Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, ijara, investor, tovar, tashqi iqtisodiy faoliyat, hukumat, investitsiya, samara. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. RFda EIHlar tashkil etish o„tgan asrning 90 yillarida boshlandi. 1989-yildan 1991-yilning iyun oyigacha jami 11 ta EIH faoliyat ko„rsatdi. Ularning umumiy maydoni 1 mln. km 2 dan (Rossiya maydoniining 7 %), aholisi 18,5 mln. kishidan (mamlakat aholisining 13 %) ortiq edi. Ushbu EIHlar o„z maydoni bo„yicha dunyoda tashkil etilgan barcha EIHlar maydonidan katta bo„lib, ularni tashkil qilish jarayoni maqsad va vazifalarning aniq belgilanmaganligi, me‟yoriy-huquqiy hujjatlarning mavjud emasligi, mahalliy hokimiyatlarning EIHlar orqali mustaqillikka intilishi, imtiyozlarning mezonlarsiz berilishi kuzatildi. 2. RFda EIHlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish dastlabki 15 yil davomida birmuncha samarasiz natijalar bilan xotirlanadi. Bu vaqtda mamlakatning turli hududlarida bir qancha EIHlar tashkil etildi. Biroq, ular faoliyati o„z samarasini bermodi, aksincha, xorijga kapital chiqib ketishiga xizmat qildi. Bugungi kunda mamlakatda jami 25 ta MIHlar mavjud bo„lib, ularda 660 ta rezident hamda 25 mingdan ziyod ishchi-xodimlar mehnat faoliyat olib bormoqda. 3. RFda EIHlar faoliyati samaradorligini oshirishda ularga berilgan imtiyozlar muhim o„ringa ega. Bu ularga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq, shunday bo„lsa-da, ular yetarlicha o„z samarasini bermadi, chunki, mamlakatda EIHlar sonining ortib va kamayib turish holatlari kuzatilib turdi. Natijada tashkil etilgan EIHlar iqtisodiyot uchun birdek ahamiyat kasb etmadi. Nazorat uchun savollar: 1. RFda EIHlarni tashkil etish qaysi vaqtlardan amalga oshirilishi kuzatildi? 2. RFda EIHlarni tashkil etishda qanday xususiyatlar kuzatildi? 3. RFda EIHlarni tashkil etishda qanday yondashuvlar kuzatildi? 4. RFda EIHlar faoliyati va ulardagi imtiyozlarga baho bering. 5. RFda EIHni tashkil etish va rivojlantirishda qanday xato va muammolar kuzatildi? 6. Bugungi kunda RFda qanda EIHlar faoliyat olib bormoqda? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling