Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani Ibragimova G. N
Download 98.11 Kb.
|
Fitrat
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY PEDAGOGIKA” fanidan
- Ilmiy rahbar: ................................................................ (ismi va familiyasi, otasining ismi) Himoyaga tavsiya etildi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI “IJTIMOIY PEDAGOGIKA” KAFEDRASI himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani________ Ibragimova G.N “____”_______________ “IJTIMOIY PEDAGOGIKA” fanidan KURS ISHI Mavzu: ABDURAUF FITRAT ASARLARIDA IJTIMOY-PEDOGOGIK –G’OYALAR TALQINI Talaba: 2-kurs “____” guruh talabasi ................................................................. (ismi va familiyasi, otasining ismi) Ilmiy rahbar: ................................................................ (ismi va familiyasi, otasining ismi) Himoyaga tavsiya etildi. “Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi __________mudiri, PhD. Mirzayeva F.O. “____” _____________ TOSHKENT-2021 Abdurauf Fitrat asarlarining ilmiy pedag ogik tavsifi Abdurauf Fitrat asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’rni Abdurauf Fitrat asarlarida bola shaxsi shakllanishini yoritilganligi Abdurauf Fitrat asarlarida ijtimoiy masalalarni ochiqlanganligini pedagogik ahamiyati Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati KIRISH
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir”, - deb aytdi. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, jismonan sog’lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimizda ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to’xtalib, “Eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan orzu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanlikni kuchaytirishdir”, - deb ta’kidlagan. Ma’naviyat – uzluksiz da’vom etadigan jarayon. Ma’naviyat yuksak shaxslar yurtini tanitadi. Shaxsning esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo’lmasligi ko’pchilikka ayon haqiqatdir. Milliy pedagogikamizning asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir!”, - degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi. Fitratning ma’rifatchilik faoliyatida, jadidchilik harakatining ta’siri katta bo‘ldi. Jadidlar ruslarni Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga aralashuvini to‘xtatish, jamiyat taraqqiyotini yangi yo‘nalishga solib yuborish maksadida maorif, matbuot, din, san’at sohalarida islohotlar o‘tkazishni taklif etishdi. "Ular axloq-odob, e’tiqod, adliya, sog‘liqni saqlash sohalarini qayta ko‘rib chiqish va mukammallashtirish, xotin-qizlar ahvolini, ijtimoiy-madaniy turmushning barcha jabhalarini yaxshilash g‘oyalarini o‘rtaga tashladilar"4. Jadidlarniig dasturlarida yangicha g‘oya, yangicha tafakkurga asoslangan ma’rifatchilik harakati birinchi o‘rinda turardi. Alloma Fitrat ham ma’rifatchilik yo‘lidan borib, Turkiston maorifini yuksaltirish va uni millat ehtiyojiga xizmat qildirish uchun kurashadi. O‘lkadagi mavjud eski maktab va madrasalarni, ulardagi o‘qitish usullarini isloh qilishni talab qiladi. Jadid ziyolilari bilan birgaliqda yangi usul maktablarni tashkil etishda, ularda ta’lim-tarbiya berishda ishtirok etadi. Adib yangi maktablar va boshqa ta’lim muassasalari uchun darslik va qo‘llanmalar yozadi. U o‘zbek tili qoidalarini ishlab chiqish va adabiyot tarixini yaratishga, Turkiston matbuoti, dramaturgiyasi, teatr va musiqa san’ati rivojiga munosib hissasini qo‘shadi. Muammoning o’rganilganlik darajasi: XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda yashab ijod etgan ba’zi bir jadid vakillarining pedagogik karashlari va ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari A.Fattaev, Z.Mirtursunov, A.Boboxonov, M.Maqsumov, B.Qosimov, U.Dolimovlar tomonidan tadqiq etilgan. Olimlarimizdan H.Boltaboev, N.Karimov, E.Karimov, B.Qosimov, O.SHarofiddinov, S.Erkinov, A.Aliev, SH.Turdiev, G.Rahimova, G‘.Ganiev, N.Yo‘ldoshev va boshqalarning Fitrat hayoti, ijodi, faoliyatiga oid qator ilmiy, falsafiy maqola va risolalari e’lon qilingan. Abdurauf Fitrat ijodining turli qirralari keng o‘rganila boshlandi, lekin uning ta’lim-tarbiyaga oid ko‘rsatmalari hali o‘z echimini topgani yo‘q. Biz ishda shu masalani hal etishga harakat kilamiz. Tadqiqotning maqsadi: Abdurauf Fitrat asarlarida ijtimoy-pedogogik –g’oyalar talqinini o’rganish va tahlil qilish Tadqiqotning vazifalari: Abdurauf Fitratning ma’rifiy qarashlarini o’rganishning pedagogik-psixologik jihatlarini o’rganish; bola shaxsi shakllanishning ijtimoiy pedagogik asoslarini o’rganishda mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlarini tahlil qilish; bola shaxsi shakllanishning ijtimoiy pedagogik asoslarini o’rganishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash bola shaxsi shakllanishning ijtimoiy pedagogik asoslarini o’rganishda o’qituvchilarning vazifalarini belgilash. Download 98.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling