Ҳурматли Ҳайъат раиси


Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida


Download 153 Kb.
bet6/14
Sana04.02.2023
Hajmi153 Kb.
#1159051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kollegiya doklad 9 oylik

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida.
Adliya vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi topshiriq xatiga asosan hududiy adliya boshqarmalarining davlat xizmatlari yo‘nalishi bo‘yicha rasmiy
veb-saytlaridagi axborotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish maqsadida joriy yilning 30-iyul kuniga qadar tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari, Nikoh uylari hamda hududiy FHDY arxivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vazirlikka taqdim qilish belgilangan bo‘lsada, DXM va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan ma’lumotlar muddati kechiktirilib 9-avgust kuni vazirlikka taqdim etilgan.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan Ish rejasining 29-bandiga asosan DXM xodimlarining aybi bilan noto‘g‘ri yuborilishi natijasida vakolatli organ tomonidan rad qilingan arizalarning holati o‘rganilganda Navoiy shahar DXM xodimi G.Begiyeva tomonidan 2022-yil 26-avgustdagi 58870272-son ariza raqami bilan, “XAKIM” xususiy korxonasiga Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bo‘yicha vakolatli tashkilotga yuborilgan arizada litsenziya muddatini uzaytirish yoki yangi litsenziya olish deb berilishi lozim bo‘lsada, markaz xodimi tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish deb ariza yuborilganligi sababli vakolatli tashkilot tomonidan rad javobi berilgan.
Aslida, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 284-son qaroriga asosan muddati tugagan litsenziyani, muddatini uzaytirish yoki yangi litsenziya olish deb ariza yuborilish lozim edi.
Qiziltepa tuman DXM xodimi S.Namozov joriy yilning 31-avgust kuni 59181771-son ariza raqami bilan fuqaro T.Haydarovaning Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza yuborishda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmaganligi sababli vakolatli tashkilot tomonidan rad javobi berilgan.
Mazkur kamchilikkka Xatirchi tuman DXM xodimi E.Xolikov tomonidan joriy yilning 26-sentabr kunidagi 60966554-sonli arizani yuborishda ham yo‘l qo‘yilgan.

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling