Ҳурматли Ҳайъат раиси
Download 153 Kb.
|
Kollegiya doklad 9 oylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy yilning 21-oktabrida o‘tkazilgan Vazirlik hay’at maslisida muhokama qilingan kamchiliklar bo‘yicha
Assalomu alaykum hurmatli hay’at raisi, yig‘ilishi ishtirokchilari ! 2022-yilning o‘tgan 9 oyi davomida boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda hali-hanuz faoliyatimizda kamchiliklar kuzatilmoqda. Ruxsatingiz bilan ushbu tizimli kamchiliklarga to‘xtalib o‘tsam. Joriy yilning 21-oktabrida o‘tkazilgan Vazirlik hay’at maslisida muhokama qilingan kamchiliklar bo‘yicha: - barcha ko‘rsatkichlar natijasi bo‘yicha, shuningdek, Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Navoiy viloyatida eng past ko‘rsatkichlar kuzatilganligi; - Xatirchi tumani va Navoiy shahar adliya bo‘limlari tomonidan aksariyat ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar boshqa davlat idoralari tomonidan nazorati amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kam ahamiyatli bir xil mazmundagi masalalar bo‘yicha ta’lim tizimi tashkilotlari xodimlariga nisbatan rasmiylashtirilganligi; - Navoiy viloyatida 12 nafar xodimlarning yaqin qarindoshlari yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi; - qonunchilik talablariga zid ravishda, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlar bo‘yicha Navoiy viloyatida 112 ta holatda noqonuniy e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilganligi; - DXM hamda FHDY bo‘limlari xodimlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki ular homiladorlik va bola parvarishlash taʼtiliga chiqqan bo‘lsada, axborot tizimlariga kirish imkoniyati bekor qilinmaganligi; - FHDY arxivi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda belgilangan muddatlarga rioya qilinmaganligi; - Navoiy shahar FHDY bo‘limi tomonidan chet el fuqarolari bilan bog‘liq dalolatnoma yozuvlari qayd etilganligi uchun davlat boji noto‘g‘ri undirilganligi; - DXM va FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar soniga nisbatan boshqa hududlardan deyarli ikki barobar qog‘oz ko‘p sarflanganligi ta’kidlab o‘tildi. Hurmatli hay’at raisi, ushbu ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bevosita vazirlik hay’atida tanqidiy muhokama qilindi. Endi ruxsatingiz bilan, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan soha faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan tizimli xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida to‘xtalib o‘tsam. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling