanish huquqiga ega. Shuningdek, ular o„z valyuta tushumini ichki bozorda majburiy sotishdan ham ozod etilgan. “Kuril” subhududining ixtisoslashuvi: baliq ovlash, baliq va dengiz mahsulotlarini qayta ishlashdir. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling