Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoyda EIҲlarni tashkil etish bosqichlari
9.1-rasm. XitoydaEIH tashkil etish bosqichlari Birinchi bosqich – 1978-1982 yillar. Bu bosqichda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy-shartnomaviy va institutsional asoslari yaratildi. Mazkur bosqichda dastlabki EIHlar – Guandun (Shenjen, Chjuxay, Shantou) va Futszyan viloyatlarida (Syamen) tashkil etildi. Bu EIHlar maxsus iqtisodiy hudud (MIH)lar sifatida tashkil etildi va shu nom bilan tilga olinadi. 1979-yilda Guangdong va Fujian provinsiyalarida “maxsus siyosat va moslashuvchan choralar” tizimining joriy etilishi birlamchi qadam edi va shu maqsadda 1981-yil noyabrda “Guangdong va Fujian provinsiyalariga alohida iqtisodiy maqom berish to„g„risida” XXR Davlat Kengashi qarori e‟lon qilindi. Dastlab, 1980-yil avgustda Guangdong provinsiyasidagi Shenzhen, Chjuxay va Shantou hamda shu yilning oktabrida esa Fujian provinsiyasidagi Xiamen hududlari 4 ta MIHlarga aylantirildi. Ularning umumiy maydoni 15 kv. km.dan (Chjuxay) 52,4 ming kv. km.ni (Lyaodun yarim oroli) tashkil etgan edi. Ushbu MIHning maqsadi deyarli bir xil bo„lib, maxsus moliyaviy, investitsion va savdo imtiyozlari orqali hududda barqaror iqtisodiy o„sishga erishish edi. Ular, asosan, joriy innovatsion siyosatni amalda sinovdan o„tkazish uchun tashkil etilgan bo„lib, agar loyiha o„zini oqlasa, bunday MIHlarni mamlakat bo„ylab keng tarqatish rejasi ko„zda tutilgan. MIHlarda joriy etilgan imtiyozlar va qulay ishlab chiqarish omillari yig„indisi kutilmagan iqtisodiy o„sishga sabab bo„ldi. 1980-1984 yilda yillik Xitoy YaIMi o„rtacha 10 % o„sdi. Bu ko„rsatkich Shenzhenda 58 %, Zhuhaida 32 %, Xitoyda EIҲlarni tashkil etish bosqichlari O„sish polyusi bosqichi (1978-1982 yillar) Bir maromda rivojlanish bosqichi (1983-1989 yillar) Klasterlash bosqichi (1990-yildan hozirga qadar) Davlat boshqaruvi yetakchilik qildi, huquqiy asos yaratildi Tashqi investitsiyalar ko„plab kiritildi Texnologiyalar innovatsiyasi qo‟llanildi 268 Xiamenda 13 % va Shantouda esa 9 % bo„ldi. Bu provinsiyalarning EIHlar uchun tanlanishi tasodifiy emas. EIHlarning Gonkong, Singapur, Tayvan va Syamenga yaqin joylashganligi muhim ahamiyatga ega. EIH tashkil etishda Xitoy hukumati xorijdagi xitoyliklar bilan an‟anaviy xo„jalik aloqalaridan keng foydalanishni nazarda tutgan. Ta‟kidlab o„tish kerakki, bu masalada, Xitoy xato qilmadi. 90 yillarning boshida EIHlarga jalb etilgan 80 % xorijiy kapital Gonkong, Syamen, Singapur va Tayvan hissasiga to„g„ri kelgan edi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling